Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 1,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/138
tarix08.06.2022
ölçüsü1,48 Mb.
#60999
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   138
TLr0Qy1ZQKzAVVypqzFi4kh3cxt12IraBfFCY2um

 
 
3.3. Logistika tizimi faoliyat yuritishini baholash 
Boshqarishning muhim omillaridan biri - materiallarni o‘z vaqtida eltib 
berish. Buning uchun kerakli operatsiya bajarilishiga (masalan, yuk ortish, yukni 
eltish va boshqa) qancha vaqt ketishi va operatsiyani boshlash uchun qancha 
vaqt kerakligini aniqlash zarur. 
Buyurtmalarni bajarish muddati resurslarga bo‘lgan ehtiyoj miqdoriga, 
ta’minot jarayonining ishonchliligiga ta’sir qiladi. Buyurtmalarni bajarish muddati
uzoq bo‘lsa, u mintaqaviy omborlardagi katta nomenklaturali zahiralar 
miqdorining ortib ketishiga olib keladi. 
Boshqa tomondan qaraganda, buyurtmalarning shoshilinch, qisqa vaqtda
bajarilishi har xil xatolarga olib kelishi mumkin. Masalan, olingan resurslar 
miqdori yanglish bo‘lishi, sifati to‘g‘ri kelmasligi yoki umuman kerak bo‘lmagan 
mahsulot yetkazishi mumkin. 
Masalan, AQSHda taqsimlash doirasida buyurtmalarning eng kam
bajarilish muddati (ishlab chiqarish vaqti ham hisobga olinadi) - 7 kun, eng ko‘p 
muddati - 72 kun. 
Buyurtmaning bajarilishiga ketadigan vaqt taqsimlash kanallarining holati 
va rivojlanishiga bog‘liq. Bu taqsimlash kanallari mahsulot ishlab chiqaruvchi va 
iste’molchilarni bog‘laydigan vositaga aylanayapti va xilma-xil o‘zaro bog‘liq 
vazifalarni bajarayapti. Unga: sotish; marketing; kredit berish va boshqa xizmat 
turlari kiradi. Firmalarning ko‘pchiligi taqsimlash jarayonini faqat qisman nazorat 


38 
qiladi, demak, ularning butun tabiiy taqsimlash tizimiga qiladigan ta’siri ham 
qismandir. 
Logistika texnologiyasining o‘zgarishi, mahsulot va xizmatlar sifati 
ahamiyatining o‘sishi, taqsimlash kanallarining tuzilishi va vazifalarining 
o‘zgarishiga olib keladi, texnologiyani takomillashtirishga intilish tug‘diradi. 
Logistika tizimi samarasining ortishi - taqsimlash doirasining asosiy kapitaliga 
qo‘yiladigan sarmoyalar miqdori ortishiga logistika tizimi tuzilishi va obyektlari 
joylashishining o‘zgarishiga olib keladi. 
Hozirgi kunlarda mahsulot ishlab chiqaruvchi va sotuvchilarni farqlash 
juda qiyin. Logistika tizimi qismlari vazifalarining o‘zgarishi katta qiyinchiliklar 
bilan o‘tyapti. Integratsiya ayrim xo‘jalik turlarining ahamiyati ortyapti,
boshqalarining ahamiyati pasayib yoki umuman yo‘q bo‘lib ketayapti. Bu 
jarayonlarga yana xalq xo‘jaligi holati, davlatning iqtisodiy siyosati ham ta’sir 
qiladi. Ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchi korxonalar faqat ulgurji 
savdo jarayonini nazorat qilibgina qolmay, bevosita iste’molchiga sotish 
jarayonini ham o‘z nazoratiga olayapti. Iste’molchilarga to‘g‘ridan - to‘g‘ri yuk 
yuborishga moslashtirilgan qo‘shimcha omborlar qurilayapti. Ko‘p kompaniyalar
taqsimlash kanallari, zahiralar miqdori va sotish hajmidan xabardor bo‘lish 
maqsadida ulgurji savdo tizimi bilan bevosita aloqa o‘rnatgan. 

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin