Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 1,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/138
tarix08.06.2022
ölçüsü1,48 Mb.
#60999
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   138
TLr0Qy1ZQKzAVVypqzFi4kh3cxt12IraBfFCY2um

 
3. Havo yo‘l transporti 
O‘zbekiston jahondagi ko‘p mamlakatlarning poytaxtlari, yirik shaharlar 
sanoat markazlari bilan havo yo‘llari orqali bog‘langan. Respublika mustaqillikka 
erishgandan so‘ng, 1992 yili yanvardan sobiq Ittifoq tasarrufida bo‘lgan 
O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi, fuqaro aviatsiyasining 243 
ta’mirlash 
zavodi, 
«Aviaqurilish» 
birlashmasiga 
qarashli 


64 
«Aviamaxsusmontajsozlik» negizida «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy 
aviakompaniyasi tashkil etildi. Respublikaning, ayniqsa, xorijiy mamlakatlar bilan 
tashqi iqtisodiy, turistik aloqalarini yo‘lga qo‘yishda mamlakatning o‘z transporti 
muhim rol o‘ynayapti. «O‘zbekiston havo yo‘llari»ning bir qancha Osiyo va 
Yevropa, Amerika mamlakatlarida vakolatxonalari ochildi. 1993-1999 yillarda 19 
ta yangi xalqaro marshrutlarda samolyotlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi. 1991-1999 
yillarda xalqaro marshrutlarda tashilgan yo‘lovchi soni 30 mingdan 245 mingga 
yetdi. «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi Germaniya, Fransiya
Rossiya firmalari bilan turli sohalarda hamkorlik qilmoqda. 1993 yilda shunday 
hamkorlik natijasida Yevropaning yirik «Eirbas industri» konsernidan 
«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi sotib olgan Eirbas A-310-300 
aerobuslari xalqaro marshrutlari yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsata boshladi. 
«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi quyidagi havo kemalariga 
ega: qishloq xo‘jaligi ishlariga mo‘ljallangan AN-2, milliy havo yo‘llarda 
qatnaydigan AN-24, YAK-40 xalqaro toifadagi IL-86, TU-154, A-310, V-767 
kabi samolyotlar, vertolyotlar parkida MI-2, MI-8, KA-26 kabi mashinalar bor.
Viloyat markazida aeroportlar TU-154, Samarqand, Namangan, Urganch, 
Termiz aeroportlari IL-62, IL-72, Nukus aeroporti IL-86, A-310 aerobuslarini 
qabul qilishga qodir. Toshkent, Samarqand, Termiz aeroportlari xalqaro 
maqomga ega. Respublika hukumati qaroriga ko‘ra Uchquduqda jahondagi eng 
ilg‘or andozalarga mos keladigan katta yangi aeroport qurishga tayyorgarlik 
boshlangan. 
Respublika aviatsiya transporti uchun uchuvchilar, texnika xizmati tarkibi
yerdagi xizmat xodimlari milliy aviakompaniyaning uchish - o‘quv texnika 
markazida va Toshkent aviatsiya institutida tayyorlanadi. 

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin