Academic Research in Educational Sciences volume 2


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 295,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/11
tarix30.06.2022
ölçüsü295,46 Kb.
#62538
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
maktabgacha-ta-lim-yoshidagi-bolalarni-tabiat-bilan-tanishtirish

Academic Research in Educational Sciences 
VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-1148-1157 
Google Scholar 
Scientific Library of Uzbekistan 
Academic Research, Uzbekistan 1155 www.ares.uz 
bolaning yoshini hisobga olish va uning diqqatini mazkur narsa va hodisadagi nimaga 
qaratishni bilish zarur. Bolalarni tabiat bilan tanishtirish jarayonida axloqiy, jismoniy, 
mehnat va estetik tarbiyani amalga oshirish zarur.
Bolaning axloqiy rivojlanishida unda Ona tabiatga muhabbat va tiriklikka 
ehtiyotkorona munosabatda bo‗lish asosiy o‗rin tutadi. Bolalarga bu borada eng yaqin 
yo‗l ular o‗sib o‗lg‗ayotgan joydir. Maktabgacha ta‘lim muassasasida hayvonlar va 
o‗simliklarning mavjud bo‗lsa, bolalar ularni kuzatadi va bokadi, tarbiyachiga 
yordamlashadi. Natijada ularda tabiatga ehtiyotkorona munosabat, mehnatni sevish 
va mehnat qilishga odatlanish, topshirilgan ishga mas‘uliyat o‗z-o‗zidan shakllanadi.
Bolalarda mehnatsevarlik, tabiatga ehtiyotkorona munosabatni tarbiyalash 
uchun ularni o‗simliklarni sugorish va hayvonlarni ovqatlantirishning oddiy usullarini 
o‗rgatish zarur. Eng muhimi, bolalarning o‗zlari bajarayotgan ish jarayoni va 
natijalaridan zavq olishlariga erishish lozim. Mehnatsevarlik sifatini shakllantirish 
uchun bolalarni kattalarning tabiatdagi mehnati bilan tanishtirish, ularning faoliyatiga 
hurmatni tarbiyalash zarur. Bolalarning tabiatda bo‗lishi va mehnatidan ularning 
jismoniy rivojlanishi va salomatliklarini mustahkamlash uchun foydalanish muhim 
ahamiyatga ega.
Tabiat bolalarni estetik tarbiyalashning asosiy vositalaridan biridir. Tabiatning 
go‗zalligi hatto eng kichik bolalarni ham o‗ziga rom qilmasdan qolmaydi. Ularni 
tabiatni bilish jarayonida e‘tiborlarini o‗rmonning shovqinlari, qushlarning sayrashi, 
barglarning shakli va rangi, gullarning hidlari, hayvonlarning harakatlariga qaratish 
kerak. Buning muhim jihati bola kelajakda o‗z hayotida dunyoning barcha va 
xilmaxil go‗zalliklarini idrok eta olishiga sharoit yaratishdir.

Yüklə 295,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin