Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
100
Uni kitob ta’lif etishga vaqt bo‘lmagan. Keyinchalik turli risola va ma’ruzalari to‘planib
"Majmuat ur-rasoil kitobi tayyorlangan.
HASAN BASRIY, Abu Said ibn Abil Hasan Yasor (642-728) - ilk
islomning yirik ilohiyot
olimi. Madinada tug‘ilgan, 657 y.dan Basra sh.da yashab, shu yerda vafot etgan. 663-
665 ylarda hoz. Afg‘oniston hududidagi harbiy yurishda qatnashgan. Xalifa Umar ibn
Abdulaziz (681-720) davrida Basrada qozilik qilgan. H.B. atrofida ilohiyot olimlari
to‘planib, ular Umaviylar davlati ma’naviyatini belgilagan. H.B. obro‘si shunchalik baland
bo‘lganki, uni
ahdi sunna namoyandalari ham, mu’taziliylar ham so’fiylar ham o‘z ustozi
hisoblagan. H.B qarashlari haqida ma’lumotlar juda oz saqlanib qolgan. Ularga ko‘ra,
H.B. iroda erkinligi (ixtiyoriylik) masalasida qadariylar nuqtai nazarida turgan va inson
bu dunyodagi qilmishlari uchun o‘zi mas’ul ekanligini ta’kidlagan. Ayni vaqtda murji’iylar
ta’limoti ruhida: "Jon taslim qilish paytida kalima keltirgan musulmon najot topib,
jannatga kiradi", deb aytgan ekan. H.B. mo’tadil siyosiy
qarashlarga mos mavqeda
turgan: umma birligini saqlab qolishga harakat qilib, musulmonlar o‘rtasidagi harbiy
mojarolarni qoralagan.
HAFTIYAK (fors. - yettidan bir) - Qur’oni karimning yettidan bir qismi bitilgan kitob.
Yosh qorilarga qulay bo‘lsin uchun Qur’on suralaridan bir nechtasi (13-14 ta) tanlanib,
qiroat
kitobi shakliga keltirilgan, uni talabalar oldingi davrda boshlang‘ich maktablarda
darslik sifatida o‘qigan. O’tmishda Turkistondagi maktablarda xrestomatiya vazifasini
o‘tagan birinchi qo‘llanma. Bolalar arab alifbosini o‘zlashtirganlaridan so‘ng o‘rgatilgan.
Odatda H. 1-2 y. o‘qitilgan. H.dan so‘ng Qur’oni karimni o‘qishga o‘tilgan. Yosh talaba
kichik suralardan ma’lum mikdorda yod olgandan keyin H.ni o‘qishga
kirishish
marosimini o‘tkazish odatga aylangan. Keyinga paytda H. o‘rniga bir yo‘la Qur’oni
karimning to‘liq nusxasidan o‘qish va o‘qitish rasm bo‘lgan.
Dostları ilə paylaş: