III bob. Jismlarning muvozanati. Oddiy mexanizmlar
84
84
KIRISH SUHBATI
Qadim davrlardan beri inson o‘z mehnatini yengillashtirish yo‘llarini
qidiradi. Qurilishlar olib borishda og‘ir ustunlar, yo‘nilgan marmar
toshlarni
siljitish, ko‘tarish uchun turli mexanik quril malardan foydalanib
kelgan. Uch ming yil oldin qadimgi Misrda piramidalar qurilishida og‘ir
tosh plitalarni richaglar yordamida bir joydan ikkinchi joyga siljitishgan va
ancha balandga ko‘tarishgan. Ko‘p hollarda og‘ir
yukni biror balandlikka
ko‘tarish o‘rniga uni shu balandlikka qiya tekislik bo‘yicha dumalatib yoki
sudrab olib chiqishgan. Samarqand va Buxoro shaharlaridagi minoralar,
madrasalar, saroy va masjidlar qurilishida yuklarni bloklar, chig‘iriqlar
yordamida ko‘targanlar.
Turmushda, zavodlarda katta-katta metall taxtalarni kesadigan, shtamp-
laydigan stanoklarda, ko‘tarma kran,
yer qazuvchi, tekislovchi mashinalarda
ham oddiy mexanizmlar bor. Bunday mexanizmlar zamonaviy audio va
video apparaturalar, murakkab avtomatlarda ham uchraydi.
Oddiy mexanizmlar
ishi bilan tanishsangiz, murakkab mashinalar
tuzilishini tushunishingiz oson bo‘ladi.
28-MAVZU
JISMLARNING MASSA MARKAZI
Dostları ilə paylaş: