Academic Research in Educational Sciences volume 2



Yüklə 295,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/11
tarix30.06.2022
ölçüsü295,46 Kb.
#62538
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
maktabgacha-ta-lim-yoshidagi-bolalarni-tabiat-bilan-tanishtirish

 
NATIJALAR
Bunday munosabatlar tabiat zahiralaridan oqilona foydalanish maqsad va 
usullarini baholash zarurati paydo bo‗lganda yuzaga keladi: 
■ insoniyatning tabiatga nisbatan munosabatlarining xususiyati (maqsadsiz, 
shaxsiy qiziqish, atrof-muhitga nisbatan loqaydlik, ma‘lum bir maqsadga 
yo‗naltirilgan, iste‘molchilik, ehtiyotkorona, faol ijodiy)ni;
■ tabiat zahiralaridan foydalanish maqsad va usullarini baholash zarurati paydo 
bo‗lgandagina yuzaga keladi.
Bunday baholashga zarurat tabiiy omilning inson va jamiyat uchun ham muhim 
insoniy qadriyat ekanligidan hosil bo‗ladi. Jamiyat a‘zolarining farovonligi va huzur-
halovati atrof-muhit holatiga bevosita bog‗liq.
Ma‘lumki, tabiat insoniyat uchun bebaho qadriyatdir. Tabiat, tug‗ilish, 
yashash, o‗sish, faoliyat maydoni hisoblanadi. Inson tabiat bilan birga yashaydi, 
usadi, rivojlanadi. Insoniyat tabiatga ta‘sir etibgina qolmasdan, unga bevosita bog‗liq 
hamdir. Tabiatga bog‗liq omillar texnika, iqtisodiy ekologik munosabatlarini ham 
belgilaydi. Ana shu holat kishilarning tabiat, atrof-muhitga bo‗lgan munosabatlarni 
muvofiqlashtirish zarurligini taqozo etadi. Bolalarni ilk yoshidan hayvonot olami 
bilan tanishtirish orqali ularga mehr uyg‗otish, jonsiz va jonli tabiatni muhofaza 


Academic Research in Educational Sciences 
VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-1148-1157 
Google Scholar 
Scientific Library of Uzbekistan 
Academic Research, Uzbekistan 1151 www.ares.uz 
qilish ekologik tarbiyaning dastlabki elementlaridan biri sifatida tadqiq etilishi lozim 
bo‗lgan muammodir. Ayniqsa, bu yo‗nalish maxsus o‗rganilmaganligi, hozirgi kunda 
esa davlat va jamiyatning barkamol shaxsga bo‗lgan ehtiyojining kuchayganligi 
dolzarb ekanligidan dalolat beradi.
Maktabgacha yoshdagi bolarni tabiat bilan tanishtirish orqali etetik, aqliy, 
axloqiy jihatdan tarbiyalash, jismoniy rivojlantirish barcha zamonlarda ham o‗ta 
dolzarb muammolardan hisoblangan.
Tabiat bilan tanishish insonni ma‘naviy kamolotga yetkazuvchi jarayon bo‗lib, 
uni barcha salbiy xatolardan saqlaydi. Natijada uning xulqiy go‗zalligi ortadi. Shu 
sababdan ham tabiat bilan tanishtirish orqali ta‘lim-tarbiya jarayoni uzoq tarixga ega. 
Shu nuqtai nazardan O‗rta Osiyo xalqlari tabiatni muhofaza qilish sohasida boy 
an‘anaga ega.
Tabiatni asrab avaylash ardoqlash insonning burchi ekanligi haqidagi 
ta‘limotlar Turoni Turkistondan yetishib chiqqan buyuk olimlarning ta‘limotlarida 
o‗z ifodasini topgan. Allomalar o‗z davrida tabiatdan foydalanish, ular bilan bog‗liq 
bo‗lgan voqea, hodisalar haqida boy ma‘lumotlarni yozib qoldirganlar. Tabiatga 
mehr, yuksak axloq – odobini tarbiyalash lozimligini o‗z asarida bayon etganlar.
O‗rta asrlarda tabiat haqidagi tushunchalar Yevropa mamlakatlarida deyarli 
rivojlanmadi. G‗arbiy. Yevropa fan tushkunlikka tushgan bir davrda O‗rta Osiyo 
olimlari uni rivojlantirdilar. O‗rta asrlarda O‗rta Osiyo olimlari hali ekologiya fani 
umuman yo‗q bulgan davrda tabiat, undagi muvozanat, tabiatni e‘zozlash haqida 
qimmatli fikrlarni aytganlar. Buyuk alloma, ensiklopedik olim Muhammad al-
Xorazmiy (783-847) bir risolasida shunday yozadi: "Bilginki, dunyoning- ko‗zlari 
yoshlansa. uning boshiga g‗am kulfat tushgan bo‗ladi. Odamlar, daryodan 
mehringizni darig‗ tutmang". Demak tabiat va uning maxsuli inson uchun ekan, 
undan oqilona va odilona foydalanish kerak. Yerga, suvga, hayvonlarga bo‗lgan 
munosabatlarimizni yaxshilashimiz bilangina ona tabiatimizni asrab qolishimiz 
mumkin. Hayvonlar na‘rasiga to‗la o‗rmonlarni, parrandayu darrandalar makoni 
to‗qayzorlarni zilol ko‗llarni va o‗tloqlarni qayta tiklashning imkoni bor.
Bu ishlarga faqat insongina qodirdir. Zero, shoir aytganidek: "Mulki jahon 
ichra xoqon ham uning o‗zi ya‘ni inson, demak tabiatni ham u saqlab kola oladi".
O‗rta asrlarda O‗rta Osiyoda yashab ijod etgan olimlardan Muxammad Muso al 
- Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino va boshqalar 
tabiat fanining rivojlanishiga ulkan hissa qo‗shganlar. Ular hali ekologiya fani 
dunyoga kelmagan davrda tabiat va undagi muvozanat, o‗simliklar va hayvonot 



Yüklə 295,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin