NUMERIC –butun sonlar uchun - 2
-31
….2
31
;
FLOAT[(aniqlik)] – haqiqiy sonlar uchun qo`llaniladi.
Bundan tashqari uzgaruvchan uzunlikdagi simvolli satrlar toifasi ham
ishlatiladi. Bunda uzgaruvchi toifalar ixtiyoriy uzunlikda bo`ladi. Bunda
uzunliklar zarur bo`lmagan parametrlar hisoblanadi. Agar ular
ishlatilmasa, unda 255 ta simvolga joy ajratiladi.
Simvolli satrlarni belgilashni yana bir usuli mavjud.
1. Varchar [(uzunlik)]
Ma‟lumotlarni sonli tiplari
1. Integer 2. Smollint 3. Decimal (aniqlik, masshtab). 4. Numeric (aniqlik, (masshtab).. 5. FLOAT (aniqlik).
Sana va vaqt toifasidagi ma‟lumotlar standarti qo`shimcha
qilinmagan. Bular yozilishini texnik hujjatlarda ko`rish kerak.
Noaniq va o`tkazib yuborilgan ma’lumotlar.SQLda atribut
qiymatlari noma‟lum bo`lgan o`tkazib yuborilgan yoki mavjud
bo`lmaganlarini NULL bilan yoziladi. NULL qiymat oddiy tushunchada
qiymat hisoblanmaydi. U faqat atributni haqiqiy qiymati tushib
qoldirilgan yoki noma‟lumligini anglatadi. NULLni ishlatishda
quyidagilarga e‟tibor berish kerak:
Agregat funksiyalar ishlatilganda birorta atributni qiymatlar
to`plami bo`yicha hisoblashlar bajarilganda aniqlikni ta‟minlash
maqsadida NULL qiymat hisobga olinmaydi.
shartli operatorlarda TRUE, FALSEdan tashqari UNKOWN paydo
bo`lsa, natija NULL qiymatda bo`ladi.
bu qiymatni tekshirish uchun IS NULL yoki IS NOT NULLlardan
foydalaniladi.
almashtirish funksiyalari ham argument sifatida NULL bo`lsa natija
52
NULLga teng buladi.
SELECT operatori. SELECT (tanlash) operatori SQL tilining eng muhim va ko`p
ishlatiladigan operatori hisoblanadi. U ma‟lumotlar bazasi jadvallaridan
axborotlarni tanlab olish uchun mo`ljallangan.