59
6-bob
LOGISTIKADA TRANSPORT NUQTAI NAZARLARI
6.1. Transport vositalarining turlari va ularning moddiy
texnika bazasi
Transport odamlar va yuklarni tashishda bo‘ladigan
moddiy ishlab
chiqarish tarmog‘idir. Ijtimoiy ishlab chiqarish tuzilmasi moddiy xizmatlar ishlab
chiqarishga kiradi. Ijtimoiy ishlab chiqarishda transportning o‘rni 15-chizmada
ko‘rsatilgan.
15-chizma. Ijtimoiy ishlab chiqarishda transportning o‘rni
Moddiy oqimning birinchi xomashyo manbaidan oxiri iste’molchigacha
harakatdagi logistika tadbirlarining muhim qismi turli
transport vositalaridan
foydalanish orqali amalga oshiriladi. Bu tadbirlarni bajarishga ketgan harajatlar
logistikaga ketgan umumiy harajatlarning 50 % ini tashkil etadi.
Bajargan ishiga
qarab, transport ikki asosiy guruhga bo‘linadi:
1. Ommaviy foydalaniladigan transport, xalq xo‘jaligining asosiy tarmog‘i
bo‘lib, yuk va yo‘lovchi tashishda aholiga va xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlari
ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Bu transport aholiga ham aloqa yo‘li tizimida
xizmat qiladi. Uni ko‘pincha magistral (qandaydir
tizimdagi asosiy bosh chiziq,
bu yerda aloqa yo‘llari tizimi) deb ataladi. Ommaviy foydalaniladigan
transport
tushunchasi o‘z ichiga temir yo‘l
transporti, suv transporti (dengiz va daryo),
avtomobil transporti, havo transporti va quvur transportini oladi.
2. Noommaviy foydalaniladigan transport - ishlab chiqarish ichidagi
transport
hamda
notransport korxonalariga tegishli bo‘lgan transport
vositalarining barcha shakllari. Transportning noommaviy turidan foydalangan
holda yuklar tashishni tashkil qilish ishlab chiqarish logistikasining predmetidir.
Tovar harakatida kanallarni tanlash masalasi logistika doirasida yechiladi.
Transport logistikasining predmeti ommaviy
vazifadagi transport yuk
ta’minotini tashkil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan kompleks masalalar hisoblanadi.
Ijtimoiy ishlab
chiqarish
Moddiy ishlab chiqarish
Nomoddiy ishlab chiqarish
Moddiy nе'matlar ishlab chiqarish
Moddiy xizmatlar ishlab chiqarish
Transport
60
Transport logistikasining vazifalari:
- transport tizimlarini, jumladan transport koridorlari va transport zanjirlarini
tashkil etish:
- transport jarayonlarining turli xil transport birligini rejalashtirish (aralash
ta’minlash holatida);
- transport - ombor jarayonlarining texnologik birligini ta’minlash;
- transport jarayonini ombor va ishlab chiqarish bilan rejalashtirish;
- transport vositasi turini tanlash;
- transport vositasini tekin ta’minlash;
- yetkazishning to‘g‘ri marketurasini aniqlash.
Dostları ilə paylaş: