Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


 Logistikaning rivojlanish bosqichlari



Yüklə 1,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/138
tarix08.06.2022
ölçüsü1,48 Mb.
#60999
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   138
TLr0Qy1ZQKzAVVypqzFi4kh3cxt12IraBfFCY2um

1.2. Logistikaning rivojlanish bosqichlari 
Logistika fan sifatida va fuqarolik sohasidagi biznesning quroli sifatida 
1950 yillarning boshlarida, avvallo, AQSHda shakllana boshlagan. Uning 
evolyutsiyasi sanoati rivojlangan mamlakatlardagi bozor munosabatlarining tarixi 
va evolyutsiyasi bilan yaqindan bog‘liqdir, buning ustiga «logistika» atamasining 
o‘zi faqat 1970 yillarning oxirida biznesga kirib kelgan va jahonda hamma yerda 


17 
qo‘llanila boshlagan. Logistika nisbatan yoki va rivojlanayotgan fandir. Uning 
tushunish apparati va terminologiyasiga tegishli ko‘pgina masalalar yangi mazmun 
bilan to‘lgan holda doimo aniqlanadi va o‘zgaradi. Logistika moddiy oqimlarni 
boshqarishni ko‘rib chiqadi, ya’ni xomashyo, materiallar va tayyor 
mahsulotlarning aylanishi, ularni yetkazib beruvchilardan ishlab chiqaruvchi 
korxonalar va yakuniy iste’molchilarga ularning talablariga muvofiq yetkazib 
berilishi jarayonlari bilan bog‘liq masalalarning butun majmuasini qamrab oladi.
XX asrda logistika rivojlanishining tarixiy bosqichlarini ajratishga bir necha 
yondashishlar mavjud.
Birinchi yondashish. Ba’zi bir olimlar logistika rivojlanishining to‘rtta 
davrini ajratadilar. 
1. «Fragmentlashtirish» davri (1920-1950) logistik konsepsiya hamda 
moddiy oqimlarni boshqarish va umumiy harajatlarni pasaytirish qurollari vujudga 
kelishining shart-sharoitlari shakllanishi bilan ta’riflanadi. Ammo logistika 
tamoyillari to‘liq darajada talab qilinmagan edilar, faqat ba’zi bir tashkil qiluvchi, 
masalan ishlab chiqarish, tashish yoki omborga joylashtirishdagi harajatlarni 
pasaytirishga imkon beruvchi ayrim logistik vazifalar qo‘llanilgan.
Bu jihatdan AQSH iqtisodiyotining rivojlanish bosqichi namunalidir. Ko‘rib 
chiqilayotgan davrda AQSH yangi ishlab chiqarish texnologiyalarining tatbiq 
etilishi (masalan, avtomobilsozlikda), ixtisoslashishning yuqori darajasi, tabiiy 
resurslarning boyligi, iqtisodiyotning davlat tomonidan kamroq tartibga solinishi 
bilan ta’riflanuvchi tez o‘suvchi bozorga ega bo‘lgan, ya’ni sotuvchilar 
bozorining tipik vaziyati mavjud bo‘lgan. Bu sharoitlarda menejmentning asosiy 
e’tibori bozorni to‘ldirishga, ya’ni mahsulotlar ishlab chiqarishga rezervlarni 
qidirishga yo‘naltirilgan edi.
Ushbu davrda logistik konsepsiyaning tatbiq etilishiga shart-sharoitlar 
shakllangan. 
Ularga 
quyidagi 
omillarni 
kiritish 
mumkin: 
tovarlarni 
distribyutsiyalash tizimlarida zahiralar va transport harajatlarining o‘sishi; 
transport tariflarining o‘sishi; marketing konsepsiyasi paydo bo‘lishi va tez 
tarqalishi; harbiy logistika nazariyasi va amaliyotining rivojlanishi. 
Bu davr davomida marketing bo‘yicha bir qator asarlar nashr qilingan, 
ularda jismoniy taqsimlashning marketingning tarkibiy qismi sifatidagi tabiati 
ochib berilgan, uning tovarlar sotishni tashkil qilish va samaradorligini 
oshirishdagi 
alohida 
roli 
ko‘rsatilgan. 
Marketing 
konsepsiyasi 
jahon 
iqtisodiyotining sotuvchi bozoridan xaridor bozoriga asta-sekin o‘tishining 
natijasi sifatida vujudga kelishi biznesda logistikaning paydo bo‘lishini izohlovchi 
asosiy omil bo‘ladi.
Ushbu davr harbiy logistikaning avvalo AQSHda faol rivojlanishi bilan 
ta’riflanadi. 50-yillarning boshiga kelib, harbiy logistikaning nazariyasi asosan 
shakllanib bo‘lgan. Ishlab chiqilgan logistik yondashishlarning amaliy ahamiyati 
Ikkinchi Jahon urushi yillarida Amerika armiyasi tomonidan isbotlangan, u vaqtda 
ta’minlash, omborlarga joylashtirish va tashishni yagona boshqarish va 


18 
muvofiqlashtirish tamoyillari muvaffaqiyatli qo‘llanilgan edi. AQSH va jahondagi 
eng eski tashkilot 1915 yilda tashkil qilingan xaridlarni boshqarish muammolari 
milliy assotsiatsiyasi bo‘lib, u 1967 yilda ta’minot vakillarining milliy 
assotsiatsiyasiga qayta tashkil qilingan.
2. 
Marketingning 
tarkibiy 
qismi 
sifatida 
jismoniy 
taqsimlash 
konsepsiyasining vujudga kelish davri (1950-1970) logistikaning nazariyasi va 
amaliyoti shakllanishi, ishlab chiqarish va taqsimlashda harajatlarni pasaytirishning 
yangi yo‘llarini qidirish, axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan ta’riflanadi.
Marketing falsafasi xorijda keng tarqalgan. Shu bilan bir vaqtda, avvallo 
harajatlarni pasaytirish nuqtai nazaridan distribyutsiyalash (jismoniy taqsimlash)ni 
yaxshilash imkoniyatlarini endi nazarga ilmaslik mumkin emasligi tushunila 
boshladi.
Jismoniy taqsimlashda umumiy harajatlar konsepsiyasining vujudga kelishi 
logistik rivojlanishning asosiy omillaridan biri bo‘lgan. Bu konsepsiyaning 
ma’nosi distribyutsiyada harajatlarni shunday qayta guruhlash mumkinki, 
tovarlarni ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga harakatlantirishda ularning umumiy 
darajasi pasayishidan iboratdir.
Masalan, tovarlar tashishni avtomobildan havo transportiga o‘tkaza turib, 
oraliq omborlarini tashkil qilish zaruratidan qochish, ya’ni zahiralarni omborlarga 
joylashtirish, saqlash va boshqarishga harajatlarni bartaraf qilish mumkin va 
shaxsan tashishga harajatlar oshsa ham, taqsimlash tarmog‘idagi harajatlarning 
umumiy darajasi kamayadi. Boshqa misol ikkita muhim logistik masalalar 
zahiralarni boshqarish va tashish o‘rtasidagi ichki o‘zaro munosabatlarni 
tasdiqlaydi.
Umumiy 
harajatlar 
konsepsiyasi 
logistik 
qarorlar 
tushunchasi 
metodologiyasini rivojlantirish uchun bazis bo‘ladi. Shuning bilan birga ushbu 
davrda logistikaning jadal rivojlanishini izohlovchi yana bir qator obyektiv 
iqtisodiy va texnologik omillar mavjud bo‘lgan. Ulardan asosiylariga quyidagilarni 
kiritish mumkin: iste’mol talabining modellari va munosabatlaridagi o‘zgarishlar 
(oligopolistik bozorlarning rivojlanishi); ishlab chiqarishga harajatlar omilining 
bosimi, kompyuter texnologiyalaridagi taraqqiyot; zahiralarni shakllantirish 
strategiyalaridagi o‘zgarishlar; harbiy tajribaning ta’siri.
Bu omillar 1960 yilda AQSHda eng yaqqol namoyon bo‘lgan. Bozorda 
xaridorlarga e’tiborning kuchayishi (xususan, servis xizmatlari ulushining 
ko‘payishi) va bir xildagi ehtiyojlarni qanoatlantiruvchi turli-tuman tovarlarning 
katta miqdori paydo bo‘lishi (raqobatli tovarlar) asosiy tendensiyalar bo‘lib 
qoldilar, bu talab va taklifni muvofiqlashtirish yo‘llarini hamda iste’molchilarga 
yaxshiroq xizmat ko‘rsatish usullarini qidirishga majbur qilgan. Mahsulotga 
buyurtma berish va ishlab chiqarish davrini qisqartirishga yangi logistik 
yondoshishlar vujudga kelgan. Tovarlar turli tumanligining oshishi deyarli 
avtomatik ravishda distribyutsiya tizimlarida zahiralarni tashkil qilish va saqlab 
turishga harajatlarni ancha o‘sishiga olib kelgan, bu tovar o‘tkazuvchi tuzilmalarda 


19 
takomillashtirish va jimsoniy taqsimlash jarayonlarida harajatlarni qisqartirishning 
yangi yo‘llarini topishni talab qilgan.
Logistika yo‘nalishi rivojlanishiga yordam beruvchi eng muhim omillardan 
biri biznesda hisoblash texnikasi va axborot texnologiyalarini qo‘llash bo‘lgan. 
Sanoati rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotidagi ilmiy-texnika taraqqiyoti ko‘p 
muqobilli va muqobillashtirilgan masalalar, chunonchi transport turini tanlash, 
ishlab chiqarish va omborlarni joylashtirishni muvofiqlashtirish, muvofiq 
yo‘nalishlarni tanlash, mahsulotlarning ko‘p navli zahiralarini boshqarish
resurslarga talab va ehtiyojlarni bashoratlash kabilarni hal qilish zarurligiga olib 
kelgan. Bu vazifalar rivojlanayotgan kompyuter texnologiyalarining e’tiborisiz 
qolmagan, keyingilar 50-yillarning o‘rtalaridan boshlab biznesga faol tatbiq etila 
boshlagan.
1960 yillarning oxirida G‘arbda menejmentning integral quroli sifatida 
biznes-logistika konsepsiyasi shakllangan. Konsepsiyaning asosiy mazmuni 
quyidagidan iboratdir: «Logistika faoliyat barcha turlarining menejmenti, ular 
tovarga taklifni talabga belgilangan joyda va belgilangan vaqtda harakatlanishi va 
muvofiqlashishiga yordam beradilar». Shu bilan birga ko‘rib chiqilayotgan davr 
logistikaning umumlashtirilgan ta’rifini berishga harakat qilishni to‘xtatmagan.
Jahondagi eng obro‘li logistika tashkilotlaridan biri - keyinchalik logistika 
menejmenti kengashiga qayta tashkil qilingan jismoniy taqsimlash menejmenti 
bo‘yicha milliy kengash, shu vaqtda logistikani quyidagicha ta’riflagan: «Logistika 
- bu yakuniy mahsulotlarni ishlab chiqarishning oxiridan xaridorga, ba’zi bir 
hollarda xomashyoni ta’minot manbaidan ishlab chiqarish tomon harakatlanishini 
o‘z ichiga oluvchi samarali harakatlanish bilan bog‘liq faoliyatning keng 
assortimentidir. Bu faoliyat o‘z ichiga materiallarni tashish, omborga joylashtirish, 
ishlab chiqish, himoyaviy o‘ralish, zahiralarning nazorati, ishlab chiqarish va 
omborlar joylashgan yerni tanlash, talabni bashoratlash, marketing va 
iste’molchilarga xizmat ko‘rsatishni oladi». Yana bir mashhur logistik tashkilot - 
Amerika muhandis - logistlar tashkiloti quyidagi ta’rifni taklif qilgan: «Logistik 
boshqaruv san’ati va fani, qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun rejalashtirilgan 
operatsiyalarni amalga oshirish uchun ko‘chirish vositalarini rejalashtirish, 
ta’minlash va qo‘llashni ko‘zda tutuvchi texnika va texnik usullardir». 
3. Rivojlanish davri (1970-1980) biznes-logistika konsepsiyasi asosida 
ishlab chiqarish va distribyutsiyalash (taqsimlash)da harajatlarni kamaytirishning 
yangi yo‘llarini qidirish hamda logistik tizimlarni keng yoyish va sanoat logistikasi 
tamoyillari va sifatni umumiy boshqarishning falsafasini qo‘llash bilan ta’riflanadi.
Ammo foydani oshirishdan manfaatdor firmalarning ko‘pchiligi uchun 
harajatlarni nazorat qilish va kamaytirishga logistik yondashish hali aniq 
bo‘lmagan. Logistik muvofiqlashtirishni tatbiq qilishga harakatlarni ko‘pgina yirik 
firmalarda menejmentning o‘rtacha yuqori bo‘g‘inining qarshiligiga duch kelgan. 
Uzoq vaqt davomida an’anaviy vazifalarni (masalan, xarid qilish, tashish, yuklarni 
qayta ishlash) bajarishga odatlangan menejerlar ko‘pincha umumiy harajatlarni 


20 
pasaytirish konsepsiyasi asosida moddiy oqimlarni to‘g‘ri boshqarishni amalga 
oshirish uchun zarur tashkiliy o‘zgarishlarni tatbiq etishga to‘sqinlik qilganlar. 
O‘sha vaqtda mavjud bo‘lgan logistik harajatlarni tashkil qiluvchilarni ajratish va 
nazorat qilish va firmalar logistik operatsiyalarining moliyaviy natijalarini baholash 
uchun moslashmagan buxgalteriya hisobi tizimi qo‘shimcha qiyinchiliklarni 
yaratgan.
Yuqori sifatli xomashyo resurslarining yetishmasligi muhitida raqobat 
kuchayishi 1970 yillarning ajralib turuvchi alomati bo‘lgan. Ko‘pchilik 
mamlakatlarda ishlab chiqarish vositalariga investitsiyalarning avvalgi o‘sishi 
nisbatan barqarorlashish bilan almashtirilgan. Shuning bilan bir vaqtda umumiy 
logistik harajatlar o‘sgan. Ko‘pgina firmalarning asosiy vazifasi mahsulot 
tannarxini pasaytirish, xomashyo, materiallar, yarim fabrikatlar va butlovchi 
qismlardan ratsional foydalanishdan iboratdir. Bu davrda firmalarning rahbarlari 
biznes-logistika konsepsiyasi asosida ishlab chiqarish va distribyutsiyalashda 
harajatlarni pasaytirish yo‘llarini qidirish bilan jiddiy shug‘ullanganlar. Resurs 
omili (mahsulotga energiya sarflanishi va material sarflanishini kamaytirish) 
raqobat kurashida asosiylardan biri bo‘lgan. Logistikada e’tibor bir oz ishlab 
chiqarishga ko‘chirilgan, bunga ko‘proq darajada ishlab chiqarishni nazorat qilish 
va boshqarishning kompyuter tizimlari paydo bo‘lishi, texnologik jarayonlar va 
ishlab chiqarish bo‘linmalarining BATini tadqiq etilishi va rivojlanishi yordam 
bergan.
1970 yillarning oxirida G‘arbda amalda «idish-o‘rash» inqilobi tugallangan, 
u omborxona jarayoni, uning operatsion tarkibi, tashkil qilinishi, texnik va 
texnologik ta’minlanishini tubdan o‘zgartirgan. Transport - omborxona 
uskunalarini, idishlar va o‘rovchi materiallarning yangi turlarini ishlab chiqarish 
keng rivojlangan, zamonaviy avtomatlashtirilgan omborxona majmualari shakllana 
boshlagan, yuklarni konteynerli tashish faol tatbiq etila boshlangan. Taqsimlovchi 
logistik tizimlarda idishlar va o‘rovchilarni standartlashtirish katta iqtisodiy samara 
bergan.
4. Integratsiyalash davri (1980-1990) firmaning logistik xizmatlari va uning 
logistik sheriklarini to‘liq logistik tarmoqqa (xarid qilish - ishlab chiqarish - 
distribyutsiyalash va sotishga) birlashishi hamda moddiy birga bo‘luvchi 
oqimlarni boshqarish, xalqaro logistik tizimlarning tashkil qilinishi bilan 
ta’riflanadi. 
Ko‘rib chiqilayotgan davrda jahon iqtisodiyotida muhim o‘zgarishlar sodir 
bo‘lgan, ular logistik «parvoz»ning fenomenini izohlaydi. Ularning asosiylari 
quyidagilar: axborot texnologiyalarida inqilob va shaxsiy kompyuterlarni tatbiq 
etilishi; iqtisodiyot infratuzilmasini davlat tomonidan tartibga solinishidagi 
o‘zgarishlar, sifatni umumiy boshqarish falsafasini hamma joyda tarqatish; 
sheriklik va strategik ittifoqlarning o‘sishi; biznesni tashkil qilishdagi tarkibiy 
o‘zgarishlar. 


21 
Bu davrni shaxsiy kompyuterlar davri deb atash mumkin: ulardan 
foydalanish, SHK bazasida mahalliy hisoblash va telekommunikatsiya 
tarmoqlarini, avtomatlashtirilgan ishchi joylarning tashkil qilinishi logistika uchun 
yangi gorizontlarni ochganlar. Zamonaviy dasturiy ta’minlash SHKdan 
materiallarni xarid qilishdan to tayyor mahsulotlarni taqsimlash va sotishgacha 
integratsiyalangan logistik menejmentning interaktiv tadbirlarida foydalanishga 
imkon bergan.
Logistika integral konsepsiyasining vujudga kelishi va tasdiqlanishida 
vaqtning haqiqiy ko‘lamlari va kirishning uzoqlashtirilgan rejimlarida aloqaning 
axborot tizimlari orqali (masalan, sputnikli telekommunikatsiya tizimlari orqali) 
moddiy oqimlar orqasidan nazorat qilish imkoniyati belgilangan rol o‘ynagan. 
SHunday qilib, axborot texnologiyalaridagi moddiy inqilob bilan bir qatorda 
axborot va moliyaviy oqimlarni boshqarish zarurligini tushunishni kuchaytirgan. 
1985 yilda logistik menejment kengashi logistikaning ta’rifini quyidagicha 
aniqlagan: «Logistika xomashyo, materiallar, zahiralar tugallanmagan ishlab 
chiqarish, tayyor mahsulotlar, xizmatlar va birga bo‘luvchi axborotlar oqimini 
iste’molchilar talablarini to‘liqroq qaroatlantirish maqsadlari uchun ushbu 
oqimlarni vujudga kelgan joydan uni iste’mol qilish joyigacha (shu jumladan 
import, ekmport, ichki va tashqi harakatlanish)ni rejalashtirish, boshqarish va 
nazorat qilish jarayonidir». 
Bu ta’rifda uch jihat muhimdir. Birinchidan, logistik faoliyat 
integratsiyalangan xarakterga ega bo‘lib, moddiy resurs va tayyor mahsulotlar 
oqimini vujudga kelgan joyidan iste’mol joyigacha cho‘zilib yotadi. Ikkinchidan, 
birga bo‘luvchi axborotlarni boshqarishning muhimligi ta’kidlangan. Uchinchidan, 
servisli (nomoddiy) oqimlar logistik manfaatlar sohasida birinchi marta tushib 
qolganlar. Bu servisli xizmatlar sanoatida logistik yondashishlarni rivojlantirish 
asosiy ahamiyatga ega, chunki o‘tgan o‘n yilliklarda faqat moddiy oqimlargina 
logistikada o‘rganish va muvofiqlashtirishning obyekti bo‘lganlar. Xorijda keng 
tarqalayotgan sifatli umumiy boshqarish konsepsiyasi (total quality management, 
TQM) logistik o‘zgarishlarning eng muhim harakatlanuvchi kuchlaridan biri bo‘lib 
qolgan. Jahonning juda ko‘p ilg‘or kompaniyalari tomonidan qurol qilib olingan. 
Ushbu konsepsiya menejmentning nazariyasi va amaliyotida to‘ntarish yasadi.
Ta’riflarning biriga ko‘ra, sifatli umumiy boshqarish konsepsiyasi - sifatni 
oshirish masalasini e’tibor markaziga qo‘yuvchi va bu masalani yechishda ishlab 
chiqarish (xizmatlar) harakatlanishining barcha bosqichlarida firma (tashkilot)ning 
barcha a’zolari ishtirokiga asoslangan, iste’molchilarning zaruratlarini 
qanoatlantirish hisobiga ham firmaning har bir a’zosi va umuman jamiyatning 
o‘zaro foydasi tufayli uzoq muddatli muvaffaqiyatga erishishga imkon beruvchi 
boshqaruv yondashuvidir.
Sifatni umumiy boshqarish konsepsiyasi boshqaruvning o‘ziga xos 
falsafasi bo‘ladi, u iste’molchining zaruratlari va biznesning maqsadlari ajralmas 
ekanligini tan oladi. Bunday yondashish logistik tizimlarning barcha elementlariga 


22 
nisbatan qo‘llanishi mumkin. Ko‘p sonli tadqiqotlarning ma’lumotlariga ko‘ra 
sifatni umumiy boshqarish konsepsiyasini qo‘llayotgan kompaniyalar biznesda 
eng yaxshi natijalarga erishadilar. Logistika uchun uning muhimligi shuning bilan 
belgilaniladiki, g‘arbiy mamlakatlarning raqobatli bozorlaridagi strategik 
rejalashtirish nuqtai nazaridan firmaning integratsiyalangan logistikasi vazifalari 
sifatni umumiy boshqarishning mafkurasi bilan mos keladi.
1980 yillar biznesda ittifoqlar va alyanslarning jo‘shqin o‘sishi bilan qayd 
qilinganlar, keyingilar ishonchsizlik, shubhalilik va keskinlik. Raqobatning avvalgi 
amaliyoti o‘rnini almashtirganlar. Integratsiyalangan logistika konsepsiyasi tufayli 
biznes bo‘yicha sheriklar tayyor mahsulotlar zahiralarini rejalashtirish va 
boshqarish, tashish, yuklarni qayta ishlash, sotishlarni tashkil qilishda unumli 
muvofiqlashtirishning yo‘llarini izlay boshlaganlar. Kooperatsiyalashning asosiy 
shakllaridan 
ko‘pchiligi 
logistik 
harajatlarni 
ko‘proq 
qisqartirish 
va 
iste’molchilarga xizmat ko‘rsatishning sifatini yaxshilash maqsadida har xil 
logistik vazifalarning tutashgan joyida tashkiliy va ko‘p vazifali rejalashtirish, 
boshqarishni takomillashtirish yo‘nalishida rivojlanganlar. Ko‘pgina logistik 
ittifoqlar transportda ixtisoslashtirilgan xizmatlarni ko‘rsatish sohasi, ulgurji savdo 
va distribyutsiyalash tizimidagi an’anaviy raqiblar tomonidan tashkil qilingan.
Xorijdagi logistikaning evolyutsiyasi shuni ko‘rsatadiki, u ko‘pchilik 
tashkilotlar va firmalar uchun raqobat kurashidagi eng muhim qurol bo‘lib 
qolmoqda va integratsiyalangan logistika konsepsiyasidan foydalanganlar, 
qoidaga ko‘ra, bozordagi o‘z mavqelarini aniqlab olganlar.
Logistika rivojlanishining tarixiy bosqichlarini ko‘rib chiqishga ikkinchi 
yondashuv.
Ko‘pgina xorijiy va mamlakatimiz olimlari logistikaning rivojlanishi 
bosqichlarini ko‘rib chiqishga boshqacha yondashuvga amal qiladilar, moddiy 
mahsulotlar tovar harakatlari tizimlari rivojlanishining uch bosqichga ajratadilar: 
1) logistikagacha davr (50 yillargacha), bunda moddiy taqsimlanishni 
boshqarish fragmentli xarakterga ega bo‘lgan, firmalarning har xil bo‘linmalari 
harakatlarini muvofiqlashtirish esa yetarlicha bo‘lmagan;
2) klassik logistika davri (60-yillarning boshi - 70-yillarning oxiri) yirmalarda 
tashishlarning muvofiqroq shakllarini tashkil qilish o‘rniga logistik tizimlarning 
yaratilishi; firmalar tomonidan tovar harakatlanishi jarayonini majmuaviy 
yondashish, tovar harakatlanishi vazifalarini bitimga kelishlar bilan integratsiyalash 
asosida boshqarilishi bilan ta’riflanadi;
3) eng yangi logistika yoki ikkinchi avlod logistikasi davri (80-yillarning 
boshi), uning uchun logistika konsepsiyasida bitimga kelishlarni ta’sir qilish 
sohalarining kengayishi, butun korxona asosidagi logistika tizimlarining 
rivojlanishiga umumiy maqsad butun firma ishining ko‘proq samaradorligiga 
erishishdan kelib chiqqan holda majmuaviy yondashishning ustuvorligi xosdir. 80-
yillarning o‘rtalarida majmuaviy yondashish «umumiy javobgarlik» konsepsiyasi 
ko‘rinishida yangi rivojlanish olgan; bu yondashishning o‘ziga xosligi logistik 


23 
tizimni iqtisodiy soha va ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy jihatlarning hisobida 
tashqariga chiqishidan iborat bo‘lgan, foydalar va harajatlarning ko‘proq nisbati 
esa muvofiqlik mezoni bo‘lgan.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin