36
Ikkinchisi, ishlab chiqarish o‘z tomonidan bevosita logistika tizimiga
qaram bo‘lib kelgan. Ya’ni ishlab chiqarish jarayoniga xomashyo materiallarini
vaqtida yetkazib berish katta ta’sir ko‘rsatadi. Texnologik jarayonlarni
boshqarish, birinchi navbatda, harajatlarni
kamaytirishga qaratilgan, asbob -
uskunalarning bir tekisda ishlashi, ko‘rsatilgan muddatda buyurtmalarning
bajarilishini ko‘zda tutadi.
Bu jarayonlar ta’minlash tizimi orqali qo‘llab-quvvatlanib turiladi. Bu
tizimning asosiy vazifasi - ishlab chiqarish ehtiyojini to‘la qondirish. Ishlab
chiqarish va logistika tizimining o‘zaro ta’sirini shoshilinch buyurtmalarni bajarish
yoki yangi tur mahsulot ishlab chiqarish kerak bo‘lganda ko‘rsa bo‘ladi.
Bunday sharoitda bu doiralarning harakatchanligi,
moslashuvchanligi, butun ish
muvaffaqiyatining garovi bo‘ladi.
Hozirgi
zamonda
logistika
tizimlari
doirasida
ishlab chiqarish
infratuzilmasini hisobga olganda, turli xil korxonalar joylashtirilishi mumkin.
Ishlab chiqarish jarayoni bozordan ajratilgan holda muvaffaqiyatli tashkil
qilina olmaydi. Ayrim hollarda iqtisodiy adabiyotlarda mahsulot ishlab chiqarish
jarayoni boshqaruvchisining vazifalari shunday izohlanadiki, go‘yo
ular bevosita
faqat boshqarish jarayoniga ta’sir qiladi. Amalda esa, boshqarish ko‘pincha
taqsimlash tizimining tabiiy holatiga bog‘liq. Bu tizim marketing va ishlab
chiqarish o‘rtasida bog‘lovchi kuch bo‘lib turadi. Shu tizim (boshqarish tizimi)
ishlab chiqarish va marketing jarayonlarining balansini aniqlaydi.
Buyurtmalarning noto‘g‘ri joylashishi ishlab chiqarishda kutilmagan
harajatlarga olib keladi. Shuning uchun korxonalar quyidagi qoidaga rioya
qilishga harakat qiladilar: tayyor mahsulot zahiralar darajasini sotish darajasiga
moslashtirish, masalan, 30-40 kunlik zahiralar.
Bu qoida, ayniqsa, mahsulotni
sotish miqdori tez - tez o‘zgarib turadigan korxonalar uchun muhimdir.
Logistika tizimining samaradorligi baho belgilash usullari bilan bog‘liq.
Aniq belgilangan narxlar bozorda ishlab chiqaruvchilar ta’sirini kengaytirishga
olib keladi. Logistika tizimlari yordamida sotiladigan mahsulotlar narxini
kamaytirish ustama narxlar yordamida belgilanadi. Ulardan tashqari, bozordagi
sharoit ham hisobga olinadi.
Odatda, ishlab chiqaruvchining o‘zi
avval sotish narxini, keyin sotish
narxi kamaytirilishini aniqlaydi, ana shunda sotish narxi hosil bo‘ladi. Bundan
keyin, ishlab chiqaruvchi o‘z faoliyatini bozor talabiga mos keladigan mahsulot
ishlab chiqarishga qaratadi. Bunday mahsulot bozorda sotilib, daromad keltirishi
mumkin. Faol raqobatli bozor sharoitida bu oddiy tajriba. Bunday bozorda
mahsulotlar xilma - xil bo‘ladi va narxlari ham keskin farqlanadi.
Ishlab chiqaruvchi belgilagan narx sotuvchi to‘laydigan
haqiqiy narxdan
farqlanadi. Belgilangan narxning o‘zgarishiga sotish sharoitlari va shartlari, bozor
sharoitlari ta’sir ko‘rsatadi. Lekin sotuvchi va iste’molchining narxi bir xil bo‘lishi
ham mumkin.
37
Ko‘pincha mahsulotlar arzonlashtirilgan narxda sotiladi. Bu arzonlashtirish
sotib olingan tovarlar miqdori yoki naqd pulga olinishiga bog‘liq.
Logistika tizimi 2 asosiy narx belgilash tizimidan foydalanishni tavsiya
etadi. Bu tizimlar iste’molchilarning geografik joylashishiga bog‘liq. Bular: Franko
- narx va eltib berish narxi.
Sotuvchi biror joyda mahsulotni sotib oluvchilarga topshirsa, franko -
narxlar belgilanadi. Bu joy ombor bo‘lishi mumkin, korxona, avtokorxona
bo‘lishi ham mumkin. Sotuvchi iste’molchini transport vositalari bilan ta’minlashi
mumkin, lekin barcha harajatlarni sotib olganlar ko‘taradi. Bunday
narxlar tizimi
taqsimlash tizimining nazorat qilinishini ancha murakkablashtiradi.
Eltib berish narxlari transport harajatlari, yuk ortish - tushirish ishlari
harajatlari va yuk miqdoriga ko‘ra chegirmalarni o‘z ichiga oladi. Bu narx turi
juda ko‘p ishlatiladi. Bunday narx belgilash tajribasi ta’minotchiga qulaylik
yaratadi, bundan tashqari, bunday narx belgilash
tizimini nazorat qilish ham
yengilroq, AQSHda logistika doirasidagi narx belgilash tizimi davlat orqali
tartibga solinadi. Bir tomondan, huquqiy tartibga solish narxlarni aniqlash
erkinligini chegaralaydi, ikkinchi tomondan esa, logistika harajatlari tizimini tahlil
qilishga imkon yaratadi.
Dostları ilə paylaş: