29-MAVZU KUCH MOMENTI. RICHAG VA UNING MUVOZANAT SHARTI 59-rasm.
2 Quyidagicha tajriba o‘tkazib ko‘raylik. G‘ildirakni
olib, undan qo‘zg‘almas o‘q o‘tkazaylik. G‘ildirak o‘qiga F kuchni 59-rasmda ko‘rsatilganidek ta’sir ettiraylik. G‘ildirak
harakat qilmaydi. Endi shu kuchni 2 nuqtaga qo‘yaylik.
G‘ildirak harakatga keladi. F kuchni aylanish o‘qidan yanada
uzoqroqqa qo‘ysak, g‘ildirak shunchalik tez aylanadi.
Demak, aylanish o‘qiga ega bo‘lgan jismlarning harakati, faqat unga qo‘yilgan kuch kattaligiga bog‘liq bo‘lmasdan, balki kuchni aylanish o‘qidan qancha uzoqlikka qo‘yil ganligiga ham bog‘liq bo‘lar ekan. Aylanish o‘qidan kuch qo‘yilgan nuqtagacha bo‘lgan eng qisqa masofakuch yelkasi deb ataladi. Bunda kuch yo‘nalishi bilan yelka
o‘zaro tik yo‘nalgan deb qaraladi.
Aylanish o‘qiga ega bo‘lgan jismlarda harakat qo‘yilgan F kuchga
hamda yelka l ga bog‘liq bo‘lganligidan kuch momenti deb ataluvchi fi zik
kattalikni kiritamiz,
M = F · l. 60-rasm.
Uning birligi M = 1N · m. Siz kundalik turmushda og‘ir toshni yoki
yukni joyidan siljitishda uning tagiga lom tiqib ko‘ta rishganini ko‘rgansiz
(60-rasm). Bunda lom uchiga F 1
kuch bilan ta’sir etib, ikkinchi uchidan
F 2
kuch olinadi. F 2
kuch F 1
dan bir
necha barobar katta bo‘ladi. Demak,
bu qu rilmada kuch dan yutish mumkin
ekan. Qo‘zg‘al mas ta yanch atrofi da aylana oladigan qattiq jismgarichag deyiladi. 60-rasmda richagning ayla-
nishi O nuqta atrofi da bo‘ ladi.
Kuch momenti. Richag va uning muvozanat sharti