39
avval ishlatilmagan yangi xomashyo turlariga ehtiyoj paydo bo‘lishi mumkin.
Hattoki, faqat o‘rami o‘zgargan mahsulot ta’minot
doirasi uchun yangi
assortiment birligi deb hisoblanadi. Lekin shuni aytib o‘tish kerakki, har bir
assortimentning o‘zgarishi harajatlarning o‘sishiga olib kelavermaydi. Ayrim
hollarda ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish darajasi ortishi, mehnatni tashkil
qilishning yaxshilanishi mumkin, bular orqali anchagina mablag‘ va mehnat
tejalishi mumkin.
Assortimentning
kengayishini rejalashtirish, zahiralarni boshqarish,
harajatlarni kamaytirish doiralarida korxonalar oldiga qo‘yilgan vazifalarni
murakkablashtiradi. Amerika va yapon kompaniyalarining assortiment siyosatini
solishtirsak, ancha farq qilishini ko‘ramiz. Yapon kompaniyalari modellarni
cheklangan miqdorda ishlab chiqaradilar. Ayrim
komplekt qiluvchi mahsulotlar,
masalan, avtomashinalarga o‘rnatiladigan kondisionerlar (namunaviy o‘lchovda
bo‘ladi), avtomashinalarga sotishdan oldin dilerlar tomonidan o‘rnatiladi.
Amerikalik ishlab chiqaruvchilar esa iste’molchilarni har bir modelning
turli xillari bilan ta’minlaydilar, hattoki maxsus buyurtmalarni ham bajaradilar.
Bunday assortiment siyosati harajatlarning ortishiga olib keladi, ishlab chiqarish
jarayonini tashkil qilish, rejalashtirish va nazorat qilishni murakkablashtiradi.
Marketing vazifalaridan yana biri-tabiiy taqsimlanishning servis xizmati
doirasida aniq chegaralarini belgilaydi. Uning
sifatiga yuk yetkazish tezligi, yuk
yetkazish muddatlarining bajarilishi va logistika tizimi talablarini zudlik bilan
qondirish qobiliyatlari ta’sir qiladi. O‘z tomonidan logistika marketingning sotish
usullariga juda katta ta’sir qiladi. Agar firma maxsus taklif taktikasi asosida ish
olib borsa, ya’ni oldindan belgilangan rejalarsiz sotishlar tashkil qilsa, tabiiy
taqsimlanish
tizimi - transport, omborlar, buyurtmalarni rasmiylashtirish sotish
jarayonining tezlashishiga tayyor bo‘lishi kerak.
Logistika tizimining holati taqsimlanish kanalini tanlashda katta
ahamiyatga ega. Logistika qiymatiga oid tahlil ko‘pincha harajatlarni kamaytirish
yo‘llarini
topish uchun qilinadi, bu tahlil ta’sirida ro‘y bergan o‘zgarishlar
marketingga katta ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, omborlar sonini kamaytirish,
zahiralar miqdorini kamaytirish, transportning arzonroq turlariga o‘tish hisobiga
harajatlarni kamaytirish xizmat ko‘rsatish sifatining o‘zgarishiga olib kelishi
mumkin.
Logistika tizimini tahlil qilish asosida marketing
xizmati taqsimlanish
jarayonining maqsad va vazifalarini aniqroq belgilaydi.
Logistikaning tizimli tahlili marketing quroli bo‘lib, xizmat ko‘rsatish
andozalarini o‘rnatadi.
Dostları ilə paylaş: