Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

HASAN ibn Ali (625-669) - Ali ibn Abu Tolib(kv)ning (Fotimadan tug‘ilgan) o‘g‘li, 
Muhammad(sav)ning nabirasi, ikkinchi shia imomi. 661 y.da Ali o‘ldirilgandan keyin 
uning tarafdorlari H.ni Iroqda xalifa deb e’lon qilgan va Muoviya hokimiyatiga qarshi 
kurashni yangitdan boshlashga da’vat etgan Lekin, H. (ra) Muoviya bilan muzokaralar 
olib borib, u bilan kelishgan, o‘ziga in’om etilgan katta mablag‘ hisobiga hokimiyatga 
da’vo qilishdan voz kechib, Madinaga ko‘chib ketgan va u yerda vafot etgan (shialik 
rivoyatlar bo‘yicha zaharlab o‘ldirilgan).
HASAN al-BANNO (1906-1949) - imom shayx. Avval Rashod madrasasi, 
Mahmudiyadagi (Quyi Misr) E’dodiy madrasada, so‘ng Qohiradagi Dorul-ulumda ta’lim 
oldi Yoshligidanoq "Adabiy axloq jamiyati'' keyinroq "Haromdan man etish jamiyati" kabi 
tashkilotlar tuzib ijtimoiy hayotda faol ishtirok etdi. 1928 y.da bir nechta do‘stlari bilan 
"Ixvon ul-muslimin", ya’ni "Musulmon birodarlar" jamiyatini tuzdi. Ushbu jamoaning 
maqsadi juz’iy va mazhabiy ixtiloflarni chetlab Qur’on va sunnatga qaytish bo‘lgan. H.B. 
islomni din va davlat sifatida, shariatni esa, hayotning tarbiyaviy ijtimoiy iqtisodiy va 
siyosiy jabhalarida inson tasarrufotlarini tartibga solib turuvchi nizom deb hisoblagan. 
H.B. haftalik "al-Ixvon ul-muslimin" va keyinchalik "an-Nazir" jurnallarini nashr etgan. 


Islom Ensiklopediyasi 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
100
Uni kitob ta’lif etishga vaqt bo‘lmagan. Keyinchalik turli risola va ma’ruzalari to‘planib 
"Majmuat ur-rasoil kitobi tayyorlangan. 
HASAN BASRIY, Abu Said ibn Abil Hasan Yasor (642-728) - ilk islomning yirik ilohiyot 
olimi. Madinada tug‘ilgan, 657 y.dan Basra sh.da yashab, shu yerda vafot etgan. 663-
665 ylarda hoz. Afg‘oniston hududidagi harbiy yurishda qatnashgan. Xalifa Umar ibn 
Abdulaziz (681-720) davrida Basrada qozilik qilgan. H.B. atrofida ilohiyot olimlari 
to‘planib, ular Umaviylar davlati ma’naviyatini belgilagan. H.B. obro‘si shunchalik baland 
bo‘lganki, uni ahdi sunna namoyandalari ham, mu’taziliylar ham so’fiylar ham o‘z ustozi 
hisoblagan. H.B qarashlari haqida ma’lumotlar juda oz saqlanib qolgan. Ularga ko‘ra, 
H.B. iroda erkinligi (ixtiyoriylik) masalasida qadariylar nuqtai nazarida turgan va inson 
bu dunyodagi qilmishlari uchun o‘zi mas’ul ekanligini ta’kidlagan. Ayni vaqtda murji’iylar 
ta’limoti ruhida: "Jon taslim qilish paytida kalima keltirgan musulmon najot topib, 
jannatga kiradi", deb aytgan ekan. H.B. mo’tadil siyosiy qarashlarga mos mavqeda 
turgan: umma birligini saqlab qolishga harakat qilib, musulmonlar o‘rtasidagi harbiy 
mojarolarni qoralagan. 
HAFTIYAK (fors. - yettidan bir) - Qur’oni karimning yettidan bir qismi bitilgan kitob. 
Yosh qorilarga qulay bo‘lsin uchun Qur’on suralaridan bir nechtasi (13-14 ta) tanlanib, 
qiroat kitobi shakliga keltirilgan, uni talabalar oldingi davrda boshlang‘ich maktablarda 
darslik sifatida o‘qigan. O’tmishda Turkistondagi maktablarda xrestomatiya vazifasini 
o‘tagan birinchi qo‘llanma. Bolalar arab alifbosini o‘zlashtirganlaridan so‘ng o‘rgatilgan. 
Odatda H. 1-2 y. o‘qitilgan. H.dan so‘ng Qur’oni karimni o‘qishga o‘tilgan. Yosh talaba 
kichik suralardan ma’lum mikdorda yod olgandan keyin H.ni o‘qishga kirishish 
marosimini o‘tkazish odatga aylangan. Keyinga paytda H. o‘rniga bir yo‘la Qur’oni 
karimning to‘liq nusxasidan o‘qish va o‘qitish rasm bo‘lgan. 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin