Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti



Yüklə 302,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/14
tarix27.06.2022
ölçüsü302,45 Kb.
#62415
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
2 5247066437767404323

Kurs ishining dolzarbligi: Ananaviy pedagogik usuldagi – bilimlardan 
muammoga qarab – o‘quvchilar mustaqil ilmiy izlanish ko‘nikma va malakalarini 
hosil qila olmaydi, chunki ularga o‘zlashtirish uchun tayyor natijalar taqdim etiladi. 
Muammoning yechimi ijodiy fikrlashni taqozo etadi.O‘zlashtirilgan bilimlar 



shablonlarini takrorlash bilan bog‘liq bo‘lgan reproduktiv psixik jarayonlar, 
muammoli vaziyatlarda hech qanday samara bermaydi. 
Agar inson muntazam tayyor bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga 
o‘rgatilgan bo‘lsa, uning tabiiy ijodiy qobiliyatini so‘ndirish ham mumkin; u 
mustaqil fikrlashni «esdan chiqaradi» Fikrlash jarayoni muammoli masalalarni 
yechishda a’lo darajada namoyon bo‘ladi va rivojlanadi.O‘quvchi noma’lum 
yechimni topish uchun mustaqil yoki o‘qituvchi yordamida izlanadi. Muammoni 
jamoaviy hal etishda paydo bo‘luvchi, sub’ekt-ob’ekt-sub’ekt munosabatlari ijodiy 
fikrlashni faollashtirishga olib keladi O’qituvchi muamoli vaziyatni o’quvchilar 
oldiga qo’yish bilan bir qatorda , uni echish uchun izlanish zarurligini, izlanish 
uslublarini o’quvchilarga o’rgatadi. Muammo echimini topish. Izlashga o’tish 
uchun, eng avvalo zaruriy muxit yaratilishi kerak. 
Muammo aniq bo’lishi, o’quvchilar uning echimini izlash jarayonida oldingi 
mavzularda,fanlarda olgan ma`lumotlari, tushunchalari, bilimlaridan foydalana 
oladigan bo’lishi kerak. O’quvchilar olidga qo’yilgan muammo o’zining 
dolzarbligiga ega bo’lishi ham muhim ahamiyatga ega. 
O’quvchi izlanishni ma`lum bir sistemada, muayyanlikda bo’lgan muammo 
ustida olib borish kerak.shunda o’quvchi muammoni taxlil qiladi, qismlarini ajrata 
oladi va echish uchun kirishadi. 
Muammoli o‘qitish, ijodiy jarayondan nostandart ilmiy-o‘quv masalalarni 
nostandart usullar bilan yechishni taqozo etadi. Talabalarga mashq uchun 
beriladigan masalalar, olingan bilimlarni mustahkamlash va malakalar hosil qilish 
uchun xizmat qilsa, muammoli masalalar esa faqat yangi yechimlar izlashga 
qaratiladi. 

Yüklə 302,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin