Ergasheva aziza farmonovna “turizm biznesida samaradorlikni oshirish yo`llari



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/32
tarix18.06.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#61745
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Ergasheva aziza farmonovna “turizm biznesida samaradorlikni oshi

Xulosa va takliflar 
So'nggi yillarda hunarmandchilikning ahamiyati ularning madaniy va 
moliyaviy qadriyatlari bilan bog'liq. Kichik ishlab chiqarish sanoati, jumladan, 
hunarmandchilik rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotining teng 
rivojlanishida muhim rol o'ynashi mumkin. Dunyodagi sanoat mahsulotlarining 
90-95 foizi 100 kishidan kam bo'lmagan kichik ustaxonalarda ishlab chiqariladi. 
Misol uchun, iqtisodiy taraqqiyotning eng yuqori cho'qqisida joylashgan Yaponiya, 
sanoatning 84% ni kichik va o'rta sanoat sifatida ko'rib chiqdi. Hindiston va Xitoy 
singari mamlakatlarda milliy hunarmandchilik sifati va miqdori bo'yicha 
mexanizatsiyalashgan mahsulotlarga ega bo'lib, xorijiy daromadlarining asosiy 
manbai hisoblanadi. Ushbu mamlakatlar iqtisodiyotni mustahkamlash uchun milliy 
hunarmandchilik rivojlantirishga e'tibor qaratmoqdalar. 
Turizm 
biznesida 
samaradorligini 
oshirishda 
milliy 
hunarmandchiligimizning o`rni beqiyosdir.


80 
Turistik biznesning samaradorligi turistik mahsulotni ishlab chiqaruvchi va 
rivojlantiradigan tijorat tuzilmalarining firma-mijozlar soni bo'yicha yoki miqdori 
bo'yicha aniqlanadi.
O`zbekistonimizning 
turizmda 
tutgan 
o`rnini 
oshirish 
uchun 
hunarmandchiligimizni asrab avaylashimiz va undan unumli foydalanishimiz 
zarur. Chunki, ular bizning o`zligimizni ko`rsatib turadi. Hunarmandchiligimizni 
rivojlantirish va shu bilan birga chet ellik sayyohlarni o`zimizga jalb qilish bizning 
ustuvor maqsadimiz bo`lmog`i zarur. Prezidentimiz tashabbusi bilan tarixiy 
qadamjolarning 
qayta 
rekanstruksiya 
qilinishi, 
hunarmandchiligimizning 
rivojlanishida, hunarmandlarni qo`llab quvvatlash maqsadida 2017-2020 yillarda 
Buxoroda sayyohlikni rivojlantirishga qaratilgan yirik loyihalar amalga oshirishi, 
“Shahriston” deb nomlangan hunarmandlar shaharchasini barpo etish kabi katta 
loyihalar o`zligimizni saqlab qolish, ming yillardan buyon saqlanib kelayotgan 
hunarmandchiligimizni yuksaltirishga qaratilgan g`amxo`rlik deyish mumkin. 
Ushbu disertatsiya ishi yakuniy xulosalari bo`yicha quyidagi takliflar beriladi: 
- Yangidan- yangi mahsulotlar yaratilish; 
- Ayniqsa qadimiy uslublarini yo`qotmagan holda, zamonaviy va qadimiy 
uslublarni uyg`unlashtirib yangi dizayndagi hunarmandchilik mahsulotlari ishlab 
chiqarish; 
- Hozirgi zamon talabiga to`la mos keladigan hunarmandchilik turlarini 
Buxoro hududi miqyosida tadbiq etish; 
- Turizm biznesida samaradorlikni oshiradi. 
O`ylaymanki yuqoridagi takliflarim Buxorodaning iqtisodiy ko`rsatkichlarida 
xizmatlar sohasining, jumladan turizm yo`nalishning hissasini oshishiga turtki 
bo`ladi. 
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, Buxoroning turizmdagi potensiali juda katta 
hudud hisoblanadi. Ammo shunday bo‘lsada mintaqa turizmining bir qator zaif
tomonlari tufayli Buxoroda turizm hali o‘zining yuqori cho‘qqisiga yetgani yo‘q. 
Sohaning oqsashiga sabab bo‘layotgan muammolar o‘z yechimini topmagan. 


81 
Mening fikrimcha, Buxoro viloyatida hunarmandchilikning samaradorligini 
oshirishda avvalambor ushbu sohadagi qator muammolarni hal etish darkor. 
Buxoro shahri hududida Hunarmandlar savdo majmuasining qurilishi, shofirkon
g`ijduvon, hamda Buxoro tumanlarida Craft village tourism (craft tourism) kabi 
turizm turlari amalga oshirilsa samaradorlik shunga yarasha o`sar edi
takomillashtirish mumkin bo‘lgan jihatlarni bartaraf etgan holda, kelajakda 
Buxoroni turizm markazlaridan biriga aylantirish mumkin. 


82 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin