Kirish
6
6
2-MAVZU
FIZIKA TARAQQIYOTI TARIXIDAN MA’LUMOTLAR
Fizika grekcha «phýsis» –
tabiat degan so‘zdan olingan bo‘lib,
tabiat
haqidagi fan degan ma’noni anglatadi. Inson o‘zini o‘rab turgan tabiat
haqidagi bilimlarni yashash uchun bo‘lgan ayovsiz kurashlar jarayonida
o‘rganib borgan. Dastlabki ilmiy ma’lumotlarni to‘plash, insonlar ekin
ekib, o‘troq hayot kechiradigan joylarda boshlangan. Bunday qulay
imkoniyatga ega bo‘lgan misrlik va bobilliklar to‘plagan bilimlaridan
foydalanib piramidalar,
ibodatxonalar, qal’alar, to‘g‘onlar qurganlar.
Qurilishda oddiy mexanizmlardan: richaglar, yumalatuvchi xodalar, qiya
tekislikdan foydalanganlar. Fizika haqidagi ma’lumotlarni birinchi bor
kitob shaklida qadimgi yunon mutafakkiri
Aristotel (Arastu) (e. o. 384–
322-y.) bayon etgan. Olam ning nimadan tuzilganligi haqi dagi nazariyani
miloddan avvalgi 341–270-yillarda yashagan
Epikur bergan.
Uning
g‘oyalarini shoir
Lukret siy o‘zining «Narsalarning tabiati haqida» nomli
poema sida keltiradi. Unga ko‘ra barcha jismlar ko‘zga ko‘rinmaydigan,
bo‘linmay
digan atomlardan tashkil topgan va ular to‘xtovsiz hara
katda
bo‘ladi.
Fizika qonunlarini harbiy texnikada keng ko‘lamda qo‘llagan
olimlardan biri
Arximed edi. Arximed miloddan avvalgi 287-yilda Sit siliya
orolidagi Sirakuza shahrida tug‘iladi. Bu davrda Sitsiliya oroli Rim va
Karfagen orasidagi urush maydoni edi. Oroldagi hokimiyat mustaqilligini
asrab qolish uchun mudofaa inshootlarini quradi. Bunda Arxi
medning
muhandislik qobiliyati qo‘l keladi. Rimliklar
Sitsiliyaga
ham dengizdan, ham quruqlikdan hujum
qilishadi.
Gretsiyalik tarixshunos
Plutarx shunday yozadi:
«Rimliklarning ikki tomonlama (dengiz va quruqlikdan)
hujumidan sirakuzaliklar qo‘rquvga tushdilar. Bunday
baquvvat, ko‘p sonli qo‘shinga qarshi ular nima bilan
javob berishadi? Arximed o‘z mashinalarini ishga soldi.
Quruqlikdagi qo‘shinlar ustiga shiddatli otilgan ulkan
Arximed
7
toshlar ularni to‘zg‘itib yubordi... Kemalarga birdaniga devor ustidan katta
tezlikda
xodalar kelib urilib, ularni cho‘ktirdi. Temir ilmoqlar kema larni ilib
olib, bir uchidan yuqoriga ko‘ta radi, so‘ngra ikkinchi uchidan tikka suvga
botiradi. Ayrimlari turgan joyi da aylantirilib yuborilib, boshqarilmay qoldi va
urilib halok bo‘ldi. Dahshatli man zara!..» Shun dan so‘ng rimliklar chekinish ga
majbur bo‘ladi. Shaharni esa uzoq muddatli qamaldan so‘ng olishga muvaffaq
bo‘ladi. Bu jangda Arximed ham halok bo‘ladi.
Shunday qilib, Arximed urush
uchun xizmat qilgan hamda shu urush qurboni bo‘lgan birinchi olim sifatida
tarixga kirdi.
O‘rta asrlarda fan va madaniyat rivojla nishi sharqqa ko‘chdi. Bu davrda
fi zika va boshqa fanlar rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk bobolarimiz
yashab o‘tdi. Ularga
Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Abdulloh
Muhammad ibn Muso Al-Xorazmiy, Umar Xayyom, Umar Chag‘
miniy
va boshqalarni keltirish mumkin. Beruniy moddalarning zichligi, koinot
fi zikasi, minerallar, yorug‘lik, tovush va magnit hodisalari kabi ko‘pgina
yo‘nalishlarda ishlar olib borgan. Uning ayniqsa,
Yer radiusini juda aniq
o‘lchaganligi (Beruniyda 6490 km, hozirgisi 6400 km) diqqatga sazovordir.
Al-Xorazmiyning mate matika, astronomiya sohasi bo‘yicha ishlarini dunyo
tan olgan. Ibn Sinoni butun dunyoda tibbiyotning otasi deb bilishadi. Uning
bundan tashqari mexanik harakat, ob-havoga doir, yorug‘lik hodisalari kabi
mavzularga bag‘ish langan ishlari ham mavjud. Umar Xayyom o‘sha davr
uchun ancha mukammal lashgan taqvim (kalendar)ni ishlagan bo‘lsa, Umar
Chag‘miniy Yer o‘qining og‘maligi tufayli fasllar
almashinib turishini qayd
qilgan.
Fizikaning keyingi taraqqiyoti Yevropa bilan bog‘langandir. Chex olimi
N. Kopernik birinchi bo‘lib quyosh sistemasining tuzilishini to‘g‘ri talqin
qilib berdi. Lekin bu ta’limotni qabul qilish oson kechmaydi. Italyan olimi
G. Galiley va nemis olimi
I. Kepler o‘z tajribalariga hamda hisoblashlariga
asoslanib ta’li motni tasdiqlaydilar. Birinchi bo‘lib osmon
jismlarini teles kopda
kuzatgan olim ham Galiley edi. Uning, ayniqsa, jismlarning erkin tushishiga
doir ishlari diqqatga sazovordir.
Buyuk ingliz olimi
I. Nyuton fi zikaning rivojlanishiga beqiyos hissa
qo‘shgan. Quyosh va sayyoralar harakati sabablari, kuch va uning jism
Dostları ilə paylaş: