Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 1,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/138
tarix08.06.2022
ölçüsü1,48 Mb.
#60999
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   138
TLr0Qy1ZQKzAVVypqzFi4kh3cxt12IraBfFCY2um

2.Temir yo‘l transporti 
Xalq xo‘jaligida temir yo‘l transportining yo‘lovchilar hamda yuk tashishda 
salmog‘i katta. Respublika temir yo‘l transporti MDH doirasidagi qo‘shni 
davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarni amalga oshirishda muhim o‘rinda turadi. 1999 
yilda respublikada xalq xo‘jaligiga tegishli umumiy uzunligi 6,6 ming km, shu 
jumladan, umumiy foydalaniladigan qismining uzunligi 25 ming km, asosan sanoat 
korxonalariga tortilgan temir yo‘l uzunligi 3,1 ming km ni tashkil etadi. 1994 yil 
noyabrda O‘zbekiston Respublikasida joylashgan temir yo‘l korxonalari va 
bo‘linmalari, loyiha - konstruktorlik va boshqa tashkilotlari va muassasalari 
negizida «O‘zbekiston temir yo‘llari» davlat hissadorlik kompaniyasi tashkil etildi. 


63 
O‘zbekiston Respublikasi mamlakat mustaqilligi va iqtisodiyoti uchun ulkan 
ahamiyatga ega bo‘lgan Xitoy, Koreya, Yaponiya, Eron, Turkiya va G‘arbiy 
Yevropaning janubi bilan tutashtiradigan «TransOsiyo» magistrali (Istambul - 
Toshkent -Olma ota - Pekin) qurilishida ishtirok etmoqda. 
«O‘zbekiston temir yo‘llari» 50 mingdan ortiq turli yuk vagoni va 
Germaniyada tayyorlangan refrijiratorlari, 1450 yo‘lovchilar tashiladigan vagonga 
ega. Kompaniyaning temir yo‘ldan foydalanishiga mas’ul bo‘lgan Toshkent
Farg‘ona, Buxoro, Orol bo‘yi, Qarshi bo‘limlari bor. 1999 yil umumiy 
foydalaniladigan temir yo‘l transportida 46,2 mln.t yuk tashildi. 20 tonnali 
konteynerlar bilan yuk tashish respublikadagi 11 ta stansiyada amalga oshirildi. 
Tashiladigan yuklarning asosiy qismini qurilish materiallari, bulardan 21 % 
taxta, 3% neft va neft mahsulotlari, 35 % g‘alla, sement, kimyoviy mahsulotlar va 
mineral o‘g‘itlar, ko‘mir, sabzavot va boshqa xalq xo‘jaligi yuklarini tashkil etadi. 
1999 yil temir yo‘l transportida 14,4 mln. yo‘lovchi tashildi. Yo‘lovchilarga 
xizmat ko‘rsatishda, ayniqsa, shaharlar atrofidagi qatnovda elektropoyezdlardan 
tobora kengroq foydalanilmoqda.
O‘zbekistonning yagona temir yo‘l tarmog‘ini vujudga keltirish bo‘yicha 
Navoiy-Nukus yo‘nalishlarida temir yo‘lni qayta qurish va elektrlashtirish 
boshlandi. Urganch-Beruniy elektrlashtirilgan yangi temir yo‘l qurilishi bu 
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. 
Respublikada poyezdlar harakatini boshqarish yagona dispetcherlik 
markazi mavjud bo‘lgan Toshkentda amalga oshiriladi. Poyezdlar harakatini 
boshqarish tizimlarida avtomatlashtirilgan xizmat ko‘rsatadigan yuqori quvvatli 
axborot hisoblash markazi ishlab turibdi.
Yo‘lovchi tashuvchi eng yuqori tezligi 100 km/soatni, yuk tashuvchi 
poyezdlarning tezligi 80 km/soatni, stansiyalararo yo‘llarda yo‘lovchilar tashuvchi 
poyezdlar 60 km/soat, yuk tashuvchi poyezdlari 35 km/soat tezlikda harakat 
qiladi. «O‘zbekiston temir yo‘l» kompaniyasining lokomotiv parki yangi turdagi 
teplovozlar, elektorovozlar, elektoropoyezdlardan tashkil topgan. Yo‘lovchilar 
tashiladigan va yuk vagonlarini ta’mirlash, temir - beton shpallar tayyorlanadi. 
Toshkent, Xovos, Qo‘qon, Andijon lokomotivlarini ta’mirlash o‘zlashtirilgan. 
«O‘ztemiryo‘lta’mirlash» ishlab chiqarish birlashmasining bosh korxonasi 
Toshkent teplovozlarning zavod ta’miri hamda yo‘lovchilar tashiladigan 
vagonlarning qayta ta’mirlanishi, Paxtaobod zavodida yopiq vagonlar, 
platformalar va yarim vagonlarni ta’mirlash amalga oshiriladi. 

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin