UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARINING
6- SINFI UCHUN DARSLIK
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
tasdiqlagan
Qayta ishlangan va to‘ldirilgan to‘rtinchi nashri
«TASVIR» NASHRIYOT UYI
TOSHKENT — 2017
2
SHARTLI BELGILAR:
— iqtidorli o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan mashqlar
— savol va topshiriqlar
© «TASVIR» NASHRIYOT UYI, 2005
© «TASVIR» NASHRIYOT UYI, 2009, 2013, 2017
Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan
ijara uchun chop etildi.
Ushbu nashrga doir barcha huquqlar muhofaza qilinadi va
nashriyotga tegishlidir. Undagi matn va rasmlarni nashriyot
roziligisiz to‘liq yoki qisman ko‘chirib bosish taqiqlanadi.
UO‘K: 811.512.133(075)
KBK 81.2O‘zb-922
O-58
ISBN 978-9943-4003-0-6
Mualliflar guruhi:
N. MAHMUDOV, A. NURMONOV
A. SOBIROV, D. NABIYEVA
3
1-mashq.
O‘zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi Qonu-
nidan olingan bandlarni o‘qib, ular haqida suhbatlashing.
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek
tilidir.
2-modda. O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi
respublika hududida yashovchi millat va elatlarning o‘z ona tilini
qo‘llashdan iborat konstitutsiyaviy huquqlariga monelik qilmay-
di.
24-modda. O‘zbekiston Respublikasida davlat tiliga yoki
boshqa tillarga mensimay yoki xusumat bilan qarash taqiqlana-
di.
2-mashq.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti
I. Karimovning «Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch» kitobidan
olingan parchani o‘qing va mazmunini so‘zlab bering.
Ma’lumki, o‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning
ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali
namoyon bo‘ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo,
ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili
bu — millatning ruhidir.
...Nihoyat, 1989-yilning 19-oktabr kuni bu o‘ta muhim
masala Oliy Kengash sessiyasi muhokamasiga qo‘yildi. Va qariyb
bir yarim asrlik qaramlikdan so‘ng mamlakatimizda o‘zbek tili
davlat tili deb e’lon qilindi. Xalqimizning muqaddas qadriyat-
laridan biri bo‘lmish ona tilimiz o‘zining qonuniy maqomi va
himoyasiga ega bo‘ldi. Bu Vatanimiz tarixida tom ma’nodagi
buyuk voqea edi.
...1992-yil 7-dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respub-
likasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan
aniq belgilanib, mustahkamlab qo‘yildi. Shu tariqa o‘zbek tili
mustaqil davlatimizning bayrog‘i, gerbi, madhiyasi, Konsti-
tutsiyasi qatorida turadigan, qonun yo‘li bilan himoya qilina-
digan muqaddas timsollaridan biriga aylandi.
Dostları ilə paylaş: |