Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar



Yüklə 1,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/124
tarix20.06.2022
ölçüsü1,9 Mb.
#61845
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   124
6-sinf. Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar

YakunIy suhbat
12. Bir chelak ko‘mirni uyning to‘r tinchi qavatiga olib chiqilib yoqildi. Bunda 
birinchi qavatda yoqilganiga qaraganda qancha ko‘p issiqlik aj ra ladi.
A) 4 marta; B) 2 marta; C) 3 marta; D) bir xil issiqlik ajraladi.
YAKUNIY SUHBAT
Bunda siz IV bobda o‘rganilgan mavzularning qisqacha xulosalari bilan 
tanishasiz.
Tempe-
ratura
Moddalarning yoki jismlarning isitilganlik darajasini xarakterlovchi kat-
talik. Moddani tashkil etgan zarralarning kinetik energiyasi bilan belgi-
lanadi.
Ichki 
energiya
Moddani tashkil etgan zarralarning o‘zaro ta’sir potensial energiyasi va 
harakati bilan bog‘liq kinetik energiyalari yig‘indisi. Ichki energiya
modda ga tashqaridan issiqlik berilganda yoki olinganda hamda ish 
bajarilganda o‘zgaradi.
Termometr Temperaturani o‘lchovchi asbob. Simobli yoki spirtli bo‘ladi. Naycha dagi 
suyuqlik ustunining balandligi temperatura o‘zgarishi bilan o‘zgarishiga
asos langan.
Bimetall 
plastina
Issiqlik o‘tkazuvchanligi turlicha bo‘lgan bir-biriga parchinlanib mah-
kam langan ikkita metall plastina.
Issiqlik 
o‘tka-
zuvchanlik
Jismning isitilgan qismidan isitilmagan qismiga issiqlikning o‘tishi. Moddani 
tashkil etgan zarralar harakati tufayli uzatiladi. Metallarda plastmassa, 
g‘isht, shisha, suvga nisbatan bir necha yuz marta katta bo‘ladi. Gazlarda 
esa juda kichik.
Konvek-
siya
Notekis isitilgan gaz, suyuqliklarda moddaning bir joydan, ikkinchi joyga
oqimi tufayli issiqlik uzatilish hodisasi. Konveksiya tezligi qatlamlar 
temperaturalari farqi muhitning issiqlik o‘tkazuvchanligiga bog‘liq.
Nurlanish
Qizigan jismlarning o‘zidan nur chiqarish hodisasi. Ulardan ba’zilari 
ko‘zga ko‘rinadi, ba’zilari ko‘rinmaydi. Nur o‘zi bilan energiya olib 
chiqadi. Jismlar va moddalar nurni yutishi natijasida qiziydi.
Selsiy tem-
peratura 
shkalasi
Temperaturaning o‘lchov birligidan biri. Hisob boshi nol uchun eriyotgan 
muz temperaturasi olingan. Atmosfera bosimida qaynayotgan toza suv 
temperaturasi 100 gradus deb qabul qilingan.


128
128
Ichki 
yonuv 
dviga teli
Dvigatel ishchi qismi (silindr)da yongan yonilg‘i ichki energiyasini 
mexanik energiyaga aylantirib beruvchi qurilma.
Bug‘ 
mashinasi
Yuqori temperaturali bug‘ning ichki energiyasini silindr va porshen 
vosita sida mexanik energiyaga aylantirib beruvchi dvigatel.
Bug‘ tur-
binasi
Katta bosim va yuqori temperaturaga ega bo‘lgan bug‘ning maxsus 
turbina 
lar orqali dvigatel g‘ildiragining kurakchalariga ta’siri tufayli 
ishlaydigan qurilma.
Dizel
Silindri ichidagi yonilg‘i siqilish tufayli alangalanadigan porshenli ichki 
yonuv dvigateli. Silindr ichidagi havo porshen yordamida tez siqilganda
qiziydi (600–700°C). Shunda unga yonilg‘i purkalganda yonadi.
Dvigatelni ixtiro qilgan R. Dizel nomiga qo‘yilgan.
Reaktiv 
dvigatel
Dvigateldan otilib chiqayotgan gazlar havo oqimi tufayli, qarama-
qarshi tomonga tortuvchi kuch ta’sirida ishlaydigan dvigatel. Havo-
dan foydalanib ishlaydiganlarini havo reaktiv dvigateli, havodan 
foydalanmaydiganlarini raketa dvigateli deyiladi.

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin