Academic Research in Educational Sciences
VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-1148-1157
Google Scholar
Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 1150 www.ares.uz
Ekologik omil esa tirik organizmlarga to‗gridan-to‗g‗ri ta‘sir etuvchi
muhitning ayrim bir tarkibiy qismidir.
Biroq odamlarga moddiy ne‘matlar ishlab chiqarishi
uchun muayyan tabiiy
sharoitlar talab qilinadi. Tabiatning jamiyat bilan yaqindan aloqa bog‗laydigan, uning
taraqqiyotiga ma‘lum darajada ta‘sir ko‗rsatadigan qismi
atrof-muhit deb ataladi.
Yerning ustki qatlami va yer osti boyliklari, iqlim
va boshqa shu kabilar atrof-
muhitni tashkil etadi. Atrof-muhit insonning moddiy ne‘matlar ishlab chiqarish
faoliyati uchun doimiy, abadiy va zaruriy shart-sharoitdir. Ayniqsa, insonning tabiat
quchog‗ida bo‗lishi
uni ruhan tetiklashtirib, mehnat qobiliyati va ijodiy faoliyatini
oshiradi.
Lekin "... insonning tabiatga ta‘sir etishi va uning resurslaridan noto‗g‗ri
foydalanishi tufayli tabiiy muhit (havo, suv, tuproq va boshqalar)
ifloslanib,
xo‗jalikka va, ayniqsa, inson salomatligiga salbiy ta‘sir eta boshladi".
Tadqiqotchi A.R.Meliboyevning fikricha,
tabiat va jamiyat orasidagi
munosabatlar sohasida ekologik muammolar paydo bo‗ladigan yo‗nalishlarni
aniqlash favqulotda muhim pedagogik va psixologik muammo hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: