Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar



Yüklə 1,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/124
tarix20.06.2022
ölçüsü1,9 Mb.
#61845
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   124
6-sinf. Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar

48-MAVZU
YASSI KO‘ZGU
Ko‘zguga qaramagan odam bo‘lmasa kerak. Unga qarab nimani 
ko‘ramiz? Ko‘z 
guda biz o‘z ak 
simizni va atrofi mizdagi buyumlarni 
ko‘ramiz. Ko‘zgudagi tasvir o‘l chamlari, buyumlar o‘lchami bilan bir xil 
bo‘ladi. Ko‘zguga yaqin lashsak, tasvir ham yaqin lashadi, uzoqlashsak tasvir 
ham uzoqlashadi. Demak, tasvir ko‘zguning yuzida emas, balki ichkarisida 
hosil bo‘ladi. Buning sababi nimada? Bir tomoni kumush bilan qoplangan 
shisha plastinaga ko‘zgu deyiladi. Narsa, buyumlardan qaytgan yorug‘lik 
ko‘zguga tushadi va uning kumushlangan qatlamidan qaytadi. Yorug‘likning 
qaytish qonunidan foydalanib, yassi ko‘zguda 
tasvir hosil qilishni ko‘raylik (102-rasm). Tasvir 
hosil qilish uchun buyumdan ikkita nurni ko‘zguga 
yo‘nal tiriladi. Bu nurlar ko‘zgu yuzasidan qaytish 
qonuniga rioya qilib qaytadi. Qaytgan nurlarni 
teskari tomonga davom ettirilsa, buyum tasviri 
ko‘zgu orqasida hosil bo‘ladi. Agar tasvirdan ko‘zgugacha va ko‘zgudan 
buyumgacha bo‘lgan masofalar o‘lchansa, ular teng bo‘lib chiqadi.
Ko‘zgudagi aksimizga qarab, unga o‘ng qo‘limizni uzatsak, aksimiz 
chap qo‘lini uzatadi. Demak, yassi ko‘zguda chap tomon bilan o‘ng 
tomonning o‘rni almashinib ko‘rinadi. Ko‘zgudagi buyum o‘zidan nur 
chiqarmaydi. Shu sababli tasvirni mavhum tasvir deyiladi.
Shunday qilib, buyumning yassi ko‘zgudagi tasviri mavhum, to‘g‘ri, 
o‘lchamlari buyum o‘lchamlariga teng, buyum ko‘zgudan qancha 
masofada bo‘lsa, ko‘zgu orqasida shunday masofada va chap tomoni 
o‘ng tomoni bilan almashinib ko‘rinadi.
Sferik ko‘zgular
*
. Sharning bir bo‘lagi ko‘rinishida bo‘lgan ko‘zgular 
sferik ko‘zgular deyiladi. Ular ikki turda bo‘ladi: botiq va qavariq. Botiq 
ko‘zguda nur sferaning ichki qismidan, qavariq ko‘zguda sferaning tashqi 
qismidan qaytadi.
Botiq ko‘zguga Quyosh nurlari yuborilsa, ular bitta nuqtada to‘planadi 
(103-a rasm). Bu nuqta botiq ko‘zguning bosh optik o‘qida joylashib, uning 

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin