Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 1,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/138
tarix08.06.2022
ölçüsü1,48 Mb.
#60999
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   138
TLr0Qy1ZQKzAVVypqzFi4kh3cxt12IraBfFCY2um

 
 
2.3. Logistika tizimi qismlarining ta’rifi 
Logistika tizimi 7 asosiy qismdan iborat bo‘ladi.  
1-qism. Ishlab chiqarish zahiralari. Ishlab chiqarish zahiralari butun 
iqtisodiyot tizimining tejamli va samarali ishlashi uchun sharoit yaratadi. Bu 
zahiralarni ishlab chiqaruvchi korxonalarda joylashtirish yoki iste’molchilarga 
yaqinroq joylarda saqlash mumkin. Zahiralardagi mahsulot harakatsiz qolgan deb 
hisoblanmasligi uchun zahira miqdori eng muvofiq (optimal) bo‘lishi kerak. 
Zahiralarning eng muvofiq miqdori doimo o‘zgarib turadigan ehtiyoj ta’siriga 
javob beradi va transportning bir tekisda ishlashini ta’minlashga sharoit yaratadi. 
2-qism. Xomashyo va materiallar sotib olish. Xomashyo va materiallar 
ishlab chiqarishni tashkil etishda asosiy manba hisoblanadi. 
3-qism. 
Transport. 
Yuklar 
transport orqali ta’minlovchilardan 
korxonalarga tashib olib boriladi. Omborlarga, bir ombordan boshqa omborga 
va iste’molchilarga yetkazib beriladi. 
Barcha transport aloqalari hattoki tijorat vositachi orqali ta’minlovchi yoki 
iste’molchilar orqali kiraga olingan transport ham hisobga olinadi. 
Masalan, 
ta’minlovchining 
iste’molchiga 
qaraganda 
arzonroq 
transportdan foydalanish imkoniyati bor. Bunday vaziyatda u raqobatda 
ustunlikka ega bo‘ladi. Agar iste’molchi transport harajatlarini o‘ziga olsa, narxlar 
pastroq tushiriladi. Transportning asosiy ko‘rsatkichlari qiymati va 
ishonchliligidir.
4-qism. Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish. Ishlab chiqarish bilan 
bog‘liq logistika bo‘limlari ehtiyojni aniqlashdan tashqari, bozordagi talab va 
takliflarning o‘zgarishini yumshatish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. 
Ba’zi mutaxassislar ishlab chiqarish bo‘linmalari logistika tizimida 
kiritilishi kerak emas, deb hisoblaydilar. Lekin ko‘pchilikning fikricha, ishlab 
chiqarish bo‘linmalari logistika tizimida katta ahamiyatga ega. Bu yerda eng 
muhim muammolardan biri - ishlab chiqarish korxonalari kattaligi va joylashtirish 
o‘rnini aniqlash. 
5-qism. Ombor xo‘jaligi. Bu qismga korxona omborxonalari, ko‘tara 
savdo va ba’zi hollarda chakana savdo uchun mo‘ljallangan mintaqaviy va 
mahalliy omborlar kiradi. 
6-qism. Axborot aloqasi va nazorat. Har bir logistika tizimi axborot va 
nazorat tizimchalari orqali boshqariladi. Bu tizimchalar orqali buyurtmalar qilinadi, 
yuklarni ortish va transportirovka qilish to‘g‘risidagi talablar yetkaziladi. Bu 
tizimcha yordamida zahiralar talabga mos bo‘lgan miqdorda saqlab turiladi. Bu 
tizimcha umumiy axborot tizimining bir qismidir. 


30 
7-qism. Xodimlar. Bu qism logistika tizimining eng muhim qismi 
hisoblanadi. Unda xodimlarni tanlash va tayyorlash masalalariga katta ahamiyat 
beriladi. 

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin