54
tashqari yana bir element komplekslilik bo‘lib, u o‘z ichiga: ta’minot hamda zahira
manbalari soni; tovar hamda qadoqlash nomenklaturasi; buyurtma tushadigan
manba va tovarlarni yuklash manzillari soni;
mavsumiylik; ishlayotgan markazlar
soni kabilarni oladi.
Xo‘jalik strategik muammolarini hal etish logistik tizimning har bir
funksional sohasida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar guruhi qarorlariga
asoslanadi. Logistika tizimi strategiyasini ishlab chiqish ikki bosqichda amalga
oshiriladi:
birinchi bosqichda, strategik maqsad aniqlanadi va xo‘jalik rivojlanish
yo‘nalishi belgilab olinadi. Ushbu bosqichda quyidagi muammolar hal etilishi
ko‘zda tutiladi:
1) Bozor talabining o‘zgarishi. Turli taqsimlash kanallaridan o‘tayotgan
tovarlar hajmida biror - bir kanal foydasiga siljishlar bo‘lishini ko‘rsatadi.
2) Logistikaga talabning ortishida. Taqsimlash kanallaridagi siljishlar
logistikaga talabning ortishida aks etmog‘i lozim.
3) Tovarlarni Pareto tamoyili bo‘yicha taqsimlash. Tovarlarning
cheklangan hajmiga asosiy oqim to‘g‘ri keladi.
4) Zahiralar hajmi va moslashuvchan ishlab chiqarish tizimi. Firmaning
bozor talablariga moslashuvchan ishlab chiqarish tizimining
tuzilishi va zahiralar
hajmi qulay bo‘lishi lozim.
5) Faoliyatning ayrim turlariga e’tibor. Nafaqat oddiy yoki maxsus, balki
faoliyatning o‘ziga xos turlari bo‘lgan: iste’mol yoki maxsus ishlab chiqarish
tovarlarini tamg‘alash va qadoqlash kabilarga ham e’tibor berish kerak.
6) Yetkazuvchilar logistika ko‘rsatkichlarini oshirish. Ushbu bo‘lim
mahsulotlarni yetkazish tadbirlarini ishlab chiqish bilan bog‘liq.
Birinchi bosqichda firma strategiyasi ishlab chiqiladi (uzoq muddatga
mo‘ljallangan tadbirlar). Ikkinchi bosqichni birinchi bosqichning davomi desak
bo‘ladi. Bunda strategiyani amalga oshirishga yordam beradigan taktikalar ishlab
chiqiladi. Taktikaning
strategiyadan farqi shundaki, u bozor sharoitlariga mos
holda o‘zgaruvchan va qisqa muddatga mo‘ljallanadi. 2-bosqich 1-bosqichda
ishlab chiqilgan strategik reja yo‘nalishini ta’minlaydi. Ikkinchi bosqich
quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- ishlab chiqarish quvvati. Logistika guruhi ishlab chiqarish hajmining
kompyuter modellaridan,
mahsulot assortimenti, bozorlar, mahsulotlar ishlab
chiqarishni ta’minlash quvvatidan foydalanib, ishlab chiqarish quvvatini
aniqlaydilar;
- taqsimlash milliy tizimlari (TMT) material resurslari o‘zgarishlarining
TMTning ishlab chiqarish quvvatiga ta’siri hisobga olinadi;
- ko‘tarish - transport ishlari. Butun zanjir (yetkazuvchi - iste’molchi)ning
hamma qismlari samarali ishlashini ko‘tarish -
transport tizimining yaxshi
ishlashiga bog‘liq;
- transport turlari. Transportning turli xillari izlanadi va ishlab chiqarish
tizimi logistika talablarini qondirish usullari ko‘rib chiqiladi;
55
- nazorat tizimlari. Faoliyat natijalarini hisoblash va nazorat qilish;
- yetkazuvchilar. Moliyaviy natijalar;
- umumxo‘jalik rejasi.
Logistika strategiyasining korxonalar mahsulotlarini yetkazishda ahamiyati
kattadir. Hozirda bozor munosabatlari sharoitida logistik tizim va uning strategiya
va taktikasini to‘g‘ri amalga oshirish xizmatlar va tovarlarning iste’molchilarga
sifatli holda yetib borishini ta’minlaydi. Shuningdek, to‘g‘ri tuzilgan strategiya bir
qator muammolarni qisqartiradi va ombordagi zahiralar qulayligini ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: