Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-1148-1157 Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 1153 www.ares.uz dono fikrlari va ilmiy asarlariga suyanganmiz o‗zimizning pedagogik faoliyatimizda
foydalanamiz.
MUHOKAMA Bolalarni tabiat bilan tanishtirishning ahamiyati. Tabiatga muhabbat - juda
keng qamrovli va murakkab his-tuyg‗udir. U yuksak ruhiy va akdiy qatlamlarni o‗z
ichiga oladigan murakkab bir butunlikni tashkil etadi. Maktabgacha yoshdagi
bolalarda atrof-muxitga mas‘uliyatli munosabatni shakllantirishga doir tadqiqot
ishlarini olib borgan M. Umarovaning fikricha, bu hissiyotni tarbiyalashni
bolalikning erta yoshidan boshlash muhim pedagogik ahamiyat kasb etadi. Har bir
bolada o‗zi yashab turgan mahalliy o‗lka va O‗zbekiston tabiatiga muhabbat bilan
qarash, unga ko‗ngil qo‗yish ishtiyoqi o‗sib boradi. Bolalikda tug‗ilgan bu tuyg‗u
maktab yillarida rivojlanib, boyib boradi.
Ana shuning uchun ham P.Yusupova o‗zining «Formirovaniye nachal
materialisticheskogo miroponimaniya u starshix doshkolnikov v protsesse
oznakomleniya ix s rasteniyami v usloviyax Uzbekistana» deb nomlangan tadqiqot
ishida metodist olim A.V.Zaporojetsning kuyidagi fikrini o‗rinli keltiradi: "...
maktabgacha yosh didaktikasini shunday yo‗lga qo‗yish kerakki, bolalar tevarak-
atrofdagi buyumlarning tashqi jihatlari bilangina emas, balki ular orasidagi eng oddiy
boglanishlar, kuzatilayotgan hodisalarning eng yaqin sabablari, o‗zgarish va
rivojlanishlaridagi ayrim xususiyatlar bilan ham tanishsinlar, bunday material
saviyaga mos bo‗libgina qolmay, maktabgacha yoshdagi bola uchun qiziqarli
hamdir". Bola ana shu bog‗lanishlarni anglash orqali tabiat qonunlarini bilib boradi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib aytish mumkinki, maktabgacha ta’lim