Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6- sinfi uchun darslik


O‘ZBEKISTONDA DAVLAT TILI VA BOSHQA



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/170
tarix02.06.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#60389
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   170
Ona tili 6 sinf

O‘ZBEKISTONDA DAVLAT TILI VA BOSHQA
TILLARNING RIVOJI


4
3-mashq.
 
Quyida berilgan so‘zlarni ikki guruhga ajratib yozing.
Birinchi guruhga o‘zbek tiliga qarindosh bo‘lgan, ikkinchi guruhga esa
qarindosh bo‘lmagan tillarni joylashtiring.
Rus, ingliz, qozoq, fransuz, tojik, qirg‘iz, uyg‘ur, qoraqal-
poq, xitoy, tatar, hind, arab, koreys, ukrain.
4-mashq.
Maqollarni ko‘chiring. Ularda ilgari surilgan g‘oya to‘g‘risida
so‘zlab bering.
1. Ovqatni tuz mazali qiladi, odamni — so‘z. 2. Til — aql
o‘lchovi. 3. Yaxshi so‘z — yurakka malham, yomon so‘z — yurakka
g‘am. 4. Tilingda bo‘lsa boling, kulib turar iqboling.
5-mashq.
Uyga vazifa. Boshqotirmada yashiringan xalqlarning
nomlarini toping. Ular haqida bilganlaringizni o‘rtoqlaringizga so‘zlab
bering.
1. O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga respublika sifatida kir-
gan xalq nomi.
2. Volga daryosi bo‘ylarida yashovchi turkiy xalq nomi.
3. O‘zbekiston Respublikasining shimolidagi davlatda
yashovchi xalq nomi.
4. Issiqko‘l bo‘ylarida yashovchi turkiy xalq nomi.
5. Hozirda Xitoy Xalq Respublikasida yashovchi turkiy xalq
nomi.
5
4
3
2
1


5
5-SINFDA O‘TILGANLARNI TAKRORLASH
1. Unli tovushlar deb qanday tovushlarga aytiladi?
2. O‘zbek tilidagi unli tovushlarni ayting va ularga tavsif
bering.
3. Bilim, tuzish, o‘lka, odam so‘zlari tarkibida kelgan unli
tovushlarni aniqlab, izohlang.
6-mashq.
Matnni o‘qing. Tushirib qoldirilgan unli tovushlarni
o‘rniga qo‘ying. Onalar haqida fikrlashing.
M...na, q...yosh k...tarildi. Ona haykal... yog‘d...lar ich...da
oft...bday porl...b tur...bdi. Yurtimizda faqat bizning zamonamiz-
dagina ayolga, onaga h...ykal qo‘yildi. Unga, on...ga, but...n
dunyo ta’zim qilsa arz...ydi. (E. Oxunova)
7-mashq. 
Maqollarni ko‘chiring. So‘zlar tarkibida kelgan unli
tovushlarga tavsif bering. Ulardagi g‘oya haqida bahslashing.
1. Aql ko‘pga yetkazadi, hunar — ko‘kka. 2. O‘qish yaxshi,
uqish undan ham yaxshi. 3. Yomonlikning oxiri — voy. 4. Mehnat-
da sinalgan — elda aziz. 5. So‘z doriga o‘xshaydi — ortiqchasi zarar
keltiradi.
8-mashq. 
Nuqtalar o‘rniga unli tovushlarni qo‘yib, turli xil
so‘zlarni hosil qiling va ular ishtirokida gaplar tuzing.
Z...r, q...l, t...p, b...l, t...z, m...l, k...r, q...y, d...l, t...r.
9-mashq. 
Unli tovushlari tushirib qoldirilgan hikmatli so‘zni
o‘qing va undagi unlilarni izohlang.
t
l
h
s
r
n
n
g
n
d
s
t
k
p

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin