Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 1,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/138
tarix08.06.2022
ölçüsü1,48 Mb.
#60999
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   138
TLr0Qy1ZQKzAVVypqzFi4kh3cxt12IraBfFCY2um

 
 
6.2. Transport turlarining moddiy - texnika bazasi 
Transport turini tanlash masalasi logistika zahiralarining qulay darajasini 
tashkil qilish va ushlab turish, qadoqlash va o‘rash turini tanlash va boshqa shu 
kabi masalalar bilan bog‘liq holda yechiladi. 
Muayyan bir mahsulotni tashish uchun transport turini tanlashda har xil 
transport turlarining xarakterli xususiyati haqidagi axborot asos bo‘lib xizmat 
qiladi. Logistika nuqtai nazaridan avtomobil, temir yo‘l, suv, havo transportining 
kamchilik va afzalliklarini ko‘rib chiqamiz. 
1. Avtomobil transporti. Asosiy funksiyalaridan biri yuqori tezlikda yurish. 
Avtomobil transporti yordamida yukni kerakli muddatda yetkazib berish 
mumkin. Transportning bu turi yetkazishning muntazamligini ta’minlaydi. Bu 
yerda boshqa turlariga nisbatan qadoqlanishiga kamroq talablar qo‘yiladi. 
Avtomobil transportining kamchiligiga tashishga nisbatan yuqori tannarxi
ya’ni odatda avtomobilning yuk ko‘tarish qobiliyati (eng ko‘p miqdor) bo‘yicha 
olinadigan to‘lov kiradi. Bu transport turining boshqa kamchiliklariga yuk 
tushirish va tashish, yukni yo‘qotish imkoniyati va avtotransportning yo‘lda 
buzilish imkoniyati borligi, nisbatan yuk ko‘tarilish quvvatining pastligi kiradi. 
2. Temir yo‘l transporti. Transportning bu turi turli ob-havo sharoitlarida 
yuklarning turli to‘plamlarini tashishga yaxshi moslashgan. Temir yo‘l transporti 
yuklarni uzoq masofalarga tashish va tashishning muntazamligi imkoniyatini 
beradi. Bu yerda yuklash, tushirish ishlari foydali natijani tashkil qilishi mumkin. 
Temir yo‘l transportining afzalligi yuklarni tashish tannarxining nisbatan 
pastligi. 
3. Suv transporti. Dengiz transportining kamchiliklariga tezlik pastligi, 
yuklarning qadoqlanishi, o‘ralishi va mustahkamlanishiga qattiq talablar qo‘yilishi, 
jo‘natish chastotasi pastligi kiradi. 
Ichki suv transporti. Yuk tariflari past. uzoqroq masofaga tashishda bu 
transport turi eng arzon hisoblanadi. 


61 
Ichki suv transportining kamchiliklariga yetkazib berishning tezligi past 
bo‘lishi kiradi. 
4. Havo transporti. Asosiy afzalliklari: tezligi, alohida rayonlarga yetkazish 
imkoniyati. Kamchiliklariga yuk ta’riflarining yuqoriligi va meteo sharoitlar kiradi 
(yetkazib berish jadvaliga rioya qilish imkoniyatini tushiradigan meteo sharoitlar). 
Transport turini tanlashda ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omil farqlanadi (3-
jadval) 
3-jadval 
Transport turini tanlashga ta’sir qiladigan omillar
bo‘yicha turli transportlar bahosi 
Transport turi 
Transport turini tanlashga ta’sir qiluvchi omil 
Yetkazib 
berish 
muddati 
Yuk 
jo‘natish 
chastotasi 
Yetkazib 
berish jadvaliga 
rioya qilish 
ishonch- liligi 
Turli xil yuklarni 
tashish 
qobiliyati 
Hududning 
istalgan 
nuqtasiga yukni 
yetkazish 
qobiliyati 
Tashish 
qiymati 
Temir yo‘l 






Suv 






Avtomobil 






Quvur 






Havo 







Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin