Ilmiy ishning amaliy ahamiyati.
Dissertatsiya ishida yoritilgan barcha uslubiy va amaliy tavsiyalar turizm
sohasida hunarmandchilik va hunarmandchilik mahsulotlarining o’ziga xos
xususiyatlarini ochib berish orqali turizm samaradorligini oshirish yo’nalishlarini
aniqlash uchun xizmat qilishi mumkin.
Shuningdek, Buxoroning turistik destinatsiyaga aylanishida undagi mavjud
barcha imkoniyatlardan to’laqonli foydalanib, noodatiy innovatsion loyihalarni
taklif etish orqali turistik tashriflarning yillik oqimini ta’minlash imkoniyatiga ega
bo’linadi.
Dissertatsiya ishi bo`yicha chop etilgan ilmiy ishlar: Ilmiy tadqiqot natijasi
bo`yicha 4 ta ilmiy maqolalar, shu jumladan, 2 ta xorijiy ilmiy-amaliy anjuman
to`plamida, 1 ta respublika ilmiy-amaliy anjuman to`plamida va 1 ta Buxoro davlat
universiteti, magistirlarning maqolalar top`lamida chop etilgan.
Dissertatsiya tarkibi. Qo`yilgan maqsad va vazifalardan kelib chiqgan holda
dissertatsiya ishi kirish, uch bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar hamda
ilovalardan tarkib topgan.
Dissertatsiyaning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, uning o`rganilganlik
darajasi, ishning ilmiy tadqiqot ishlari rejalari bilan bog`liqligi, tadqiqot maqsadi,
nazariy, metodologik va uslubiy asoslari, predmeti, obyekti, ilmiy yangiligi,
natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati, joriy qilinishi bo`yicha ma`lumotlar bayon
qilingan.
Dissertatsiyaning“Turizm biznesida samaradorlikning nazariy asoslari” deb
nomlangan birinchi bobida turizm biznesida samaradorlikning iqtisodiy mohiyati,
samaradorlik ko`rsatkichlarining turlari, samaradorlikni ifodalovchi ko`rsatkichlar
16
tizimi, turizm biznesida samaradorlikni oshirish yo`llari kabi masalalar ochib
berilgan.
Dissertatsiyaning “Milliy hunarmandchilikning turizmda tutgan o`rni” deb
nomlangan ikkinchi bobida hunarmandchilikning turizm sanoatida tutgan o`rni,
Hindiston va Iordaniyada milliy hunarmandchilikning o`ziga xos xususiyatlari
haqida to`xtalib o`tilgan.
Dissertatsiyaning “Turizm biznesi tizimida milliy hunarmandchilikning
samaradorligini oshirish yo`nalishlari” deb nomlangan uchinchi bobida Buxoro
viloyatida milliy hunarmandchilikning turizmda tutgan o`rni haqida xususan milliy
hunarmandchilik turlari haqida, milliy hunarmandchilik bilan shug`ullanayotgan
hunarmandlar haqida, milliy hunarmandchilikning samaradorligini oshirish
bo`yicha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar tahlili va shuningdek milliy
hunarmandchilik samaradorligini oshirish yo`llari to`g`risida takliflar berilgan.
Dissertatsiyaning xulosa qismida tadqiqot jarayonida olingan asosiy xulosa va
takliflar berilgan.
Ilovalar qismi jadval, rasm va ilmiy maqolalardan tashkil topgan.
Dissertatsiyaning xulosa qismida tadqiqot jarayonida olingan asosiy xulosa va
takliflar berilgan.
|