_____ ________________________________
Imzo Familiyasi ismi sharifi
3
Buxoro davlat universiteti “Turizm” fakulteti
5А 610301 - Turizm (faoliyat turlari bo`yicha) yo’nalishi
2-bosqich magistranti Ergasheva Azizaning “Turizm biznesida
samaradorlikni oshirish yo`llari (milliy hunarmandchilik misolida)”
mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga
ANNOTATSIYA
Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2017 yil 22 dekabr kuni
Toshkent shahridagi Simpoziumlar saroyida videoselektor yig‘ilishida bir yillik
faoliyati bo‘yicha 2017 yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakuni va
O‘zbekiston Respublikasini 2018 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng
ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan murojaatnomasida “Hozirgi kunda milliy
iqtisodiyotga yuqori daromad keltiradigan istiqbolli tarmoqlardan biri – bu
turizmdir. O‘zbekiston turizm sohasida ulkan salohiyatga ega bo‘lgan davlat
hisoblanadi. Yurtimizda 7 ming 300 dan ortiq madaniy meros obyektlari mavjud
va ularning aksariyati YuNESKO ro‘yxatiga kiritilgan.
Shu bilan birga, mamlakatimizning betakror tabiati, go‘zal dam olish
zonalari imkoniyatlaridan foydalanib, yangi turistik yo‘nalishlar ochish mumkin.
Bu sohaga jahon brendlarini faol jalb etgan holda, biz ziyorat turizmi, ekologik,
ma’rifiy, etnografik, gastronomik turizm va bu sohaning boshqa tarmoqlarini
rivojlantirishga alohida e’tibor qaratishimiz zarur. Bu borada davlat-xususiy
sheriklik munosabatlarini qo‘llash sohani taraqqiy ettirishda keng imkoniyatlar
ochishini hisobga olishimiz lozim” deb ta`kidlab o`tdi.
Turizm — iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biri bo`lib, mavjud
imkoniyatlardan
samarali
foydalangan
holda,
ushbu
tarmoqni
yanada
takomillashtirish zarur, buni davrning o'zi taqozo etmoqda. O'zbekiston ham
sayohat, ham ziyorat uchun qulay mamlakat. Chunki ona zaminimizda butun
dunyoga ma`lum va mashhur bo'lgan ajdodlarimiz mangu qo'nim topgan. Ular
qoldirgan boy ma`naviy-madaniy merosga xalqaro maydonda qiziqish juda katta.
4
2017 yilning 9 oyi yakuniga ko'ra, qariyb 1 million 800 ming sayyoh
yurtimizga kelganligi qayd etildi. Bu 2016 yilning mos davriga nisbatan 17 %
ko'pdir. Mamlakatimizda sayyohlik xizmatlari eksporti ham 17 % ko'payib, 1
milliard 86 million dollarni tashkil qilgan. Yil oxiriga qadar mamlakatimizga
tashrif buyuruvchi sayyohlar soni 2,5 milliondan oshishi kutilmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016 yil 2 dekabrdagi «O'zbekiston
Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta`minlash chora-tadbirlari
to'g'risida»gi farmoni turizm tarmog'ini jadal rivojlantirishni ta`minlash, turizmga
iqtisodiyotning strategik sektori maqomini berish, mintaqalarda turizm
salohiyatidan samarali foydalanishda muhim omil bo'lmoqda.
2012 yilning birinchi yarim yilligida O'zbekistonda turizmdan tushgan
daromad YaIMga nisbatan 1,5%dan oshmadi, vaholanki boshqa mamlakatlarda
ushbu ko'rsatkich YaIMning 10 dan 45 foizgachasini tashkil etadi. Ayni chog'da
turistlar oqimining asosiy qismi mamlakatimizning bosh turistik markazlari —
Samarqand,
Buxoro
va
Xiva
shaharlariga
to'g'ri
kelmoqda.
Ammo,
mamlakatimizning bir qator istiqbolli mintaqalari infratuzilmasini tizimli
rivojlantirishga yetarlicha e'tibor qaratilmagan.
Buxoroning turistik imkoniyatlarini keng terg‘ib qilish, xalqimizning boy
madaniy-ma'rifiy
merosi,
urf-odatlari
va
an'analari,
milliy
hunarmandchiligi, tasviriy va amaliy rivojlantirish maqsadida viloyatda keng
ko`lamli ishlar amalga oshirilmoqda, ammo turizm biznesida samaradorlikning
ko`rsatkichlari hali qoniqarli darajada emas.
Ushbu dissertatsiya ishida turizm biznesida samaradorlikni milliy
hunarmandchilik orqali ko`tara olish bo`yicha takliflar berilgan. Turizm sohasida,
umuman boshqa sohalarda ham soha rivojlanishi yoki inqirozini ko`rsatuvchi
asosiy ko`rsatkichlardan biri samaradorlik ko`rsatkichlari hisoblanadi. Shu
ko`rsatkichlar orqali sohaning, iqtisodiyotning mavqei haqida biror –bir to`xtamga
kelish osonroq bo`ladi.
5
Turizm biznesida samaradorlikning tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy, texnologik,
psixologik, huquqiy, ekologik, axloqiy va siyosiy kabi turlari mavjuddir.
Turistik biznesida turizm samaradorligini oshirishning asosiy yo'nalishlari
quyidagilardir:
- turizm jarayonida ilmiy va texnik yutuqlardan foydalanish;
- turistik korxonalarda operatsion xarajatlarni kamaytirish;
- turistik mahsulot sifatini yaxshilash;
- moddiy-texnika bazasini rekonstruktsiya qilish va modernizatsiya qilish;
- turistik hududlarda asosiy va qo'shimcha xizmat turlarini ko'paytirish;
- turistik kompaniyaning reklama faoliyati samaradorligini oshirish;
- turizmning umumiy rentabelligini va mehnat unumdorligini oshirish.
- shuningdek, turistik korxonada investitsiya jarayonlarini boshqarish
kabilar.
Ushbu
dissertatsiya
ishida
Hindiston
va
Iordaniyada
milliy
hunarmandchilikning ahamiyati, ularning o`ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan.
Buxoro hududida va respublika miqyosida milliy hunarmandchiligimizning holati
statistik ko`rsatkichlar yordamida yoritib berilgan. Amalga oshirilgan tahlillar
natijasida nazariy va amaliy takliflar berilgan. Milliy hunarmandchiligimizning
rivojlanishida “Ipak va ziravorlar festivali”ning o`rni alohida ta`kidlab o`tilgan.
Milliy hunarmandchilik samaradorligini oshirishda dissertatsiya ishida
ishlab chiqilgan milliy hunarmandchilikni rivojlantirish strategiyasidan kelajakda
foydalanilsa samaradorlik ko`rsatkichlari ancha yuqori bo`lishi mumkin.
Ushbu
dissertatsiya
ishida
milliy
hunarmandchilik
mahsulotlari
realizasiyasini qo`llab-quvvatlash, hunarmandlar ishlab chiqargan mahsulotlarini
xalqaro talablarga (sifat, tendentsiyalar, dizaynlar) moslashtirish bo'yicha
hunarmandlar salohiyatini oshirish va mahsulotlarini turistik bozorlarga bog'lash,
hunarmandlar daromadlarini oshirish, hunarmandlar va turizm bozorlari o'rtasida
barqaror biznes aloqalarini rivojlantirish uchun nou-xau bilan trenerlarga yordam
berish, milliy ko'rgazmalar tashkil etish orqali mahsulotlarni sotishga
6
ko'maklashish, iste'molchiga asl mahsulotni sotib olish uchun imkoniyatlarni
taqdim etish, hududningning turli qismlarini bir soyabon ostida birlashtirish,
marketing infratuzilmasini yaratishga ko'maklashish, brendning rivojlanishini
rag'batlantirish, texnologik rivojlanish va hunarmandlar o'rtasida taraqqiyotning
xabardorligini oshirish, ishlab chiqarish sohasining sifati va samaradorligini
oshirish maqsadida Buxoro shahri hududida “Hunarmandlar” savdo majmuasini
tashkil etish loyihasi ishlab chiqilgan.
“Hunarmandlar” savdo majmuasiga quyidagi vazifalari yuklatilgan:
ko'rgazmalar, tadbirlarni tashkil etish, hunarmandchilik mahsulotlari savdosini
amalga oshirish, muzey tashkil etgan holda, qadimiy hunarmandchilik
yodgorliklarini namoyish etish, choyxonalarda, favvora atrofida turistlarning
hordiq chiqarishini tashkil etish va turistlarda hudud haqida yaxshi ta`asurotlar
qoldirish.
Shofirkin, G`ijduvon va Buxoro tumanlarida craft turizmning yaratilishi ham
kelajakda hududda samaradorlikni ko`tarishda turtki bo`lsa ajabmas.
Ushbu
dissertatsiya
ishining
asosiy
maqsadi
viloyatda
milliy
hunarmandchilikni yanada rivojlantirish, o‘zbek hunarmandlarining xorijiy
mamlakatlar orasidagi nufuzini oshirish, hunarmandlar orasida o‘zaro hamkorlikni
yaxshilash, hunarmandlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar va yaratilgan
asarlarning sotilishiga ko‘maklashish orqali turizmda samaradorlikni oshirishdan
iborat.
Dostları ilə paylaş: |