HUJJA (ko‘pligi hujaj, "dalil", "isbot", "dalil keltirish") - kalom, falsafa, lochika
(sinonimlari dalil, burhon) va fiqhda (sinonimlari bayyina, shahoda, iqror) keng
ishlatiladigan istiloh. Qur’onda bir necha bor faqat Allohgana ishonchli dalillarga ega
ekanligi uqtirilgan (6:83, 149/150), insonlarni Allohga qarshi vajlari Uning nigohlari
oldida hech qanday ahamiyatga ega emas (42:15/14; 45:25/24). Hujjat al-islom
("Islomning isboti") iborasi yuqori martabali ilohiyotchilarning faxriy unvoniga aylangan.
Bu unvonga dastlab al-G’azoliy (1111 y. v.e.) sazovor bo‘lgan. Hoz. shialik olamida
(avvalambor Eron, Iroqda) H. al-i. unvoni oyat Alloh al-uzmo ("Allohning eng buyuk
ishorasi") va marja’ at-taqlid ("Taqlid qilish manbasi") unvonlari qatorida eng baland
martabali mujtahid - oyatullohdarga beriladi (yana q. Hujjat al-islom).
HUJJAT al-ISLOM (arab. - islom hujjati, islomning isboti mazmunida) - o‘rta asrlarda
ba’zi yirik ilohiyotchilarga berilgan diniy unvon. Sunniylarda keyinchalik qo‘llanilmay
ketgan, lekin shialik ulamolari o‘rtasida rasmiy unvon sifatida ba’zi mamlakatlarda
(Eron, Iroq) saqlanib kelmoqda. H. al-i. unvoni Oyatulloh unvonidan quyi mavqeda
turadi. Bu unvonga ilk bor imom G’azoliy (1111 y. v.e.) sazovor bo‘lgan. Safaviylar
davrida Eronda H. al-i. unvonini eng mashhur mujtahidlar olgan. H. al-i. sohiblari odatda
shialarning muqaddas shaharlari (Karbalo, Najaf va b.)da yashagan.
HULMONIYLAR, al-Hulmoniya - Abu Hulmon al-Forisiy al-Xalabiy (taxm. 950 y.
Damashqda v.e.) tarafdorlari. Dastlab Damashqda paydo bo‘lgan. H.ni so’fiylar qatoriga
qo‘shishgan, ular panteizmning yorqin aks etgan estetik shaklini targ‘ib etganlar. Ular bu
dunyoda go‘zallikning har qanday ko‘rinishi ilohiy mujassamotdir deb hisoblashgan. Har
qanday go‘zal deb topilgan narsaga ular sajda qilishgan. Aqoid olimlari ularni Allohni
muayyan narsalar va shaxslar bilan o‘xshatishda (hulul), shariat ko‘rsatmalariga
nisbatan bepisand munosabatda bo‘lishda (ibohiya), ruhlarni ko‘chib yurishini e’tirof
etishda ayblaganlar.