Ergasheva aziza farmonovna “turizm biznesida samaradorlikni oshirish yo`llari



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/32
tarix18.06.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#61745
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   32
Ergasheva aziza farmonovna “turizm biznesida samaradorlikni oshi

savdo majmuasi deb nomlansa maqsadga muvofiq bo`lardi degan fikrdaman. 
Ushbu majmuani shahar chetida, taxminan 25 sotix yer maydonida qurish 
mumkin. “Hunarmandlar” savdo majmuasi uch qavatdan iborat bo`lib, unda 
mahalliy hunarmandlar tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar xaridorlarga 
taklif etiladi. Xaridorlar asosan, turistlar hisoblanadi. Majmuaning birinchi va 
ikkinchi qavatida savdo rastalaridan tashkil topgan bo`lib, u yerda 34 xil 
yo`nalishda ishlab chiqariladigan hunarmandchilik mahsulotlari taklif etiladi va 
sotiladi. Uchinchi qavati muzey, Gallereya, hunarmandlar faoliyati haqida axborot 
agentligi butka, yangi turdagi mahsulotlar ko`rgazmasi o`tkaziladigan zal va hordiq 
chiqaradigan milliy choyxonadan iborat. Binoning interyeri hol shaklida bo`lib, 
tepadan turib pastki qavatdagi savdo do`konlaridagi mahsulotlarni ko`ra olish 
mumkin (3.3.1-rasm). 
“Hunarmandlar” 
savdo 
majmuasining 
tashqi 
ko`rinishi 
milliy 
an`analarimizga mos ravishda 8 burchak shaklida bo`ladi (3.3.2- rasm). Kirish 
joyidagi qadimiy naqshlar bilan bezatilgan asosiy darvoza, imorat o`rtasida 
joylashgan gumbaz bizga tariximizni eslatib turadi. 


74 
Savdo majmuasining qulayliklari: 
- barcha turdagi hunarmandchilik mahsulotlarining bitta binoda sotilishi; 
- har qanday ob-havo sharoitida turuistlarning kerakli mahsulotni qidirib 
topishda sharoitning yaratilganligi; 
- turistlar va mahalliy aholining dam olish va xordiq chiqarishi uchun 
uchinchi qavatda muzeyning borligi; 
- hunarmandlarning bir bino ostida birlashishi. 
“Hunarmandlar” savdo majmuani ochishdan maqsad:
- o'z mahsulotlarini xalqaro talablarga (sifat, tendentsiyalar, dizaynlar) moslashtirish 
bo'yicha hunarmandlar salohiyatini oshirish va mahsulotlarini turistik bozorlarga 
bog'lash; 
- hunarmandlar daromadlarini oshirish va hunarmandlar va turizm bozorlari o'rtasida 
barqaror biznes aloqalarini rivojlantirish uchun nou-xau bilan trenerlarga yordam 
berish; 
- milliy ko'rgazmalar tashkil etish orqali mahsulotlarni sotishga ko'maklashish; 
- iste'molchiga asl mahsulotni sotib olish uchun imkoniyatlarni taqdim etish; 
- hududningning turli qismlarini bir soyabon ostida birlashtirish; 
- iste'molchilarning eng so'nggi yangiliklari haqida xabardorlikni oshirish uchun 
oyna sifatida xizmat qilish; 
- tarmoqchilarni qo'llash uchun marketing infratuzilmasini yaratishga ko'maklashish; 
- tovar identifikatsiyasini xabardorligini oshirish va brendning rivojlanishini 
rag'batlantirish; 
- texnologik rivojlanish va hunarmandlar o'rtasida taraqqiyotning xabardorligini 
oshirish; 
- ishlab chiqarish sohasining sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan. 
- marketingni rag'batlantirish tadbirlarni amalga oshirish va sotish uchun keng 
miqyosdagi faoliyatni amalga oshirish.
- Turizm 
biznesida 
samaradorlikni 
milliy 
hunarmandchilik 
mahsulotlari 
realizasiyasini oshirish orqali yuqori cho`qqilarga olib chiqish. 


75 
“Hunarmandlar” savdo majmuaning vazifalari: 
- ko'rgazmalar, tadbirlarni tashkil etish (ko'rgazmalar milliy, hududiy, davlat va 
tuman darajalarida o'tkaziladi); 
- hunarmandchilik mahsulotlari savdosini amalga oshirish; 
- muzey tashkil etgan holda, qadimiy hunarmandchilik narsalarini namoyish etish; 
- choyxonalarda, favvora atrofida turistlarning hordiq chiqarishini tashkil etish. 
- turistlarda hudud haqida yaxshi ta`asurotlar qoldirish. 
Buxoro hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari duch keladigan 
asosiy to'siq turistlarning hunarmadlar haqida juda kam ma'lumotga ega ekanligi. 
Hunarmandlar haqida axborot agentligi butkasining asosiy maqsadi plakatlar, 
broshyuralar, kitoblar, kataloglar, reklama va hunarmandlar faoliyati haqida 
yaratilgan axborot bazalari usullari orqali ularning olib borayotgan faoliyati, ishlab 
chiqarayotgan mahsulotlari haqida to`liq ma`lumot berishdan iborat. Gazeta va 
jurnallarda, turli tillardagi nashrlarda hunarmandlar haqida ma`lumotlar berish va 
shu tarzda hunarmandlar va turistlarni bir-biriga yaqinlashtirish. Elektron reklama 
disklarni, internetni, veb-saytlarni targ'ib qilish orqali amalga oshiriladi. 
Seminar va master-klass faoliyatlari – biror bir hunarmandchilik turi haqida
seminar, treninglar o`tkazilishi mumkin. Bunday treninglar texnologiya, 
dizayndagi eng yangi nou - xauni muhokama qilish va tarqatish maqsadida tashkil 
etiladi. Shuningdek ularni ilg'or texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan 
mahsulotlarini bozorga chiqarish imkonini beradi. 
Mukofotlash marosimi kabi kechalarnig o`tkazilishi (Buxoro hududi
miqyosida) - eng yaxshi deb tan olingan bir qancha naminatsiyalarda munosib ish 
tanlangan usta hunarmandlarga sertifikat, pul mukofoti beriladi. Ushbu faoliyat 
hunarmandlar uyushmasi bilan hamkorlikda amalga oshirilsa maqsadga muvofiq 
bo`lar edi. 
Savdo majmuasi ko'plab mahsulot va xizmatlarni o'z ichiga oladi. Ko'zdan 
kechirish vasvasasi har doim mavjud bo'lib, ko'zdan kechirish odatda kerak 
bo'lmagan narsalarni sotib olishga olib keladi. Xaridorlarni vasvasaga solishga 


76 
mo'ljallangan barcha sotuvlar va maxsus takliflar bilan "yo'q" deb aytish juda qiyin 
bo'ladi. Shu yo`l orqali turistlarni qiziqtirib mahsulotlarni ko`proq miqdorda sotish 
mumkin. 
Hunarmandlar ijodkorlik, innovatsiya, xavf-xatar va imkoniyatlarni aniqlash 
kabi tadbirkorlik xususiyatlariga ega. Turizm sanoati ko'plab hunarmandchilik 
mahsulotlari uchun muhim eksport bozorini ta'minlaydi. Misol uchun, 
mehmonxonalar va restoranlar o'z korxonalarini ta'minlash va jihozlash uchun turli 
hunarmandchilik mahsulotlarini talab qiladi. Turistlar ko'pincha o'zlarini turli 
mahsulotlar sotib olishini kutib turadigan byudjetni uyga esdalik sifatida olishadi. 
Keyinchalik ushbu yodgorliklar sayyohlik marketing vositasi bo'lib xizmat 
qiladigan joy haqida hikoya qilib, sayohat tajribasiga qo'shiladi. 
Hududimizda ishlab chiqarilayotgan har bir mahsulot brendlanib qadoqlansa 
samaradorlik shunga ko`ra ko`tarilishi mumkin. Brendlash va qadoqlash - tovar 
dizaynlari, qadoqlash namunalari, ma'lumot broshyuralari va tabelalar yaratiladi va 
hunarmandchilik mahsulotlari savdoni oshirish uchun taqsimlanadi. Brendlash va 
reklama qilish mahalliy hunarmandlarning haqiqiyligi, tarixi va madaniy 
ahamiyatiga oid muhim ma'lumotlarni taqdim etishda sayyohlarga qiziqishni 
kuchaytirish uchun muhim ahamiyatga ega. 
Master klass va turistlar bilan ishlash bo'yicha treninglar o`tkazish - 
shartnomalar asosida hunarmandlar sayohatchilarni jalb qilish va sotishni tashkil 
qilish bo'yicha ko'ngilochar mashg'ulotlarni o'tkazish uchun ishlab chiqilgan. 
Ushbu marshrutlar sayyohlar uchun xarid qilish tajribasini yaratadi, ularning 
yo'nalishlarini qo'shish uchun ta'lim va mazmunli faoliyatni ta'minlaydi. Master 
klass o`tkazish uchun maxsus zal binoning uchinchi qavatida joylashgan. 
Samaradorlikni oshirish uchun avvalambor hunarmandlarimizda ushbu 
ko`nikmalarni shakllantirish zarur deb o`ylayman: 
- ingliz tilida yoki elektron pochta orqali muloqot qilish va javob berish; 
- bozor haqida xabardorligi va axborotga ega bo`lishlik; 
- tashkiliy va boshqaruv qobiliyatlari; 


77 
- sifatni nazorat qilish; 
- mahsulotni vaqti-vaqti bilan yetkazib berish; 
- xarajatlarni hisoblash va mahsulotni eksport qilish qobiliyati; 
- hunarmandlar o'rtasida savodxonlik;
- bank va moliya sohasidagi bilimlar. 
Buxoro viloyati hududida hunarmandchilikning hamma turlari bir xil 
darajada rivojlanmagan. Ba`zi yo`nalishlarda kamchiliklar ko`zga yaqqol ko`rinib 
turibdi. 
Ushbu 
kamchiliklarni 
yashirish, 
turistlarning 
hunarmandchilik 
mahsulotlariga bo`lgan talabini qondirish maqsadida hunarmandlarimiz chetdan, 
ya`ni boshqa mamlakatlardan hunarmandchilik mahsulotlari olib kirib, turistlarga 
taklif yetishyapti. Misol uchun : Hindistondan ayyollar ko`ylagi, sharflar, yostiq 
jildlari, Turkmaniston va Erondan gilamlar, Xitoydan tasbeh va bir qancha 
suvenirlar. Agar shu mahsulotlar o`zimizda ishlab chiqarilsa, yangi ish o`rinlar 
yaratilardi va shunga muvofiq tarzda samaradorlik ham oshardi. 
Ko'plab xalq hunarmandlari qadimgi davrlarda paydo bo'lib, ularning 
ildizlari qishloq xo'jaligi texnikasida yotadi. Shahar shovqinidan charchab sayohat 
maqsadida keladigan sayyohlarni qishloqlar, u yerdagi hayot tarzi doimo qiziqtirib 
kelgan. Buxoro viloyatining uchta tumanida, ya`ni Shofirkon, G`ijduvon va 
Buxoro tumanlarida Craft village tourism yoki craft tourismni barpo etish 
nafaqat turizm sanoatida, shuningdek hunarmandchilikda samaradorlikni 
oshirishga turtki bo`ladi. Ushbu uchta tumanda hunarmandchiliknung ma`lum bir 
turlari bo`yicha maxsus guest houselar qurish nazarda tutiladi. Shofirkonda 
kashtachilk, G`ijduvonda kulolchilik va Buxoro tumanida qo`lda to`qiladigan 
gilamchilk kabi hunarmandchilik turlarini targ`ib etgan holda turistlarni jalb etish 
mumkin. 
GUEST HOUSElar uchun har bir tumanda 10 sotixli yer maydoni o`sha 
tumanning o`zida tanlab olinadi. Ushbu tanlangan manzilda turistlar yashashi 
uchun bir qavatli yoki ikki qavatdan iborat imoratlar quriladi. Har bir imorat o`sha 
tumanning qurilish an`analariga mos ravishda qurilish materiallardan, hudud 


78 
uslubiga xos tarzda quriladi. Har bir tumanda maxsus hunarmandchilik turlari 
bo`yicha hunarmand ustalar o`z oilasi bilan o`sha guest houseda istiqomat qilgan 
holda o`z faoliyatini olib boradi. 
Shofirkon o`zining an`anaviy kashtachiligi bilan mashhur bo`lib,

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin