Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


 Mahsulotlarni yetkazib berish tizimini boshqarish



Yüklə 1,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/138
tarix08.06.2022
ölçüsü1,48 Mb.
#60999
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   138
TLr0Qy1ZQKzAVVypqzFi4kh3cxt12IraBfFCY2um

 
6.3. Mahsulotlarni yetkazib berish tizimini boshqarish 
Logistikaning rivojlanishi transport siyosatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. 
Firmalar xo‘jalik faoliyatida ishlab chiqarish va transport ishlarining 
sinxronizasiyasini ta’minlash Konban (aniq muddatga) tizimlarida keng 
qo‘llaniladi. Uni transportda qo‘llashning mohiyati shundaki, agar asosiy ishlab 
chiqarishda qat’iy jadval bo‘yicha texnologiya, ya’ni mavjud materiallar
xomashyo, yarim fabrikat va komplektlash buyumlari zahiralari hajmi haqidagi 
axborotlar qo‘llansa, unda logistika tashkilotlari mos ravishda qisqa oraliqlarda 
(Konban tizimi) va qat’iy belgilangan vaqtda (aniq muddatda) amalga oshiriladi. 
Bu texnologiya bo‘yicha yuklarning hajmi va berilishi aniq vaqtda bo‘ladi. 
Masalan, avtomobil yig‘ish zavodining asosiy konveyeridan avtomobil omborga 
emas, balki vagonga tushadi va ayni vaqtda EHM tomonidan boshqariladigan 


66 
yuklash qurilmasi, avtomashinalarning navbatdagi to‘dasini yuklash uchun keyingi 
vagonni qo‘yadi. Bu texnologiya qimmat turadigan ombor xo‘jaligisiz ishlashga 
imkon beradi va kapital aylanishini tezlashtiradi. Natijada materiallar zahirasi 
normativi qisqaradi. Masalan, Yaponiyada ularga 2 va 5 sutkalik ehtiyoj bo‘lsa, 
(Nissan) avtomobil yig‘ish zavodida komplektlash buyumlari zahirasi faqat 2 
soatga mo‘ljallangan (aniq muddatga) tizimida ishlashga o‘tishi tovarlar 
realizatsiyasiga ketadigan vaqtni 2 martaga qisqartiradi. 70-80 yillardan boshlab, 
transport va ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish organik birikib, yagona ishlab 
chiqarish transport-taqsimot tizimiga aylandi. Transportga katta tizim, ya’ni 
logistik zanjirning tarkibiy qismi, deb yangicha yondashish, uni har xil sohalarga 
qo‘yib chiqish ehtiyojini keltirib chiqardi. Bunda transport material texnik 
ta’minot tizimida ishlab chiqaruvchidan tortib, so‘nggi iste’mol qiluvchigacha 
bo‘lgan oraliqda qaraladi. Avtomobil transportini erkinlashtirish va aniq muddat 
tizimi uning faoliyat doirasi kengayishiga olib keldi. Avtomobil transportida 
odatda qisqa va o‘rtacha uzoqlikda tashiladigan bo‘lsa, AQSH da 1600 km 
gacha bo‘lgan masofada komplektlash buyumlari va tayyor mahsulot tashishda 
undan foydalanilmoqda. G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida ham nafaqat ichki, 
balki xalqaro miqyosda avtomobil transporti salmog‘i ko‘tarildi. Aniq muddat 
tizimida temir yo‘l transporti avtomobil transportiga nisbatan unchalik qo‘l 
kelmaydi. 80-yillarning oxiriga kelib, AQSH da bu logistika tizimida ishlovchi 
ishlab chiqarish firmalarining 49 %, temir yo‘l xizmatidan foydalanish darajasini 
tushirdi. Bir qancha firmalar ular xizmati darajasini saqladi va faqat 2 % firmalar 
undan foydalanishni ko‘paytirdi. Lekin, bu yangi tizimda temir yo‘l transportidan 
foydalanish kamayishi kerak, degani emas. Temir yo‘l transportining konteyner va 
poyezdlarning harakati tezligi juda ham foydali. Temir yo‘l transportida yuk 
yetkazishni tezlashtirish maqsadida konteyner ta’minotini kengaytirish mumkin. 
Logistik zanjirda ichki suv transportining qo‘llanishi ma’lum darajada 
ko‘pchilik davlatlarda mas’uliyatliligi bilan cheklangandir. Lekin ichki suv yo‘llari 
avtomobil yo‘llariga nisbatan muqobil transport sifatida foydalaniladi. Aniq 
muddat tizimini qo‘llash natijasida suv transportida yuk yetkazish tezligini oshirish 
zarur bo‘lgan paytda qo‘llash kengaydi. 
Jahon xo‘jaligi amaliyotida logistik konsepsiyaning tebranishi ma’lum 
darajada dengiz va havo transportida qit’alararo yuk tashish hajmining ortishiga 
olib keldi. Aviatsiya orqali yuk tashishlar ichki muloqotlarda ham ko‘payib 
bormoqda. Masalan, aniq muddat tizimida ishlovchi firmalarning faoliyatida havo 
transportiga bo‘lgan talab 29 % ga o‘sdi, faqat 5 % firmalar uning xizmatini tatbiq 
etmadilar. 
«Qat’iy grafik» tizimi bo‘yicha ishlaydigan logistik tizim tovar va 
materiallarni sotish, ular bilan ta’minlash ishlarida yuqori samaraga erishgan
chunki yuklarni yig‘ish va taqsimlash bilan shug‘ullanadigan yangi xizmat turini 
ishlab chiqqan. Natijada o‘tkazilayotgan operatsiyalarga kamroq mablag‘ 
sarflanadi va xizmat ko‘rsatishning yuqori sifati ta’minlanadi. 


67 
Mahsulot yetkazib berishda, asosan avtotranslarning marshrut bo‘yicha
harakat qilishi tushuniladi. Mahsulotni avtomobil transporti bilan yetkazib 
berishda, asosan yetkazib berishning kam harajatligi va avtomobil harakatining
mehnat unumdorligini kamayishini tashkil qilish ko‘zda tutiladi. Avtomobil 
transportida mahsulotlarni yetkazib berish quyidagi 2 usulda amalga oshiriladi: 
a) tebranish usulida; 
b) halqa usulida. 
Mayatnik usuli asosan 2 ta yuk tashish punktini o‘zaro bog‘laydi va bu 
jarayon takrorlanadi. 
Halqa usulida esa avtomobilni bir necha ishlab chiquvchi va iste’molchi 
bog‘laydi. 

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin