124
124
ega bo‘lgan porshenli dvigatel mas sasi bir necha ming tonna bo‘lar edi.
Uning o‘lchamlari juda katta bo‘lib, samolyotga sig‘magan bo‘lar edi.
Shunday quvvatli tur boreaktiv dvigatel por shenli dvigateldan 3–4 marta
kichik bo‘ladi. Turbo
reaktiv samo
lyot qancha katta balandlikda uchsa,
dviga tel shuncha yaxshi ishlaydi. Porshenli dvigatelda esa, aksincha.
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan ichki yonuv dvigateli, dizel dvigateli hamda
reaktiv dvi gatellarida yonish mahsu lotlari atmosferaga chiqariladi. Yonish
mahsulotlari tarkibida esa zaharli gazlar juda ko‘p bo‘lganligidan atrof
havoni ifl oslantiradi. Havodan zaharli moddalar (ayniqsa, qo‘rg‘oshin
birikmalari) o‘simliklarga o‘tib, ularni ham iste’molga yaroqsiz holatga
keltirishi mumkin. Shu sababli atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida
avtomobillardan chiqayotgan gazlar tarkibida zaharli moddalarning bo‘lish
chegarasi belgilab qo‘yilgan. Yaxshi sozlangan dvigateldan chiqayotgan
gaz (tutun) tarkibi belgilangan me’yorda bo‘ladi. Ularni avtomobilni
texnik qarovdan o‘tkazish va nazorat davrida maxsus xodimlar tekshirib
turishadi.
Dostları ilə paylaş: