Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti



Yüklə 302,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/14
tarix27.06.2022
ölçüsü302,45 Kb.
#62415
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
2 5247066437767404323

 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
I BOB. Muammoli ta'lim haqida umumiy tushuncha 
1.1Muammoli ta’limning tarixi va didaktik ahamiyati 
Muammoli ta'lim – bu mantiqiy fikrlash operatsiyasi (tahlil, umumlashtirish) 
va talabalarning izlanishli faoliyati qonuniyatlarini (muammoli vaziyat, bilishga 
qiziqish, ehtiyoj) hisobga olib tuzilgan ta'lim va o’qitishning ilgari ma'lum bo'lgan 
usullarini qo’llashi qoidalarining yangi tizimidir. Shuning uchun ham muammoli 
ta'lim ko'proq talaba fikrlash qobiliyatining rivojlanishini, uning umumiy rivojlanish 
va e'tiqodining shakllanishini ta'minlaydi.Didaktikaning barcha yutuqlarini istisno 



qilmay, balki ulardan foydalangan holga muammoli ta'lim ilmiy bilim va 
tushunchalarni, dunyoqarashni shakllantirish, shaxs va uning intellektual faolligini 
har tomonlama rivojlantirish vositasi sifatida rivojlantiruvchi ta'lim bo'lib qoladi. 
Muammoli o’qitish amerikalik faylasuv, psixolog va pedagog Dj.Dionning 
nazariy qoidalariga asoslanadi va XX asrning 20-30 yillarida tarqala 
boshladi.Muammoli ta’lim sohasida chuqur izlanishlar 60-yillarda boshlangan. 
Tafakkur psixologiyasini o‘rganishga mos ravishda muammoli ta’lim g‘oyasi va 
tamoyillari 
sovet 
psixologlari 
S.L.Rubinshteyn, 
D.N.Bogoyavlenskiy, 
N.A.Menchinskaya, A.M.Danilov, M.N.Skatkinlar tomonidan ishlab chiqilgan. T. 
V. Kudryavtsev, D. V. Vilkeev, Yu. K. Babanskiy, M. I. Maxmutov va I. Ya. 
Hozirda bu boradagi tadqiqotlar pedagogika fanining boshqa vakillari tomonidan 
olib borilmoqda.
Didaktikada muammoli o’qitish yangi yo'nalish sifatida XX asrning 70-80 
yillarida yuzaga keldi.A.M. Matoshkin, T.V. Kudryashv, M.I.Maxmutov, I.Ya. 
Lernerlar muammoli o’qitish qonuniyatlarini chuqur o'rgandilar 
Bugungi kunda, muammoli o’qitish deganda mashg’ulotlarda pedagog 
tomonidan yaratiladigan muammoli vaziyatlar va ularni echishga qaratilgan 
talabalarning faol mustaqil faoliyati tushuniladi. Buning natijasida talabalar kasbiy 
bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'ladilar hamda fikrlash qobiliyatlari 
rivojlanadi. 
Muammoli ta'lim o’qitishning eng samarali usulidir. Pedagog muammoli 
vaziyat yaratadi, talabani uni echishga yo'naltiradi, yechimni izlashni tashkil etadi. 
Muammoli o’qitishni boshqarish, pedagogik mahoratni talab etadi, chunki 
muammoli vaziyatning paydo bo'lishi-individual holat bo'lib, tabaqalashtirilgan va 
individuallashtirilgan yondashuvni talab etadi.Didaktikada muammoli dasrlarni 
muammoli vaziyatlarning tipiga qarab xarakterlashga oid tadqiqotlar mavjud. Shu 
o'rinda G.V.Artyomova o'z izlanishlari asosida muammoli darslarni tashkil 
etishning bir necha variantlarini taklif etadi.
Bular: 1.Versiya 
xarakteridagi dars.



2. Qiyosiy -umumlashtiruvchi xarakteridagi dars.
3.Ma'naviy - axloqiy muammoli dars. 
Darsning didaktika va mantiqiy-psixologik strukturasi o’qituvchiga nazariya 
sifatida, darsni tashkil qilishning umumiy qoidalarini tushuntirish sifatida beriladi. 
Metodik strukturani o’qituvchi o’zi o’quv materialining mazmuni, didaktik maqsadi 
va o’quvchilarning o’qishga bo’lgan tayyorgarlik darajasidan kelib chiqib tuzadi. 
Uning ijodi, san`ati, uning takrorlanmas individualligi ana shunda. 
Ta`lim-tarbiya jarayonini to’g'ri tashkil etish uchun barcha mavjud 
imkoniyatlarni safarbar etish o’qituvchilarning birinchi navbatdagi vazifalaridan 
biridir. 
Har bir pedagog shuni doim esda tutishi kerakki, dars o’quv tarbiya 
jarayonining asosiy formasidir. Hozirgi zamon tarbiyasining barcha jarayonlari 
o’quvchilarni mustaqil fikrlashga va mustaqil ijod qilishga o’rgatishdan iboratdir. 
Biz o’qituvchilar dars jarayonida birinchi navbatda o’quvchilardan fanlardan 
chuqur va mustahkam bilim berish bilan birga, ularda bilimga qiziqishni, mehnat 
qilishga extiyojni tarbiyalab borishni kuzda tutamiz. 
O’qituvchining didaktik jixatdan tayyorgarligi juda muhimdir. Chunki, 
muammoli ta’limning nazariy va amaliy jixatlarini atroflicha o’rganish o’quv 
jarayonini san’at darajasiga olib chiqish demakdir. U o’z navbatida o’quvchining 
ta’lim mazmunini to’la o’zlashtirib olishga kafolatdir. Muammoli ta'limni 
muvaffaqiyatli kechish shartlari. 
1. O’quv materialini muammolashtirish. 
2. O’quvchining faol ishtirok etishini ta’minlash.
3. O’qitishning bola hayoti, yashash, turmush tarzi bilan, mehnati, o’yin bilan 
o’zaro aloqasini bog’lash. 
Muammoli vaziyatlarni yaratish usullari.
1. O’qituvchi bolalarni ziddiyatni tug’dirish holatiga keltiradi va o’zlariga 
yechimni topishni taklif etadi. 
2. Amaliy faoliyatdagi ziddiyatlar to’qnashuvini vujudga keltiradi.
3. Bir xil savolning o’ziga javobni berishda har xil fikrlarni bildiradi. 



4. Hodisani har xil pozitsiyadan turib, ko’rib chiqishni taklif qiladi. 
5. Taqqoslashga, umumlashtirishga, xulosalar chiqarishga undaydi. 
6. Aniq savollarga aniq yechimlarni topishni so’raydi.
7. Muammoli topshiriqlarni qo’yib, yechimini topishga har bir o’quvchini o’z 
shaxsiy fikr va qarashlarini so’raydi. 
O’quvchini faollashtirishda samarali ta’lim metodini amalga oshirishda 
yangicha didaktik yondashuv asosida olib borilishi tushuniladi. O’quvchilarning 
aqliy fikrlashlarini tayyor, avvaldan tayyor, mavjud bo’lgan yo’llar bilan o’stirish 
maqsadga erishishning oddiy usuli bo’lib, u ijodkorlikka, izlanuvchanlikka olib 
kelmaydi. 
Muammoli ta’lim jarayonida o’quvchi tahlillar asosida qo’llash, sintez qilish, 
umumlashtirish, faktik materialni aniqlashtirish, o’zi mustaqil, yangi axborot oladi. 
Boshqacha aytganda, ilgari olgan bilimlarini kengaytiradi, chuqurlashtiradi, 
o’zlashtiradi va amalda qo’llay bilishga harakat qiladi.
Olgan bilimlarini hayotda qo’llashda o’qituvchi qo’llanma, darsliklardan 
tayyor bilim olishni bermaydi, u o’quvchi tomonidan izlab topiladi. Mana shu 
holatda izlanuvchanlik, sinchkovlik, ishlash metodikasi va ko’nikmalari shakllanib 
boradi.
Muammo aniq bo’lishi, o’quvchilar o’ni echimini izlash jarayonida oldingi 
mavzularda,fanlarda olgan ma`lumotlari, tushunchalari, bilimlaridan foydalana 
oladigan bo’lishi kerak. O’quvchilar oldiga qo’yilgan muammo o’zining 
dolzarbligiga ega bo’lishi ham muhim ahamiyatga ega. 
O’quvchi izlanishni ma`lum bir sistemada, muayyanlikda bo’lgan muammo 
ustida olib borish kerak.shunda o’quvchi muammoni taxlil qiladi, qismlarini ajrata 
oladi va echish uchun kirishadi. 
Ta`lim jarayonini loyihalash bevosita muammoli ta`limni qo’llashga va 
aksincha, muammoli ta`lim ta`limini loyixalashga olib keladi. Muammoni o’qitish 
texnologik loyixalashtirilgan o’quv jarayonini amalga oshirishning didktik 
konstruktsiyasi sifatida qo’llaniladi. 


10 
Muammoli vaziyatni bunday usulda echishga o’rgatish orqali o’quvchilarni 
sinektik, abstraktsiyalash, 
fantaziya qilish, o’zgalarni eshitish, oddiydan g’ayri 
oddiyni, g’ayrioddiydan oddiyni topish, o’xshatishlardan mohirona foydalanish 
ko’nikmalari shakllantiriladi 

Yüklə 302,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin