50
fizik taqsimlashning o‘ziga xos aksi hisoblanadi. Logistikaning mazkur vazifasi
mahsulotning ishlab chiqaruvchiga jo‘natilishiga yordam beradi.
Ishlab
chiqaruvchining talablari buyurtmalarga o‘tkaziladi. Xaridlar bo‘yicha vakil
firmaning asosiy parametrlari (narxlar, yetkazib berish sifati) bo‘yicha talablarini
qondiruvchi mol yetkazib beruvchilarni tanlaydi.
4.4. Korxonalarning tashkiliy tuzilmalari va u boshqaruv
xizmatlarining o‘zaro hamkorligi
Logistika tizimi tomonidan boshqariladigan tashkiliy tizim quyidagi
funksiyalarni amalga oshiradi:
a) tizimni shakllantirish va rivojlantirish;
b) korxonaning bozor siyosati bilan bog‘liq logistik tizim strategiyasi;
v) o‘zaro bog‘liq funksiyalarni koordinatsiyalash va boshqarish;
g) har xil tarmoq korxonalari uchun logistikaning o‘ziga xos xususiyatlari.
Logistikaning tashkiliy tizimi 11,12,13,14- chizmalarda ko‘rsatilgan.
11-chizmada logistikani boshqarish yoki materialni
boshqarish berilgan
bo‘lib, bunda logistika vitse-prezident yoki bosh boshqaruvchiga bo‘ysunadi.
12-chizmada har xil mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarda logistikaning
tashkiliy tuzilishi ko‘rsatilgan. Bunda har bir mahsulot turi bo‘yicha logistika
funksiyalari guruhlarga ajratilgan.
13-chizmada boshqarishning markazlashgan
funksiyasiga asoslangan
korxonalarda logistikani boshqarishning tashkiliy tuzilishi berilgan. Logistikani
boshqarishning bu shakli har xil mahsulotlar ishlab
chiquvchi korxonalarga xos
bo‘lib, kompaniyalarda esa yuqori darajadagi markazlashtirilgan boshqaruv
nazoratidir.
11- chizma. Korxonada logistikani boshqarish
Korxona boshqaruvchi
Shtatlar va maslahatchilar
Ma'muriyati
Ishlab
chiqarishda
rеjalashtirish ustidan nazorat
Matеrial va taqsimotning boshqaruvi
-transport;
-ombor xo’jaligi;
-mollar ta'minoti;
-istе'molchilarga xizmat ko’rsatish
Markеting
Ishlab chiqarish
Logistikani boshqarish
Buxgaltеriya va
moliya