Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 1,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/138
tarix08.06.2022
ölçüsü1,48 Mb.
#60999
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   138
TLr0Qy1ZQKzAVVypqzFi4kh3cxt12IraBfFCY2um

4. Suv transporti 
Suv transporti deb, suv orqali yuklarni yoki yo‘lovchilarni tashuvchi 
transportga aytiladi. Tashish tabiiy (daryo, dengiz, ko‘llar, okeanlar) orqali va 
sun’iy (kanal, suv omborlari va h.k.) yo‘li bilan amalga oshiriladi. 
Suv transporti 2 ga bo‘linadi: 
1.
Dengiz orqali 
2.
Ichki suvlar orqali. 
Daryo transporti. Yuk va yo‘lovchilarni asosan ichki suv yo‘llari orqali 
tashuvchi transport turiga kiradi. Daryo transporti quyidagilarga bo‘linadi: 
1. Magistral daryo yo‘llari yoki xalqaro davlatlar o‘rtasidagi tashqi savdoni 
amalga oshirishga xizmat qilish. Dunay, Oder, Reyn, Amur. 
2. Rayonlararo. Davlat ichidagi yirik rayonlararo tashish Volga, Missisipi, 
Amudaryo. 
3. Mahalliy, ya’ni rayonlararo yuklarni tashishni amalga oshirish. 
Daryo transporti bir necha davlatlarda mavsumiy ish ko‘rsatishiga 
qaramay, transportning boshqa turlariga qaraganda ancha samaraliroqdir. 
Masalan, katta daryolarda kemachilikni tashkil qilishning birinchi bosqichidagi 


65 
harajatlar temir yo‘lni tashkil qilishdagi harajatlardan 8-10 marta arzon. Magistral 
daryolarda yuklarni tashish temir yo‘l narxlaridan 55 %, avtotransportdan 3-5 
barobar arzon bo‘ladi. 
1999 yilga kelib, O‘zbekistonda suv yo‘llarining umumiy uzunligi 2800km 
ga yetdi. Amudaryo, Panjdan Mo‘ynoqqa qadar paroxodlar qatnovi amalga 
oshirildi. 
Daryo suvining kamayishi va Orol dengizining qurib borishi natijasida suv 
yo‘llari keskin qisqardi, ammo shunga qaramay, 1999 yili daryo transportida 1420 
ming t yuk tashildi. O‘rta Osiyo paroxodchiligi Turkmaniston, O‘zbekiston, 
Tojikiston o‘rtasida taqsimlandi. 1994 yili may oyida O‘zbekiston Respublikasida 
joylashgan daryo floti bo‘linmalarini boshqarish tartibi qayta tashkil etildi. O‘rta 
Osiyo paroxodchiligi O‘zbekistondagi bo‘linmalari negizida «Termiz daryo 
porti», «Qoraqalpog‘iston daryo floti» ishlab chiqarish birlashmalari tashkil etildi. 
«O‘zavtotrans» Korporatsiyasi huzurida daryo floti ishini muvofiqlashtirish 
bo‘yicha boshqarma tuzildi. Respublikada Termiz daryo porti, Shorlovuq, 
To‘rtko‘l, Beruniy, Qoratog‘, Xo‘jayli bandargohlari, Amudaryo orqali 
To‘rtko‘l-Xonqa, Chalish-Beruniy suzma ko‘priklari, Xo‘jayli kema ta’mirlash 
zavodi ishlab turibdi. Termiz porti 2,5 mln. t yuk qabul qilish, jo‘natish quvvatiga 
ega. Afg‘onistonning Xayraton bandargohi orqali eksport-import yuklari yetkazib 
berishda xalqaro, shuningdek birjalar, zemlesoslar, suzuvchi port kranlari va 
boshqa yordamchi kemalar, texnika vositalari bor. Respublika suv yo‘llarining 
umumiy uzunligi 1000 km ga yaqin. Xalq xo‘jaligi yuklari asosan Termiz-
Xayraton, Shorlovuq-To‘rtko‘l, Xo‘jayli-To‘rtko‘l, Xo‘jayli-Beruniy, Qoratog‘-
Taxiatosh yo‘nalishlarida tashiladi. 1999 yil daryo flotida 132,7 ming t yuk 
tashildi. O‘zbekistonning port va bandargohlari temir yo‘llari bilan bog‘langan. 
Daryo floti uchun mutaxassislar Chorjo‘y daryo texnikumi va Odessa floti 
muhandislari institutida tayyorlanadi. 

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin