19
shart ergash gapli qo‘shma gaplar yo‘q. Agar imkon bor o‘rinlarda havola
bo‘laklar
tushirib qoldirilsa, gapdagi shart mazmuni yaqqol yuzaga chiqadi va gap
shart ergash gapli qo‘shma gapga aylanadi. Masalan:
Kim mehnat ko‘rsa, u rohat
ko‘radi (ega ergash gap).
– Mehnat qilsang, rohat ko‘rasan (shart ergash gap).
Qayerda intizom bo‘lsa, u yerda muvaffaqiyat bo‘ladi (o‘rin ergash gap). –
Intizom
bo‘lsa, muvaffaqiyat bo‘ladi (shart ergash gap).
Ammo ta’kidlash lozimki, havola bo‘lak faqat bosh gapdagina mavjud
bo‘lganda havola bo‘lakning tushirib qoldirilishi ergash gap turning o‘zgarishiga
olib kelmaydi. Qiyoslang:
Tolib aka shuni bilib qo‘ysinki, Akrom Saidning ham
ocherki jurnalda chiqmaydi. Har ikki holatda ham to‘ldiruvchi ergash gap mavjud.
Ikkinchi holatdagi, ya’ni bosh gapdagi havola bo‘lagi tushib qolgan gaplarni
ham havola bo‘lakli bosh gap sifatida qarash maqsadga muvofiq,
chunki havola
bo‘lak bunday hollarda qo‘llanmaganda ham uning sintaktik o‘rni ochiq ekanligi
aniq sezilib turadi. Odatda bosh gapdagi havola bo‘lakning tushib qolishi, asosan,
ega va to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplarda kuzatiladi. Gapdagi predikat
ifodasining kuchli sintagmatik valentliklari ko‘pincha ana shu bo‘laklar –
ega va
to‘ldiruvchi bilan berkiladi. Ana shuning uchun ham bosh gapdagi ega va
to‘ldiruvchi vazifasida kelgan havola bo‘laklar qo‘llanmaganida ham baribir, uning
borligi
anglanadi, istagan paytda uni tiklash mumkin.