47
tomonlarga talab va taklif to‘g‘risidagi ma’lumotlarni berish. Vaqtning o‘zi esa
tovarning so‘nggi qiymati o‘rnatilishiga ta’sir qilmaydi. Yuqorida qayd etib
o‘tilganlardan ko‘rinib
turibdiki, ularning vazifalari ko‘p jihatdan brokerlar
vazifalari bilan o‘xshash ekan. Farqi shundaki, vakil brokerdan farqli ravishda o‘z
mijozlari bilan aloqalar o‘rnatadi, ishlab chiqarish vositalari bozorida ish olib
boradi va ba’zilari jamlash vazifasini ham o‘z zimmasiga olib, mol yetkazib
berilishini ta’minlaydi. Bundan tashqari ulgurji savdo
qiluvchi vakillar asosan
iste’molchilar bilan o‘rnatilgan aloqalar natijasida mahsulotlarning yangi turlarini
(juda tez) sotadilar. Yangi tovarlar bozorini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatadigan
xizmatlari uchun vositachilar yuqori darajada dallollik haqi oladilar. (Savdo
hajmining 10 - 15 %).
Vakillarda, odatda realizatsiya qilinishi zarur bo‘lgan tovarlar mavjud
bo‘ladi, ular tovarlarni o‘z nomlaridan, lekin tovar egasining hisobidan sotadilar.
Vakillar nazoratda, qabul qilish omborlariga egadirlar, tovarlarni saqlash va sotish
ham ularning ixtiyoridadir. O‘z javobgarliklari ostida xaridorlarga kredit beradilar,
bozor haqidagi ma’lumotlar, tovarlarni tashishda yordam ko‘rsatish, xomashyo
sifati ustidan nazorat singari qo‘shimcha xizmatlarni taklif qiladilar.
Dostları ilə paylaş: