V bob. Yorug‘lik hodisalari
144
144
Masala yechish namunasi
Odam ko‘zguga 1 m/s tezlik bilan yaqinlashmoqda. Uning tasviri
ko‘zguga qanday tezlik bilan yaqinlashadi?
B e r i l g a n :
F o r m u l a s i :
Ye c h i l i s h i:
υ
1
= 1
υ
1
υ
2
Odam ko‘zguga
qancha
yaqin lashsa, tasvir ham shun -
chaga yaqinlashadi.
Demak, υ
1
= υ
2
Javobi: 1
.
Topish kerak
υ
2
= ?
9-mashq
1. Buyum botiq ko‘zgudan 2
F masofada joylashgan hol
uchun tasvir
yasang.
2. Buyum botiq ko‘zgudan 250 sm masofada turibdi. Ko‘zguning
fokus maso fasi 245 sm. Ko‘zgudan tasvirgacha bo‘lgan masofani toping.
(
Javobi: ≈ 124 sm)
3. Yassi ko‘zguga nur α burchak ostida tushmoqda. Agar ko‘zguni β
burchakka bursak, qaytgan nur qanday burchakka buriladi? (
Javobi: 2 β.)
4. Ikkita yassi ko‘zgu parallel qo‘yilgan. Ular orasiga buyum qo‘yilsa,
ko‘zgularda nechta tasvir ko‘rinadi. (
Javobi: 2 ta.)
5
*
. Odam o‘z yuzini to‘liq ko‘rishi uchun diametri 5 sm bo‘lgan qavariq
ko‘zguni qancha uzoqlikda tutishi kerak? Ko‘zguning fokus
masofasi
7,5 sm, yuzining uzunligi 20 sm. (
Javobi: 0,45 m.)
49-MAVZU
LINZALAR HAQIDA TUSHUNCHA
Yorug‘likning ikki muhit chegarasida qaytishi va sinishini ko‘rdik.
Amaliyotda sferik yuzalardan yorug‘likning sinishidan keng foydalaniladi.
Ikki yoki bir tomoni sferik sirt bilan chegaralangan shaffof jismga
linza deyiladi. Odatda, linzalarni shishadan yasaladi. O‘rta
qismi chetki
qismiga nisbatan qalin bo‘lgan linzalarni
qavariq, yupqa bo‘lganlarini
botiq
145
linzalar deyiladi. Sferik sirtlarning
O
1
va
O
2
markazlaridan o‘tuvchi to‘g‘ri
chiziq
linzaning bosh optik o‘qi deyiladi (107-rasm). Optik o‘qda
yotgan
linza markazidagi nuqta
linzaning optik markazi deyiladi. Qavariq va
botiq linzalardan nurning o‘tishi turlicha bo‘ladi. Qavariq
linzani olib, uni
Quyosh nurlariga tik holda tutaylik. Linzadan o‘tgan nurni daftar varag‘iga
tushiraylik. Linzani yuqoriga yoki pastga siljitsak, daftar yuzasidagi yorug‘
dog‘ kichrayib, nuqtaga aylanadi va undan tutun chiqadi. Demak, linzadan
o‘tgan nurlar bir nuqtada to‘planadi (108-rasm). Bu nuqtaga
linzaning
Dostları ilə paylaş: