2.2 Muammoli ta'lim texnalogiyasiga asoslangan darslarni loyihalash.
O’qitish jarayoniga muammoli o’qitish texnologiyasini qo’llashi uchun
o’qituvchi quyidagi masalalarni hal qilish:
* O’quv dasturi bo'yicha mavzularni muammoli dars shaklida o'tish mumkinligini;
* Mavzu matnidagi masalalar bo'yicha muammoli vaziyatni keltirib chiharadigan
savollar, topshiriqlarni aniqlash, bunda didaktikaning ilmiylik, tizimlilik, mantiqiy
ketma-ketlik, izchillik printsiplariga amal qilish;
* Talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish va boshqarishni ta'minlaydigan
vosita va usullarini aniqlashi, ulardan o'z o'rnida va samarali foydalanish yo'llarini
belgilash zarur.
Muammoli ta'lim – o’qituvchi rahbarligida muammoli vaziyat vujudga
keltirilib, mazkur muammo talabalarga faol mustaqil faoliyati natijasida bilim,
18
ko'nikma va malkalarni ijodiy o'zlashtirish va aqliy faoliyatni rivojlantirishga imkon
beradigan ta'lim jarayonini tashkil etish bo'lib, muammoli ta'limning muvaffaqiyati
quyidagi omillarga bog’liq:
* O’quv materialini muammolashtirish;
* Talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish;
* Ta'lim jarayonini o'yin, mehnat faoliyati bilan uyg’unlashtirish;
* O’qituvchi tomonidan muammoli metodlardan o'z o'rnida va samarali foydalanish
ko'nikmasiga ega bo'lish;
* Muammoli vaziyatni hal etish yuzasidan muammoli savollar zanjirini tuzish va
mantiqiy ketma-ketlikda talabalarga bayon etish.
Muammoli ta’lim darajalari.
Birinchi bosqich. O’qituvchi muammoni to’liq yoritadi va uni yechimini topib
beradi. Qarshi savollar yordamida o’quvchilarni fikrlashga ixtiyoriy majbur etadi.
Ikkinchi bosqich. O’qituvchi muammoni qo’yib, uning mazmun mohiyatini
ifodalaydi. Keyin o’quvchilarni muammo yechimini mustaqil izlashga yo’naltiradi.
Uchinchi bosqich. O’qituvchi muammoni bayon etmaydi, balki muammoli
vaziyat yaratadi. O’quvchilar mustaqil fikr yuritib, muammoli vaziyatdan chiqish
yo’llarini izlab topadilar.
To’rtinchi bosqich. Bunda o’qituvchi izlanish sohasini belgilaydi xolos,
muammoga yaqinlashib boradi, lekin uning mazmuni yoki yechimini ko’rsatmaydi.
O’quvchini mustaqil faoliyatga yo’naltiradi.
Muammoli ta’limda o’qituvchi o’quvchini murakkab tushunchalar mazmuni
bilan tanishtirish jarayonida unga sistemali ravishda muammolar qo’yib boradi,
o’quvchiga axborot beradi, o’quvchi mustaqil xulosalar chiqaradi, umumlashtiradi
va o’qituvchi yordamida ma’lum tushuncha, qoidalar, xulosalar chiqaradi.
O’zaro munosabati xarakteriga ko’ra muammoli ta`limni shartli ravishda 4
darajaga ajratish mumkin:
19
Mustaqil
bo’lmagan
(odatdagi)
faollik
darajasi
O’qituvchi tushuntirganini o’quvchi tomonidan idrok
etilishi muammoli vaziyatlar sharoitida aqliy mehnat
Muammoli
ta`lim
darajalari
O’qituvchi va o’quvchi faoliyati
YArim mustaqil faollik
darajasi
Ilgarigi bilimlarni yangi vaziyatlarda qo’llash va
o’quvchilarning o’qituvchi tomonidan q’yilgan o’quv
muammolarining echish usullarini izlashda ishtirok etish
Mustaqil
faollik
darajasi
Reproduktiv izlanish tipidagi ishlarni bajarish, bunda
darslik matni bilan o’quvchining o’zi ishlaydi, ilgarigi
bilimlarini yangi vaziyatda qo’llanadi, konstruktsiyaaydi,
o’rtacha
murakkablikdagi
masalalarni
echadi,
o’qituvchining ko’magi bilan gipotezalarni isbotlaydi va
h.k.
Ijodiy faollik darajasi
Ijodiy tasavvurni talab etuvchi, mantiqiy tahlil qilish va
o’ylab topishni, o’quv muammolarini yechishning yangi
usullarini kashf etishni, mustaqil isbotlashni: mustaqil
xulosa va umumlashmalar chiqarishni, kashfiyot va badiiy
insholar yozishni talab qiladigan mustaqil ishlarni
bajarish
Muammoli ta'limni tadqiqot metodi bilan aynan bir narsa deb emas, balki talaba
20
tafakkuri va uning xotirasining rivojlanishini ta'minlaydigan, bilimlarni ijodiy
o'zlashtirishiga, ilmiy faktlarni jamlashga ko'maklashadigan hamda e'tiqodni tarkib
toptiradigan ta'limning bir turi deb qarash lozim.
Dostları ilə paylaş: |