1. Korxonalarning soni va ularning joylashishi Har bir tizim bir yoki bir necha ishlab chiqarish korxonalarini o‘z
doirasiga olishi mumkin. Korxonalarning soni material va mehnat resurslarining
bor-yo‘qligiga bog‘liq.
Bir xil korxonalarning vazifasi - geografik (regional) bozorga xizmat qilish.
Ayrim korxonalarni joylashtirishda xomashyo va material bilan ta’minlovchi tijorat
vositachi korxonalarning mavjudligi va joylashishi hisobga olinadi.
Ko‘pincha kompaniyalar ta’minlovchi korxonalarning geografik jihatdan
tarqalib ketmasligiga ta’sir qilolmaydilar, shuning uchun ular o‘z korxonalarini
joylashtirayotganlarida transport harajatlarining eng kam bo‘lishini ko‘zda
tutadilar.
2. Omborlar soni va ularning joylashishi Omborlar bevosita korxonalar chegarasida joylashishi mumkin yoki
ta’minlovchilardan olingan yuklarni qayta ishlash bo‘yicha umumiy ombor
markazlari tashkil qilinishi mumkin. Yoki iste’molchilarga yaqin bo‘lgan joylarda
oraliq omborlar joylashishi mumkin. AQSH da har 20 ombordan uchtasi - ko‘p
profilli, har 6 ombordan bittasi asosiy iste’molchilar talabiga binoan qo‘shimcha
xizmat ham ko‘rsatadi.
3. Transport modellari Logistika tizimi yaratuvchilari qulay transport modellarini aniqlaydilar. Har
bir transport modeli bir -biridan harajatlari, eltib berish tezligi, ishonchliligi, o‘ziga
xos o‘rash va omborlarga joylashtirish usullari bilan farqlanadi.
4. Aloqa Logistika tizimi bo‘limlari bir-biri bilan axborot, nazorat va transport
turlari orqali birlashadi. Bular o‘rtasidagi aloqalar telefon, telegraf, kabelli aloqa,
teleks va kompyuterlar orqali tashkil qilingan. Aytib o‘tilgan aloqa turlarining har
birining o‘ziga xos ustunlik va kamchiliklari bor. Hozirgi kunda kompyuter orqali
ma’lumot olish - eng katta ustunlikka ega.
5. Axborot tizimi
32
Buyurtmalar bilan ishlashning markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan
usullari mavjud. Ishlash usuli markazlashtirilmagan bo‘lsa, bu holda integratsiya
darajasi, aniqlanishi, kompyuterlar turi aniqlanishi kerak va h.