74
mahsulotlar va xalq iste’mol tovarlarining zahiralar darajasini o‘rganish,
boshqarish va chetlanishlarni yo‘q qilish uchun tezkor choralarni ko‘rish
hisoblanadi.
Zahiralar holati ustidan nazoratning kerakligi zahiralarning me’yorida
ko‘zlangan chegaralardan haqiqiy zahira hajmining
chiqib ketish holatida
harajatlarning ortishi bilan shartlangan. Zahira holati ustidan nazorat zahiralarning
hisobi, moddiy resurslarning qayta ro‘yxatga olinishi,
inventarizatsiya
ma’lumotlari asosida yoki kerak bo‘lganda amalga oshirilishi mumkin.
Amaliyotda nazoratning har xil uslublaridan foydalaniladi. Quyida ulardan eng
ko‘p uchraydigan ikki uslubi ko‘rib o‘tilgan.
Birinchi uslubda, korxona yetkazib
beruvchiga buyurtmani yuborish davr oralig‘i o‘zgarmasdir (buyurtmaning qat’iy
belgilangan davr oralig‘i tizimi). Ikkinchi uslubning mohiyati shundaki, biror - bir
tovarning zahirasi oldindan belgilangan
eng kam qiymatiga yetish bilan, bu tovar
buyurtma qilinadi. Bunda buyurtirilgan partiyaning hajmi har doim bir xildir
(buyurtmaning qat’iy belgilangan hajmi tizimi).
Buyurtmaning qat’iy belgilangan davr oralig‘idagi zahiralarning holati
ustidan nazorat qilish tizimi. Bu tizim bo‘yicha zahiralarning
holati ustidan
nazorat bir xil vaqt oralig‘ida qoldiqlar inventarizatsiyasini o‘tkazish yo‘li bilan
amalga oshiriladi. Tekshirish natijalari bo‘yicha
tovarning yangi partiyasini
yetkazib berishga buyurtma belgilanadi.
Buyurtma
qilinayotgan
tovar
Dostları ilə paylaş: