62
«Mersedes - Bens» so‘drovchilar vazifasiga ko‘ra ixtisoslashtirilgan (o‘t
o‘chirish, un, paxta,
qurilish materiallari tashish, sanitariya va boshqa)
avtomobillar bor.
Respublikada xalq xo‘jaligining sanoat, qishloq xo‘jaligi qurilish, suv
xo‘jaligi, aloqa, savdo, sog‘liqni saqlash, kommunal xo‘jaligi, madaniyat,
mudofaa va boshqa tarmoqlarda ixtisoslashtirilgan yirik avtotransport korxonalari
mavjud.
1999 yilda Respublikada umumiy
foydalaniladigan avtomobillar, ya’ni
yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan 14,1 ming avtobus va 4,3 mingdan ortiq yengil
mashinalari ishladi. Respublika bo‘yicha 2892 avtobus marshrutlarida (593 ta
shahar, 1768 ta shahar atrofi, 532 ta shaharlararo) avtobuslar qatnadi.
Har kuni
5000 ga yaqin avtobus qatnaydi. 1998 yili avtobuslarda 1879,6 mln. yo‘lovchi
tashildi. Umumiy foydalaniladigan yuk va yo‘lovchilar tashuvchi avtomobil
transportining
yirik
korxonalari
O‘zavtotransport
davlat
hissadorlik
Korporatsiyasi tarkibiga kiradi. Korporatsiya 1993 yil yanvarda tashkil etilgan.
Korporatsiya tarkibiga hissadorlik jamiyatlariga aylantirilgan yo‘lovchi tashishni
amalga oshiradigan 99 ta, yuk tashish bilan shug‘ullanadigan 99 ta va aralash 67 ta
avtokorxonalar bor. Bu avtokorxonalarda 14
mingdan ortiq avtobus, 24,6 ming
yuk avtomobili (10 mingga yaqini o‘zi ag‘daruvchi mashinalar) bo‘lib, ularda
1999 yili 220,6 mln. tonnaga yaqin yuk tashildi (jami transport turlarida tashilgan
umumiy yuk hajmining 24,7%i avtomobil transportida tashilgan).
Korporatsiyaning «O‘ztashishtrans» savdo transport birlashmasi va
«O‘zbekavtotur» firmasi xalqaro yuk tashish va yo‘lovchilar
qatnoviga xizmat
ko‘rsatadi. 1999 yil Avstriya, Germaniya, Eron, Xitoy,
Turkiya va boshqa
mamlakatlarga 16 ming tonna yuk yetkazib berildi. Keyingi yillarda Korporatsiya
aholiga avtotransport xizmati ko‘rsatishi rivojlanmoqda.
Tarmoq korxonalari uchun muhandis - texnik xodimlar 12 mutaxassislik
bo‘yicha Toshkent avtomobil va yo‘llar institutida, Qo‘qon, Buxoro, Urganch,
Toshkent avtomobil va yo‘llar kollejlarida tayyorlanadi. «O‘zavtotrans»
Korporatsiyasi huzurida 15 ta avtomobil o‘quv kombinati va ularning 100 ta filiali
ishlaydi. Avtomobil transporti tizimida O‘zbekiston hissadorlik sug‘urta
kompaniyasi yo‘lovchilarni sug‘urta qilish ishlari bilan shug‘ullanadi.
Dostları ilə paylaş: