Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar


-MAVZU ODDIY MEXANIZMLAR: BLOK, QIYA



Yüklə 1,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/124
tarix20.06.2022
ölçüsü1,9 Mb.
#61845
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   124
6-sinf. Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar

30-MAVZU
ODDIY MEXANIZMLAR: BLOK, QIYA 
TEKISLIK, VINT, PONA VA CHIG‘IRIQNING QO‘LLANILISHI
Inson mehnat qilish jarayonida ko‘proq kuchiga emas, balki 
aqliga tayanadi. Og‘ir yukni ko‘tarishda, o‘rnidan siljitishda oddiy 
mexanizmlardan foydalanishni insonlar qadimdan o‘zlashtirib olishgan. 
Qurilishlarda chig‘iriq, qiya tekislik, pona va bloklardan foydalanishgan.
Blok. Blok qirrasi ariqchadan iborat g‘ildirak bo‘lib, undan ip, sim 
arqon yoki zanjir o‘tkaziladi. Ipning bir uchiga yuk osib, ikkinchi uchi-
dan tortiladi. Yukni ko‘tarish davomida blok qo‘zg‘almasdan joyida 
qolsa, uni ko‘chmas blok deyiladi (63-rasmda 1). Yuk bilan birgalikda 
harakatlanadigan blokni ko‘char blok deyi ladi (63-rasm da 2). Ko‘chmas 
blokda yuk uchun kuch yelkasi AO masofa, F kuchning yelkasi OB masofa 
bo‘ladi (64-a rasm). Ular teng bo‘lganligidan F kuch yuk og‘irligiga teng 
bo‘ladi. Shu sababli ko‘chmas blok kuchdan yutuq bermaydi. Ko‘chmas 
blok kuch yo‘nalishini o‘zgartirib beradi.
Ko‘char blokda esa aylanish o‘qi O nuqtaga to‘g‘ri keladi (64-b rasm). 
Shunga ko‘ra yuk uchun yelka OA masofani, F kuch uchun yelka OB 
Oddiy mexanizmlar: blok, qiya tekislik, vint, pona va chig‘iriqning qo‘llanilishi


III bob. Jismlarning muvozanati. Oddiy mexanizmlar
90
90
masofani tashkil etadi. OA = R, OB = 2R 
bo‘lganligidan (R – g‘ildirak radiusi) F · 2R =
= mg · bo‘ladi. Bundan
.
Ko‘char blok kuchdan ikki barobar yutuq beradi. Ko‘char va ko‘chmas 
bloklardan bir nechtasi nechtasi o‘zaro ulansa, uni polispast deb ataladi. 
Polispastda n ta ko‘char blok qatnashsa, kuchdan 2n marta yutish mumkin 
bo‘ladi.
Qiya tekislik. Yukli bochkani mashinaga ortishda qiya tekislikdan 
yumalatib chiqarish oson (65-rasm). Bunda F kuch og‘irlik kuchining bir 
qismini tashkil etadi:
.
65-rasm.
63-rasm.
 
a
b)
64-rasm.


91
Vint. Mashinalarning baloni teshilib qolganda, uni 
almashtirish uchun «domkrat» deb ataluvchi vintli 
ko‘targichdan foydalaniladi. Uning ishlash tamoyilini 
66-rasmdagi vintdan tushunish qiyin emas. Uydagi 
go‘sht mayda lagichda, maktab duradgorlik va temirchilik 
ustaxonasidagi «tiski» (siqib ush lagich) da ham vintdan 
foydalani ladi.
66-rasm.
67-rasm.
Pona. Mamlakatimizning ayrim joylarida bo‘lg‘usi 
kuyov 
larni sinash uchun ularga to‘nkani o‘tin qilib 
maydalashni taklif qilishgan deyishadi. Shunday 
holda «pona» qo‘l keladi. Pona old tomonidan qaralsa, 
uchburchak shaklida bo‘lgan jism bo‘lib, uni to‘nkaga 
rasmda ko‘rsatilganidek qo‘yib, tepa qismidan uriladi 
(67-rasm).
Chig‘iriq. Bu oddiy mexanizmdan ko‘pincha quduqlardan suvni 
ko‘tarishda foydalanishgan (68-rasm). Chig‘iriqda arqon o‘raluvchi baraban 
radiusi r, uni aylantiruvchi tirsak uzunligi R bo‘lsa, qurilmaning kuchdan 
beradigan yutug‘i ga teng bo‘ladi.
Chig‘iriqning takomillashgan varianti lebyodka deyiladi (69-rasm). 
Unda ikkita chig‘iriq o‘zaro bog‘langan. Birin chisi aylantiruvchi tirsak va 
kichik radiusli tishli g‘ildirak. Bu tizim kuchdan 
marta yutuq beradi. 
Ikkinchisi katta radiusli tishli g‘ildirak va arqon o‘raluvchi silindr. Bu 
68-rasm. 
69-rasm.

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin