8
1940 yilda Alisher Navoiy ning 500 yilligi munosabati bilan uning eng yaxshi portreta uchun
tanlov e’lon qilindi. U tanlovda V.Kaydalov g‘olib dvb topildi. ~x
1934 yilda Mirzo Kozimiyning "Kо‘rqinchly Tehron", 1935 yilda esa Abdulla Qodiriyning
"Obid ketmon" romanlariga Usto Mumii tomonidan ishlangan illyustratsiyalar qizg‘in kutib
olindi.
1939-1940 yillarda O.Korjinskayaning Toshkent pedagogika institut
binosi fasadiga ishlagan
haykal-monumenti ham yuqori baholandi.
1945—1970 yillar davomida О‘.Tansiqboyev, AAbdullayev, RAhmedon, Y.Yelizarov,
KKaraxan, M.Saidov, S.Abdullayev kabi rassomlar zо‘r shijoat bilan ijod qilib, shuhrat
qozondilar. Ularning barchayey "Uzbekistan xalqrassomi", "О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan
rassom" degan yuqori unvontarga sazovor bо‘ldilar. Bu rassomlar tomonidan yaratilgan asarlar
orasida Y.Yelizarovning "Sо‘zanali natyurmort" nomli asari о‘zining
yuksak badiiyligi bilan
ajratib turadi. Rassomtardan R.Axmedovning "Surxondaryolik ayol", AAbdullayenpish
"Shaxdo" portretlari Moskvadagi Tretyakov galereyasi tomonidan sotib olindi.
1954 yidda Toshkent teatr san’ati instituti tarkibida rassomlik sanati fakulteti ochilib,
keyinchalik u Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutiga aylantirildi.
XX asrning 50 yillarida uzbek manzara janrida O’rol Tansiqboyev karvonboshi bо‘ldi. U
ko’plab qishlok xо‘jalik mavzusiga oid asarlar yarata boshladi.
G‘oyaviy va badiiy jihatdan yuksak saviyada ishlangan san’at asarlaridan biri
О‘.Tansiqboyevning 1957 yilda yaratilgan "Kayroqqum GESi tongi" asaridir.
1950 yilda «О‘zbekistonda bahor», «Paxtani sug‘orish» asarini yaratdi.
Tongda
esayotgan mayin shabada va shildirab oqayotgan suv, salqin tabiatning uyg‘onishi tomoshabinda
quvonchli hissiyotni uyg‘otuvchi ta’sirchan vositadir. Xayotning obyektiv qonunlari va inqilobiy
rivojlanishining epik holatda :*?zaga kelishi «Ona о‘lka» asarida (1951 y.) о‘z aksini topdi.
Kompozitsiya yechimini -diorama usulida yechish, rassom ijodining xarakterli nuktalaridan
bо‘lib soldi. Ayniksa holat chо‘lni ochishga bag‘ishlangan «Taxyatosh» va «Issiq kо‘l» -:omli
asarlarida namoyon bо‘ladi. Manzara kompozitsiyasini panorama usulida "gzsvirlash
rassomga
xos xususiyatlardan biridir.
О‘zbekiston xalq rassomi Abdulhaq Abdultayevning "A. Hidoyatovning Otello rolidagi
portreti" asari rassom "Otello" spektaklini tomosha qilganidan keyin, 1946 yilda yaratilgan edi.
Portret orqali aktyorning bizga tanish chehrasini kо‘ramiz, shuningdek, kо‘z oldimizda Otello
ham namoyon bо‘ladi. Rassom Hidoyatovni Otelloning
qiyofasi va xarakterini, uning fikr va his-
tuyg‘ularini о‘zida aks ettirgan holda tasvirlaydi. Suratda gо‘zal va baxtli turmushi buzilgan
odam aks etgan. Buni qaxramon qomati bir oz orqaga tashlanganligi, boshini mag‘rur tutishi,
keskin burilishi, qatiy qarashlarida kо‘rish mumkin.
9
Bulardan
tashqari, aktyorning yuzidagi mimika, dadil harakati va holati, shuningdek, asar
kompozitsiyasi, koloriti ham muvaffaqiyatli chiqqan.
Otelto obrazidagi mag‘rurlik, jiddiylikni kо‘rsatish maqsadida rassom aktyor
tasvirining yuqori,
chap va о‘ng tomonlarini suvrat chegarasiga taqalgan holatda tasvirlaydi. AHidoyatovning
suvratdagi ruhiy holati tо‘q kizil, iliq jigarrang, och sarg‘ish ranglardan foydalanilgan hodsa
ochib berilgan.
J.Umarbekovning 1963 yilda yaratilgan "Navoiy va Husayn Boyqaroning yoshligi" nomti asari
ham О‘zbekistonning XX asr tasviriy san’atida e’tiborga loyiq ishlardan biri hisoblanadi.
XX asr О‘zbekiston tasviriy san’atining yutug‘i shundaki, bu davrda tasviriy san’atning
realistik
rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik turlari shakllandi va tez sur’atlar bilan rivojlana boshladi.
Salbiy jihatlardan biri — tasviriy san’atning kо‘pgina oqimlarida ijod qilish taqiqlab qо‘yshgdi.
Natijada О‘zbekiston tasviriy sanatining xorijga chiqish imkoniyatlari cheklandi.
Dostları ilə paylaş: