partiyalarni buyurtma qilish imkoniyati mavjud bo‘lgan holda qo‘llash mumkin
(masalan, buyurtma qilingan tovar konteynerda yetkazib berilishi holatida bu
tizimni qo‘llash mumkin emas). Undan tashqari, agar buyurtmaning yetkazib
berilishi yoki joylashtirish qimmatga tushsa, bu tizim qo‘llanilmaydi. Masalan,
agar o‘tgan davrda talab yuqori darajada bo‘lgan bo‘lsa, buyurtma ham kam
bo‘ladi. Buni esa buyurtmani bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlar sezilarli
bo‘lmagan sharoitda amalga oshirish mumkindir.
Ta’riflanayotgan tizimning xususiyati shundaki, bu tizim kamyob tovar
mavjud bo‘lishiga imkon beradi. Chizmadan ko‘rinib turibdiki, agar talab
birdaniga o‘sib ketsa (ya’ni, chizma keskin pastga tushib ketsa - A maydon),
zahira buyurtmani berish muddatidan oldin tugab qoladi. Bu shuni bildiradiki,
76
kamyob tovar ehtimolli yo‘qotishlar korxona uchun sezilarli darajada bo‘lmasa,
nazorat tizimi qo‘llanishi mumkin.
Buyurtmaning qat’iy belgilangan davr oralig‘i zahiraning holati ustidan
nazorat qilish tizimi quyidagi hollarda qo‘llaniladi:
- yetkazib berish sharoitlari har xil hajmda, to‘dalarda buyurtmalarni olishga
imkon tug‘diradi;
- buyurtmani joylashtirish va yetkazib berish bo‘yicha harajatlar yuqori
emas;
- ehtimolli kamyob tovar bo‘lgan yo‘qotishlar nisbatan katta emas.
Amaliyotda bu tizim bo‘yicha bir yetkazib beruvchidan olinadigan ko‘p
tovarlardan birining talab darajasi nisbatan bir qator bo‘lgan tovarlar, qimmatli
tovarlar va hokazolarni buyurtma qilish mumkin.
Buyurtmaning qat’iy belgilangan hajmdagi zahiralari holati ustidan
nazorat tizimi. Zahiralar holati ustidan nazoratning bu tizimida zahiraning
to‘ldirilishiga buyurtmaning hajmi o‘zgarmas kattalik hisoblanadi. Buyurtma
berish vaqt oraliqlari bu holda har xil bo‘lishi mumkin (18-chizma).
Bu tizimda me’yorlangan kattaliklar buyurtma hajmi, buyurtmani
joylashtirish vaqtidagi zahira hajmi (buyurtma nuqtasi) va sug‘urta zahirasining
hajmlari hisoblanadi. Yetkazib berishga buyurtma naqd zahiraning buyurtma
nuqtasi kamayganda joylashtiriladi. Chizmadan ko‘rinib turibdiki, buyurtmani
joylashtirishdan so‘ng zahira kamayishini davom ettirayapti, chunki buyurtirilgan
tovar darrov olib kelinmaydi. Buyurtma nuqtasidagi zahira hajmi odatdagi ish
holatida t vaqt ichida zahira sug‘urta zahirasidan pastga tushib ketmasligi uchun
tanlanadi. Agar talab birdagina o‘sib ketsa (chizma chizig‘i keskin pastga tushadi
- A maydon) yoki yetkazib berish muddati cho‘zilsa ((t > t) - V maydonda),
sug‘urta zahirasi ishga tushadi. Bunda korxonaning tijorat xizmati qo‘shimcha
yetkazib berishni ta’minlaydigan chora - tadbirlarni qo‘llashi kerak. Ko‘rinib
turibdiki, nazoratning bu tizimi korxonani kamyob tovarlar vujudga kelishidan
himoya qiladi.
R
buyurtma
R
R
nuqtasi
R
77
sug‘urta
Dostları ilə paylaş: |