Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-1148-1157 Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 1155 www.ares.uz bolaning yoshini hisobga olish va uning diqqatini mazkur narsa va hodisadagi nimaga
qaratishni bilish zarur. Bolalarni tabiat bilan tanishtirish jarayonida axloqiy, jismoniy,
mehnat va estetik tarbiyani amalga oshirish zarur.
Bolaning axloqiy rivojlanishida unda Ona tabiatga muhabbat va tiriklikka
ehtiyotkorona munosabatda bo‗lish asosiy o‗rin tutadi. Bolalarga bu borada eng yaqin
yo‗l ular o‗sib o‗lg‗ayotgan joydir. Maktabgacha ta‘lim muassasasida hayvonlar va
o‗simliklarning mavjud bo‗lsa, bolalar ularni kuzatadi va bokadi, tarbiyachiga
yordamlashadi. Natijada ularda tabiatga ehtiyotkorona munosabat, mehnatni sevish
va mehnat qilishga odatlanish, topshirilgan ishga mas‘uliyat o‗z-o‗zidan shakllanadi.
Bolalarda mehnatsevarlik, tabiatga ehtiyotkorona munosabatni tarbiyalash
uchun ularni o‗simliklarni sugorish va hayvonlarni ovqatlantirishning oddiy usullarini
o‗rgatish zarur. Eng muhimi, bolalarning o‗zlari bajarayotgan ish jarayoni va
natijalaridan zavq olishlariga erishish lozim. Mehnatsevarlik sifatini shakllantirish
uchun bolalarni kattalarning tabiatdagi mehnati bilan tanishtirish, ularning faoliyatiga
hurmatni tarbiyalash zarur. Bolalarning tabiatda bo‗lishi va mehnatidan ularning
jismoniy rivojlanishi va salomatliklarini mustahkamlash uchun foydalanish muhim
ahamiyatga ega.
Tabiat bolalarni estetik tarbiyalashning asosiy vositalaridan biridir. Tabiatning
go‗zalligi hatto eng kichik bolalarni ham o‗ziga rom qilmasdan qolmaydi. Ularni
tabiatni bilish jarayonida e‘tiborlarini o‗rmonning shovqinlari, qushlarning sayrashi,
barglarning shakli va rangi, gullarning hidlari, hayvonlarning harakatlariga qaratish
kerak. Buning muhim jihati bola kelajakda o‗z hayotida dunyoning barcha va
xilmaxil go‗zalliklarini idrok eta olishiga sharoit yaratishdir.