Mundarija kirish



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/79
tarix20.06.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#61884
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
1-1800

 Predmet sohasi deganda avtomatlashtirilgan boshqarishni tashkil 
qilish uchun o„rganilayotgan real muhitning ma‟lum bir qismi 



tushiniladi. Masalan, korxona, zavod, ilmiy tekshirish instituti, oliy 
o„quv yurti va boshqalar.
Shuni qayd qilish lozimki, MBni yaratishda ikkita muhim shartni 
hisobga olmoq zarur:
Birinchidan, ma‟lumotlar turi, ko„rinishi, ularni qo„llaydigan
dasturlarga bog„liq bo„lmasligi lozim, Ya‟ni MBga yangi ma‟lumotlarni 
kiritganda yoki ma‟lumotlar turini o„zgartirganda, dasturlarni 
o„zgartirish talab etilmasligi lozim.
Ikkinchidan, MBdagi kerakli ma‟lumotni bilish yoki izlash uchun 
biror dastur tuzishga hojat qolmasin.
Shuning uchun ham MBni tashkil etishda ma‟lum qonun va 
qoidalarga amal qilish lozim. Bundan buyon axborot so„zini ma‟lumot 
so„zidan farqlaymiz, Ya‟ni axborot so„zini umumiy tushuncha sifatida 
qabul qilib, ma‟lumot deganda aniq bir belgilangan narsa yoki hodisa 
sifatlarini nazarda tutamiz. 
Ma‟lumotlar bazasini yaratishda, foydalanuvchi axborotlarni turli 
belgilar bo„yicha tartiblashga va ixtiyoriy belgilar birikmasi bilan 
tanlanmani 
tez 
olishga 
intiladi. 
Buni 
faqat 
ma‟lumotlar 
tuzilmalashtirilgan holda bajarish mumkin.
Tizilmalashtirish – bu ma‟lumotlarni tasvirlash usullari haqidagi 
kelishuvni kiritishdir. Agar ma‟lumotlarni tasvirlash usuli haqida 
kelishuv bo„lmasa, u holda ular tuzilmalashtirilmagan deyiladi. 
Tuzilmalashtirilmagan ma‟lumotlarga misol sifatida matn fayliga 
yozilgan ma‟lumotlarni ko„rsatish mumkin. 
Ma‟lumotlar bazasidan foydalanuvchilar turli amaliy dasturlar, 
dasturiy vositalari, predmet sohasidagi mutaxassislar bo„lishi mumkin.
Ma‟lumotlar bazasining zamonaviy texnologiyasida ma‟lumotlar 
bazasini yaratish, uni dolzarb holatda yuritishni va foydalanuvchilarga 
undan axborot olishini ta‟minlovchi maxsus dasturiy vosita, Ya‟ni 
ma‟lumotlar bazasini boshqarish tizimi yordami bilan markazlashtirilgan 
holda amalga oshirishni nazarda tutadi. 
Ma’lumot – bu uni ma‟nosiga e‟tibor bеrmay qaraladigan ixtiyoriy 
simvollar to„plamidir. O„zaro bog„langan ma‟lumotlar ma‟lumotlar 
tizimi dеyiladi.

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin