Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-1148-1157 Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 1149 www.ares.uz ikkinchisi insoniyat ishtirokida hosil etilgan tabiiy ne‘matlar - tuproq, suv havzalari
va kanallar, daraxtzorlar, ekinzoru mevazorlar, aholi maskanlari - shahar, qishloq va
boshqalar.
Tirik organizmlarning ma‘lum bir muhitda yashash qonuniyatlarini, ya‘ni
organizmlarning o‗zaro va ularni o‗rab turgan atrof-muhit bilan bogliq bo‗lgan hayot
tarzini o‗rganadigan fan ekologiya deb ataladi.
Ekologiya (grekcha "oikos" - yashash, uy, makon, "logos" - ta‘limot) -
umumiy tarzda u organizmlarning yashash joyi, makoni degan ma‘noni anglatadi.
Populyatsiyalar, turlar, biotsenozlar, biogeotsenozlar va biosfera kabi
tushunchalar ekologiya fanining manbai hisoblanadi. Shuning uchun umumiy
ekologiya to‗rt bo‗limga bo‗lib o‗rganiladi: autekologiya, populyatsiyalar
ekologiyasi, sinekologiya va biosfera.
1. Autekologiya(―autos‖ — yunoncha so‗z bo‗lib, ―o‗zi‖ degan ma‘noni
bildiradi) ayrim turlarning ular yashab turgan muhit bilan o‗zaro munosabatini,
ularning qanday muhitga ko‗proq va uzviy moslashganligini o‗rganadi.
2. Populyatsiyalarekologiyasi (―populyatsion‖ — fransuzcha so‗z bo‗lib,
―aholi‖ degan ma‘noni bildiradi) populyatsiyalar tuzilmasi va dinamikasini, ma‘lum
sharoitda turli organizmlar sonining o‗zgarish (biomassa dinamikasi) sabablarini
tekshiradi.
3.Sinekologiya (―sin‖ — yunoncha so‗z bo‗lib, uning ma‘nosi ―birlikda‖
demakdir) biogeotsenozlarning tuzilishi va xossalarini, ayrim o‗simlik va hayvon
turlarini o‗zaro aloqasini hamda ularni tashqi muhit bilan munosabatini o‗rganadi.