13
1-bob
LOGISTIKANING RIVOJLANISH TARIXI
1.1. Logistik yo‘nalishning vujudga kelish tarixi
Logistika tushunchasi o‘zining qadimiy tarixiga ega «Logistika» so‘zi kelib
chiqishi bo‘yicha yunonchadir. Qadimgi Afinada maxsus amal - «logist» yoki
ijtimoiy o‘z-o‘zini boshqarish amaldori bo‘lgan (eramizgacha V asrda 30 ga
yaqin). Logistlar har yili qur’a tashlash yo‘li bilan belgilanganlar; ularning
vazifasiga vakolati tugagan boshqa amaldorlarning hisobotlarini tekshirish va bu
hisobotlarni faxrli fuqarolar kengashiga tasdiqlashga topshirish kirgan,
kengashning qarori yakuniy bo‘lgan. Qadimgi Rimda ba’zi bir ma’muriy va diniy
vazifalarni bajaruvchi amaldorlar logistlar deb atalganlar. Vizantiya imperatori Lev
VI (866-912 yillar) davrida logistika armiyani ta’minlash va uning ko‘chishini
boshqarish san’ati sifatida ta’riflangan. Nemis tadqiqotchisi G.Pavellek
ta’kidlashicha Vizantiya imperiyasida logistikaning belgilanishi «armiyaga maosh
to‘lash, uni kerakli tartibda qurollantirish va taqsimlash, uning ehtiyojlari haqida
o‘z vaqtida va to‘liq darajada g‘amxo‘rlik qilish, ya’ni shaxsiy qurolli kuchlar
harakatlanishi va taqsimlanishiga rahbarlik qilishdan» iborat bo‘lgan.
«Logistika» so‘zi barcha asosiy Yevropa tillarida mavjud, ammo ulardan
har xil ma’nolarda foydalanadilar.
«Logistika» atamasidan mashhur olimlar, faylasuflar, sarkardalar o‘z
asarlarida foydalanganlar. Buyuk nemis matematigi G.V.Leybnis (1646-1716) bu
atamadan «Xulosalarni hisoblash» yoki matematik mantiq ma’nosida
foydalangan. XIX asrda bu atamadan kelib chiqishi shveytsariyalik bo‘lgan taniqli
harbiy nazariyachi va tarixchi Antuan-Anri Jomnin (1779-1869) o‘z asarlarida
foydalangan. 1813 yildan boshlab u Rossiyada Aleksandr I ning shtabida
ishlagan, 1826 yilda infanteriya generali unvonini olgan. Nikolay I ning harbiy
maslahatchisi
bo‘lgan
va
Sankt-Peterburgdagi
harbiy
akademiyaning
asoschilaridan biri bo‘lgan (1828). Shahzoda Aleksandr II ning shaxsiy
o‘qituvchisi bo‘lgan, haqiqatan ham uning uchun muallifning logistika bo‘yicha
eng muhim asari yozilgan va keyinchalik u ko‘pgina tillarga tarjima qilingan. U
logistikani o‘z ichiga rejalashtirish, boshqarish, ta’minlash, qo‘shinlarni
joylashtirish joyini belgilash, armiyaga transport xizmatini ko‘rsatish bilan bog‘liq
masalalarning keng doirasini oluvchi qo‘shinlarni boshqarishning amaliy san’ati
sifatida belgilagan.
1884 yilda Amerika harbiy-dengiz floti instituti kemachilik zaruratlari uchun
«logistika» tushunchasini kiritgan.
1904 yilda Jenevada Itelson, Laland va Kutyurlarning taklifi bo‘yicha
falsada kongressi logistikani matematik mantiq sifatida belgilagan.
14
Logistika tamoyillari Ikkinchi Jahon urushi davrida Amerika armiyasida
moddiy- texnika ta’minoti hamda qurol-yarog‘, oziq-ovqat, transportni yetkazib
beruvchilar va qo‘shinlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni tashkil qilish sohasida
keng rivojlangan. Taktika, strategiya va razvedka bilan bir qatorda «Logistika»
atamasi bilan fuqarolik korxonalarining ta’minot-sotish faoliyati belgilanishi
mumkin.
Harbiy sanoat, front orqasi va front ta’minot bazalari va transportning aniq
o‘zaro hamkorligi Amerika armiyasiga qurol-yarog‘, yonilg‘i-moylash materiallari
va oziq-ovqatlarni kerakli miqdorlarda yetkazib berishni o‘z vaqtida va muntazam
ta’minlashga imkon bergan.
Shuning uchun ko‘pgina g‘arbiy mamlakatlarda logistika asta-sekin harbiy
sohadan xo‘jalik amaliyoti sohasiga o‘ta boshlagan. Dastavval u muomala, keyin
esa ishlab chiqarish sohasida tovar-moddiy resurslar harakatlanishini boshqarishni
amalga oshirish haqidagi nazariyaning yangi turi sifatida shakllangan. Shunday
qilib, bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlarda 1930 yildagi iqtisodiy krizis
arafasida va davrida vujudga kelgan materiallar va xomashyo bilan ta’minlash,
mahsulotni ishlab chiqarish, saqlash va taqsimlash vazifalarini bog‘lay oladigan
ta’minlash-ishlab chiqarish - taqsimlash tizimlarini integratsiyalash g‘oyalari ilmiy
tadqiqotlar
hamda
xo‘jalik
amaliyoti
shaklidagi
mustaqil
yo‘nalishga
o‘zgartirilgan.
1950 yillarda moddiy oqimlarni tartibga solish masalasi harbiy logistikada
qo‘llaniladigan usullar yordamida muvaffaqiyatli hal qilinishi mumkinligi tan
olingan. U 1960-70 yillarda Yaponiyada ko‘proq rivojlangan, u yerda boshqarish
va xo‘jalik yuritishning murakkab tizimlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda
asosiy o‘rinlarni egallagan.
1970 yillarning boshlarida bu atamani korxona moddiy resurslarini
boshqarish fani sifatida belgilashga harakat qilingan.
1980 yilga kelib, xo‘jalik boshqaruvini muvofiqlashtirish jismoniy
taqsimlash, ya’ni tijorat logistikasi usullarini o‘zlashtirish va qo‘llashni talab
qilgan.
Asta-sekin logistika va logistik boshqaruv tushunchasi turli-tuman
mazmunlar bilan to‘ldirilgan ishlab chiqarish va tovar muomalasining har xil
sohalariga kirib boradi. Bunga hisoblashning eng yangi usullari, zamonaviy
hisoblash, axborot texnika va texnologiyasining keng qo‘llanilishi hamda ishlab
chiqarish infratuzilmasi elementlari va xo‘jalik yuritish intensiv usullarining o‘zaro
hamkorlikda rivojlanishi ta’sir qilgan.
XX asr oxirida logistika faniga xarid qilish (ta’minlash), ishlab chiqarish,
sotish (taqsimlash), transport, axborot logistikasini oluvchi fanga aylangan. Inson
faoliyatining sanab o‘tilgan sohalari yetarlicha o‘rganilgan va tegishli
adabiyotlarda bayon qilingan. Logistik yondashishning yangiligi esa sanab
o‘tilganlar va faoliyatning boshqa sohalarini istalgan natijaga oqimlarni muvofiq
to‘g‘ri boshqarish yo‘li bilan vaqt va resurslarning eng kam harajatlari yordamida
15
erishish maqsadida integratsiyalashdan iboratdir. Shunday qilib, logistika avvallo,
iste’molchilarga, ularning so‘rovlarini ko‘proq qanoatlantirishga harakat qilgan
holda ishlaydi.
1992 yil Stokgolmda Logistika Yevropa assotsiatsiyasi Xalqaro
simpoziumida logistika atamasining umumqabul qilingan ta’rifining hali yo‘qligi
ta’kidlangan. Bu rivojlanishning yaqqol aks ettirilgan dinamikasiga ega yangi ilmiy
yo‘nalish bo‘lganligi sababli ushbu tushunchaning turli ifodalanishlari taklif
qilingan. Shuning uchun faqat logistikaga tegishli ta’riflardan ba’zi birlarini ko‘rib
chiqamiz:
- bu iste’molchi talablarini ko‘proq qanoatlantirish maqsadlarida
xomashyo, yarim fabrikatlar, tayyor mahsulotlar va tegishli axborotlarni jamlash,
saqlash, ishlab chiqarilgan joydan iste’mol joyiga tashish va uzatishning
texnologik va tejamkor samarali operatsiyalarini rejalashtirish, amalga oshirish va
nazorat qilish jarayonidir. Sanab o‘tilgan operatsiyalar materiallar va
axborotlarning kirish va chiqish, ichki va tashqi oqimlari ustida o‘tkaziladi (ushbu
talqin logistik menejmentning kengashi tomonidan berilgan);
- sanoatda logistika ishlab chiqarishni xomashyo va materiallar bilan
ta’minlash va tayyor mahsulotlarni sotishni tashkil qilishdir. (Ishlab chiqarish va
zahiralarni boshqarish muammolarining Amerika jamiyati);
- bu ishlab chiqaruvchidan xomashyo, materiallar, butlovchi qismlar va
tayyor mahsulotlarni joylashtirish va ishlab chiqaruvchi firma orqali
iste’molchilarga harakatlanishini boshqarishdir (firma Goopere & Lybrand);
- bu yangi ilmiy yo‘nalish, ishlab chiqarish va energetika tizimlaridagi
moddiy va axborot oqimlarining harakatlanishida rejalashtirish, boshqarish va
kuzatish haqidagi ta’lim (prof. A.A.Smexov, Rossiya);
- bu korxonaga kelib tushuvchi, u yerda ishlab beruvchi va bu korxonadan
chiqib ketuvchi moddiy oqim va tegishli axborot oqimini rejalashtirish,
boshqarish va nazorat qilishdir (prof. G.Pavellek, Germaniya);
- moddiy va axborot oqimlarini birlamchi manbadan va yakuniy
iste’molchigacha masofa va vaqtdagi harakatini rejalashtirish, tashkil qilish,
boshqarish, nazorat qilish va tartibga solish haqidagi fan (A.N.Rodnikov);
- bu avvallo, yirik ishlab chiqarish - xo‘jalik (sohaviy, mintaqaviy, xalq
xo‘jaligi) tashkilotlari, yirik ko‘lamli tadbirkorlik va tijorat faoliyatidagi belgilangan
ilg‘or tafakkur, eng samarali metodologiyadir («erkin» bozor iqtisodiyotiga tatbiq
etganda) (A.T.Semenov);
- bu katta tizimlarda oqimlarni boshqarish haqidagi fandir (B.K.Plotkin);
- bu moddiy, tovar va axborot oqimlarini tashkil qilish va muvofiqlashtirish
tizimi yo‘li bilan jamiyat ishlab chiqarish kuchlari o‘zaro samarali hamkorligining
ilmiy qurolidir (N.V.Afanaseva);
- bu amaliy fan, uning predmeti tizimi iqtisodiy yondashish asosida
iqtisodiy obyektlarni boshqarishni muvofiqlashtirish metodologiyasidan iboratdir.
(K.V.Inyutina);
16
- keng ma’noda logistika - belgilangan mikro, mezo, makroiqtisodiy
tizimda uning oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun moddiy oqimlar,
xizmat oqimlari va ular bilan bog‘liq axborot va moliyaviy oqimlarni boshqarish
va muvofiqlashtirish haqidagi fan (V.I.Sergeyev). V.I.Sergeyev logistikani tor
ma’noda tadbirkor nuqtai nazaridan amaliy yo‘naltirilgan mexanizm sifatida ko‘rib
chiqadi: bu moddiy va servis oqimlari, hamda ular bilan birga bo‘luvchi
axborotlar va moliyaviy mablag‘lar oqimlarini samarali (yakuniy iste’molchilarning
mahsulot va xizmatlar sifatiga talablarini qanoatlantirishga umumiy harajatlarni
pasaytirish nuqtai nazaridan) boshqarish hisobiga biznesni tashkil qilishning
strategik,
taktik,
operativ
maqsadlariga
erishishga
yordam
beruvchi
menejmentning integral qurolidir;
- bozor iqtisodiyoti tizimida moddiy, moliyaviy, mehnat, huquqiy va
axborot oqimlari majmuasining harakatlanish jarayonini rejalashtirish, tashkil qilish
va vazifaviy boshqarish va nazorat qilishning nazariyasi va amaliy faoliyati
(O.A.Novikov va S.Uvarov);
- moddiy resurslar, tovarlar nazorat qilish tashqarisidan xomashyo va
materiallar xarid qilinishi, ularni ishlab chiqarishdan o‘tishidan boshlab, to tayyor
mahsulotlarni iste’molchilargacha yetkazib berishgacha harakatlanishini muvofiq,
foyda olish nuqtai nazaridan jadallashtirish maqsadida har bir korxona uchun
ishlab chiqilgan tizimdir («Dandas» - eng yirik - nemis, transport - foydalanish
firmalaridan biri). Ta’kidlab o‘tilgan farqlarga qaramay, logistikaning sanab
o‘tilgan tushunchalari yagona umumiy element - ratsionallik va umumiy
maqsadga ega.
SHunday qilib, logistika xomashyo va materiallarni ishlab chiqarish
korxonasiga yetkazish, xomashyo, materiallar va yarim fabrikatlarni zavod ichida
qayta ishlab chiqish, tayyor mahsulotni iste’molchiga, uning manfaatlari va
talablariga muvofiq yetkazish hamda tegishli axborotlarni uzatish, saqlash va
ishlab chiqish jarayonida amalga oshiriladigan tashish, omborga joylashtirish va
boshqa moddiy va nomoddiy operatsiyalarni rejalashtirish, nazorat qilish va
boshqarish haqidagi fan sifatida ko‘rib chiqish mumkin (Rodnikov A.N.
Terminologicheskiy slovar. 2000).
Logistika iqtisodiy faoliyatning ta’minot, ishlab chiqarish, sotish, transport
logistikasi kabi sohalarini birlashtiradi.
Dostları ilə paylaş: |