72
boshqarish o‘z xususiyatiga ega. Xomashyoni mahsulotga aylantirish yo‘lida va
bu mahsulotning so‘nggi iste’molchiga yetkazilishida zahiralarning ikki asosiy turi
tashkil etiladi: (16-chizma)
1. Ishlab chiqarish zahiralari.
2. Tovar zahiralari.
O‘z navbatida bu zahiralardan har biri uch turga bo‘linadi:
a) joriy zahiralar; b) sug‘urta zahiralari; v) mavsumiy zahiralar.
16-chizma. Moddiy zahiralarining asosiy turlari
Zahiralar
yetkazib beruvchi, ishlab chiqaruvchi va iste’molchi orasidagi
bevosita bog‘lanishni kuchsizlantirish uchun xizmat qiladi. Zahiralar mavjudligi
ishlab chiqarishni optimal xizmatdagi partiyalar bilan yetkazib berilayotgan
xomashyo bilan ta’minlashga,
shuningdek, xomshyoni optimal hajmdagi tayyor
mahsulotga aylantirish imkonini beradi. Xomashyo zahiralari shu xomashyoni
yetkazib beruvchining mahsulot ishlab chiqaruvchiga bo‘lgan bog‘lanishini
kuchsizlantiradi. Ishlab chiqarish jarayonida bo‘lgan yarim tayyor mahsulotlar
zahirasi alohida sexlarning bir - biriga bo‘lgan bog‘lanishini kamaytiradi.
Zahiralar quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Bufer zahiralar yetkazib beruvchi va iste’molchilar orasida tashkil etiladi.
Bu zahiralar materiallar harakati bilan bog‘liq bo‘lgan qoplamalar uchun o‘z
vaqtida etib kelmaslikni to‘ldirish, mahsulotni xarid qilish imkoniyatini ta’minlash,
shuningdek, mahsulotni qulay hajmdagi partiyalar bilan
ishlab chiqarish uchun
ishlatiladi.
2. Tayyor mahsulot zahiralari qulay hajmdagi mahsulot partiyalari bilan
ishlab chiqarishni ta’minlash, kutilayotgan talabni qondirish, haqiqiy talabning
istiqbollashgan zahiradan farqlanishini qoplash maqsadlariga xizmat qiladi.
3. Ushlanib qolishlarni qoplash uchun zahiralar
material resurslarning
harakatlanishi bilan bog‘liqdir. Agar ushlanib qolish vaqti ma’lum bo‘lsa, bunday
zahiralar hajmini aniqlash qiyinchiliklar tug‘dirmaydi.
4. Kutilayotgan talabni qondirish uchun kerak bo‘lgan zahiralar
istiqbollashayotgan talabni qoplash uchun xizmat qiladi. Talabning hajmi va vaqti
aniq hisoblangani uchun bunday zahiralarning aniqlanishi qiyinchiliklar
tug‘dirmaydi.
Moddiy zaxiralar
Ishlab chiqarish zaxiralari
Tovar zaxiralari
Joriy zaxiralar
Sug’urta zaxiralari
Mavsumiy zaxiralar
73
5. Kafolat zahirasi talabning aniqlab bo‘lmaydigan o‘sishini
qondirish
uchun
xizmat
qiladi.
Bu
zahiralarning
mavjudligi
haqiqiy
talabning
istiqbollashayotgan talabdan farqini qoplaydi.
Logistika konsepsiyasining amaliyotda qo‘llanishi korxona va firmalarda
yalpi zahiralarning muvofiqligi bilan bog‘lanadi. Zahiralarni qulaylashtirish mezoni
xarid bo‘yicha harajatlar mahsulotning yo‘qligi natijasida hisoblanadi.
Xarid bo‘yicha harajatlarga quyidagilar kiradi: buyurtmani qayd etish
bo‘yicha harajatlar; yetkazib beruvchilar bilan yetkazib
berilgan tovarlar va
kommunikatsiya haqida shartnomani qayd etish bo‘yicha harajatlar, agar
transportda tashish narxi qabul qilinayotgan tovarning narxiga kirmasa; transport
harajatlari, tovarni qabul qilish va omborda saqlash harajatlari. Bularning ayrimlari
buyurtmada belgilanadi va buyurtma hajmiga bog‘liq bo‘lmaydi. Boshqalari esa,
masalan, transport va ombor harajatlari buyurtma hajmiga proporsional
bog‘liqdir.
Zahirani saqlash bo‘yicha harajatlar omborda mahsulotni ma’lum vaqt
davomida saqlash harajatlari bilan belgilanadi va
bevosita ombordagi mahsulot
hajmiga bog‘liq bo‘ladi. Bunga ombor harajatlari, renta harajatlari (agar inshoot
ijara qilingan bo‘lsa), ishlab chiqaruvchi birlikka tegishli omborlarning mohiyati
uchun joriy harajatlari kiradi. Bu tur harajatlarga kapital harajatlar kiradi. Bu
guruhga, shuningdek, sug‘urta va soliq harajatlari ham kiritiladi. Sug‘urta
harajatlari zahira yong‘in yoki o‘g‘rilik natijasida yo‘qolishlaridan himoya sifatida
ishlatiladi. Zahiralar hisoblangan kun bo‘yicha soliqqa tortiladi. Bu guruhga tabiiy
ofat va zahiralarning buzilishlari natijasidagi yo‘qotishlar ham kiritiladi.
Mahsulot yo‘qligi natijasida ishlab chiqaruvchi omborda mahsulot yo‘q
bo‘lganligi natijasida to‘satdan hosil bo‘lgan
talabni qondira olmaydigan
yo‘qotishlarga duch keladi. Bu yo‘qotishlar ikki turga bo‘linishi mumkin:
1. Yo‘qotilgan sotishlar qiymati, bunda buyurtmachi o‘z buyurtmasini
boshqa ishlab chiqaruvchiga beradi. Bu usulda harajatlar ko‘zda tutilgan
harajatlardan foyda yo‘qotish bilan aniqlanadi.
2. Buyurtmachi buyurtma berilishini kutib turadi. Sotuvlar yo‘qotilmagan,
balki surilgandir. Ammo kutish qo‘shimcha
harajatlarni, buyurtmani qayd etish
uchun, transport va ombor harajatlari va boshqalarni tug‘dirishi mumkin. Bu
harajatlarni aniqlash qiyinchiliklar tug‘dirmaydi.
Dostları ilə paylaş: